Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
TALABALARNING BILIM KO’NIKMALARINI RIVOJLANTIRISHDA O’QUV MOTIVATSIYANING AHAMIYATI
ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА · TALABALARNING BILIM KO’NIKMALARINI · Xalilova Shaxlo Ravshanovna
Медицина, педагогика и технологии: теория и практика · 2 · 21-22 · 2023
Аннотация
В статье говорится о значении учебной мотивации использования педагогических компетенций в развитии познавательных умений учащихся. Особенно в этом процессе выделяются важные особенности необходимости надлежащего использования профессиональных компетенций. Ключевые слова: знания, умения, компетентность, мотивация, учебная мотивация, учебный процесс, педагогическое мастерство. Summary: The article talks about the importance of educational motivation using pedagogical competencies in the development of students' knowledge skills. Especially, in this process, the important features of the need for appropriate use of professional competences are highlighted. Keywords: knowledge, skills, competence, motivation, educational motivation, educational process, pedagogical skill. Bugungi kunda talaba-yoshlarni yuksak ma'naviyatli, ijtimoiy-siyosiy hayotda doimo o‘z mustaqil fikriga ega, kasb-hunar mahoratini egallagan shaxs sifatida shakllantirish eng dolzarb, yurtimizning bugungi va ertangi hayotini belgilab beruvchi muhim masala hisoblanadi. Shaxsni shakllantirish keng qamrovli tushuncha hisoblanib, unda bevosita ta'lim va tarbiya masalalari ham o‘rin olgan. Respublikamizda yetuk malakali mutaxassislar tayyorlashga yo‘naltirilgan ta'lim tizimi ana shunday barkamol shaxsni tarbiyalashni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan. “Ta'lim to‘g‘risida”gi qonun ta'limda olib borilayotgan ishlarning bosh mezoni hisoblanadi. Bu mezon asosida takomillashtirilgan, zamon talablariga javob 575 https://universalpublishings.com МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ: ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА Researchbib Impact factor: 11.79/2023 SJIF 2024 = 5.444 Том 2, Выпуск 9, 30 Сентябрь bera oladigan dasturlar, o‘quv darsliklari yaratilmoqda. Ta'lim muassasalari qayta rekonstruksiya qilinib, zamonaviy andozalar darajasiga tenglashtirilmoqda. Ana shu asosda ta'lim jarayoni ham bevosita shakllantirilib uning samaradorligini oshirishga ahamiyat berilmoqda. Barchamizga ma'lumki, ta'limda olib borilayotgan ishlarning samarasi bir qancha omillarga: darslarni to‘g‘ri tashkil eta olish, dars jarayonida axborot- kommunikatsiya va pedagogik texnologiyalaridan to‘g‘ri va unumli foydalana olishga bog’liq. Bu borada hali ko‘pgina muammolar haligacha o‘z yechimini topmagan. Bunday darslarni bir qator muammolarning yechimi (talaba-yoshlarning ijodiy fikrlash, mustaqil fikrlashi, ularning faolligini oshirish masalalari) sifatida ko‘ra olmasliklarini aytib o‘tishimiz mumkin. Ta'lim tizimini takomillashtirish, uning sifat darajasi va samaradorligini oshirish bir qator omillar bilan chambarchas bog‘liq ekanligi ta'lim jarayonida yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Respublikamizda yuqori malakali kadrlar tayyorlash maqsadida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, ishlab chiqilgan qonun va farmoyishlar ana shu faktorlarni o‘zida mujassam etganligini alohida ta'kidlab o‘tish joiz. Motivlar-didaktik jarayonining asosiy harakatlantiruvchi kuchidir. Harakatlantiruvchi motivlarni o‘rganish, to‘g‘ri qo‘llash va uni to‘g‘ri yo‘naltira olish pedagogik faoliyat mazmunining asosiy mohiyatini belgilaydi. Motiv va uning nazariy mazmun va mohiyati yuzasidan ko‘plab ilmiy tadqiqotlar olib borilgan. Ilmiy adabiyotlarda motivga turli ta'riflar keltirilgan bo‘lib, ular quyidagicha: Motivatsiya – 1) insonni o‘qishga yoki muayyan harakatlarni bajarishga undovchi turli sabablar yig‘indisi; 2) ma'lum ehtiyojlarini qondirish bilan bog‘liq faoliyatga moyilligi. Salbiy motiv – bu majburlab o‘qitish, lekin bunda o‘quvchining o‘qishga nisbatan qarshiligi hamma harakatlarimizni yo‘qqa chiqaradi. Motiv (lot. moteo – harakatlantiraman, fransuz. motiv – undovchi sabab) shaxsni aqliy harakatga va xulq-atvorni amalga oshirishga undovchi, muayyan ehtiyojlarini qondirish bilan uzviy bog‘liq mayl yoki sababiyat. Odamni faoliyatga undovchi asosiy sabab uning ehtiyojlaridir. Binobarin, xatti-harakatga va faoliyatga undovchi shaxsning anglashilgan xususiyati hisoblanuvchi, ehtiyojni aks ettirishning yuksak shakli sifatida paydo bo‘luvchi ichki turtki motiv xatti-harakat va faoliyat motivlarning majmuasi motivatsiya deyiladi. Motivlar ehtiyoj negizida vujudga keladi, rivojlanadi va shakllanadi. Motiv mazkur negizda o‘sib, barqarorlashib borib, 576 https://universalpublishings.com МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ: ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА Researchbib Impact factor: 11.79/2023 SJIF 2024 = 5.444 Том 2, Выпуск 9, 30 Сентябрь ehtiyojlarning barqarorlashuvi motivatsiyaning samarali shakllanishini ta'minlashga xizmat qiladi. Motivlar ehtiyojlarning ifodachisi, harakat va faoliyatning boshqaruvchisi bo‘lganligi sababli ularni shaxsning dinamik xususiyati tarkibiga kiritish mumkin. Shu bois motivlar shaxsning yo‘nalganligi, maqsadga intilganligi bilan uzviy aloqada bo’ladi. Yo‘nalganlik motivga nisbatan kengroq qo‘llashga ega bo‘lgan tushuncha hisoblanadi va o‘z navbatida motivning shakllanishiga yordam beradi. Motivlar shaxs faolligini, uning faoliyatini boshqarib turuvchi, tartibga soluvchi muhim omil sifatida qadimdan olimlarimizni qiziqtirib
Доказательный фрагмент
«В статье говорится о значении учебной мотивации использования педагогических компетенций в развитии познавательных умений учащихся.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ статье говорится о значении учебной мотивации использования педагогических компетенций в развитии познавательных умений учащихся. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- knowledge, skills, competence, motivation, educational, o’quv motivatsiya, kompitentsiya, bilim, pedagogik mahorat, ta’lim jarayon, ko’nikma, motivatsiya
Смежные источники
Лучшие интеллектуальные исследованияIkramov Kamronbek Dilshodbek о‘g‘li2025
Журнал универсальных научных исследованийЭ.Я Эрметов, Д.Э Яхшибоева2024
Сегодняшние научные исследования в глазах молодежиШ Исламходжаева, З Назирова2024