Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
FANLARARO ALOQADORLIK (INTEGRATSIYA) ASOSIDA TALABALARNING KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH
KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH · Rashidova Dildora Mansur qizi
Современная наука и исследования · 2025
Аннотация
Mazkur maqolada oliy ta’limda tahsil olayotgan talabalar ta’lim jarayoniga oʻzgartirishlar kiritish, ya’ni yangi innovatsion ta’lim texnologiyalari, fanlararo aloqadorlik vositalarini kiritish orqali talabalar kompetentligini rivojlantirish, ularni kasbiy jihatdan mukammal tayyorlash haqida yoritilgan. Kalit so’zlar: Fanlararo aloqadorlik (integratsiya), talaba, vosita, kompetentlik, innovatsiya, ta’lim texnologiyalari, ta’lim jarayoni. Bugungi kunda uzluksiz ta’lim tizimida qator islohotlar amalga oshirilmoqda, yoshlarimizni oʻqimishli boʻlib, oʻzlari qiziqqan kasb egalari boʻlishiga Oʻzbekistonda barcha imkoniyatlar eshigi ochiqdir. Xususan, muhtaram prezidentimiz Sh.Mirziyoyev ham ta’lim sohasini tubdan yaxshilashga, undagi oldindan qolgan eskilik sarqitlarini yoʻqotishga bor kuch, gʻayratlari bilan harakat qilyaptilar. Albatta, prezidentimiz Sh.Mirziyoyev fikri bilan aytadigan boʻlsak, “Mamlakatni qudratli, millatni buyuk qiladigan kuch bu – ilm-fan, ta’lim va tarbiyadir”. Shu sababli ta’lim sohasida farzandlarimiz zamonaviy bilim va koʻnikmalarni puxta egallashi uchun eng qulay sharoitlar yaratish izchil davom etmoqda. Yaqin vaqtlarda ta’lim sohasiga fanlararo aloqadorlik degan tushuncha kirib keldi. “Fanlararo aloqadorlik” atamasi, turli fanlar oʻrtasidagi bogʻlanish yoki oʻzaro ta’sirni ifodalaydi. Bu soha bir nechta ilmiy yoʻnalishlar va bilim sohalari oʻrtasidagi oʻzaro bogʻlanishni, bir-birini toʻldirishini yoki integratsiyasini tushuntiradi. Misol uchun, biologiya va kimyo, fizika va matematika, iqtisodiyot va sotsiologiya kabi fanlar oʻrtasidagi oʻzaro aloqadorlik, ular birgalikda yangi ilmiy yondashuvlarni yaratishga imkon beradi. Bu, zamonaviy ilmiy izlanishlarda koʻpincha muhim rol o'ynaydi, chunki murakkab masalalar faqat bitta fan doirasida emas, balki bir nechta fanlar nuqtai nazaridan ham hal qilinishi kerak. 9 Yanvar, 2025-Yil 1. Koʻp yoʻnalishli yondashuvlar: Biror masalani turli fanlar nuqtai nazaridan oʻrganish. Fanlararo aloqadorlikning bir nechta muhim jihatlari: 2. Integratsiya: Fanlarning 3. Innovatsiyalar: Fanlararo oʻzaro ta'sirini hisobga aloqalar yangi gʻoyalar va olgan holda yagona ilmiy innovatsion yondashuvlarni yondashuvni yaratish. keltirib chiqarishi mumkin. Fanlararo aloqadorlik (integratsiya) asosida talabalarning kompetentligini rivojlantirish — bu ta’lim tizimida bir nechta fanlar o’rtasidagi aloqalarni o’rnatish va talabalarni bir vaqtning o’zida bir nechta sohalarda bilim, ko'nikma va malakalarni egallashga yo’naltirishni ifodalaydi. Bunday yondoshuv talabalarga keng qamrovli, tizimli va amaliy bilimlar berish imkonini yaratadi. Bu jarayonning maqsadi nafaqat fanlar bo'yicha alohida bilimlarni shakllantirish, balki ularni bir-biri bilan bogʻlab, real hayotdagi masalalarni hal etishda qoʻllanadigan umumiy koʻnikmalarni rivojlantirishdir. Talabalarnining kasbiy kompetentligini shakllantirish muammolarini tahlil qilish, shuningdek, kasbiy faoliyat uchun zarur bo‘lgan kasbiy kompetentlikning alohida komponentlarini talab qiladi. Kompetensiya, kompetentlik atmalari nima oʻzi? “Competentia” lotincha soʻzdan olingan bo’lib, “tajribaga ega boʻlgan kishi”, “yaxshi biladigan inson” degan ma’noni bildiradi. Ya’ni kompetentli shaxs, pedagog, bilim, koʻnikma va malakaga ega bo’lib, undan amalda mohirona foydalanadi. Bugungi kunda talabalarimizda fanlararo aloqadorlik kompetentligi hali toʻlaqonli shakllanmagan. Tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, talabalar amaliyotga chiqqanida dars jarayonida oʻquvchilarga fanlarni bir-biriga bogʻlab tushintirib bera olmagan. Masalan: fizika- kimyo-matematika fanlari, yoki biologiya-geografiya-kimyo fanlari bir-biri bilan bogʻliq boʻlib, birini bilmasangiz, fanni oʻquvchiga toʻliq yetkazib bera olmaysiz. Talabalarda esa shu fanlar orasidan qaysisidadir oqsoq tomonlari kuzatilgan. Shunday ekan bu sohada ilmiy ishlar olib borish, metodologiyalar shakllantirish bugungi kunning dolzarb mavzularidandir. 10 Yanvar, 2025-Yil Umuman olganda, fanlararo aloqadorlik talabalarga keng qamrovli va tizimli yondashuvni taqdim etib, ularning umumiy kompetentliklarini oshiradi. Bu, oʻz navbatida, talabalarning real dunyoda muvaffaqiyatli boʻlishi uchun zarur boʻlgan koʻnikmalarni rivojlantirishga yordam beradi. Integratsiya oʻqituvchilar va talabalarni faol birgalikdagi ijodiy jarayonga jalb qilish imkonini beradi. Bu juda keng oʻylangan ta’lim va tarbiya jarayoni boʻlib, axborotni tushunish va uni tahlil qilishga oʻrgatib, talabalarda dunyodagi barcha jarayonlarning bir butun sifatida oʻzaro ta’siri haqidagi tushuncha va gʻoyalarni shakllantiradi.
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada oliy ta’limda tahsil olayotgan talabalar ta’lim jarayoniga oʻzgartirishlar kiritish, ya’ni yangi innovatsion ta’lim texnologiyalari, fanlararo aloqadorlik vositalarini kiritish orqali talabalar kompete…»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada oliy ta’limda tahsil olayotgan talabalar ta’lim jarayoniga oʻzgartirishlar kiritish, ya’ni yangi innovatsion ta’lim texnologiyalari, fanlararo aloqadorlik vositalarini kiritish orqali talabalar kompete… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- talaba, innovatsiya, vosita, kompetentlik, ta’lim jarayoni., Fanlararo aloqadorlik (integratsiya), ta’lim texnologiyalari
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026