К содержанию
РецензированоRU2023

FARGʻONA-TOSHKENT MAQOM YOʻLLARI

FARGʻONA-TOSHKENT MAQOM YOʻLLARI · Nodira Pirmatova · FERGANA-TASHKENT HIGHWAYS (Yunus Rajabiy nomidagi O’zbek milliy musiqa san’ati instituti Maqom xonandaligi kafedrasi)

Современная наука и исследования · 2023

Аннотация

The history of status can be divided into two main periods. The content of the first period is the study of the roots of the very ancient origins of the maqoms in the space-time plan, the layers of the first melody. It is about the Tashkent-Fergana route and its history. Keywords: Tashkent - Fergana maqom route, maqomists, "Surnay Iraqi", Ashula roads ФЕРГОНА-ТАШКЕНТ МАКОМ ДОРОГИ Аннотация. Историю статуса можно разделить на два основных периода. Содержание первого периода - изучение корней очень древних истоков макомов в пространственно-временном плане, пластов первой мелодии. Речь идет о маршруте Ташкент-Фергана и его истории. Ключевые слова: статусный маршрут Ташкент-Фергана, официальные лица, «Турнай Ирак», дороги Ашула. Tabiiyki, bu davrda, hozirda bizga ma'lum tom ma'nodagi maqomlar bolmagan albatta. Zotan bizgacha yetib kelgan maqomot tizimlarining shakllanish jarayonlari ijtimoiy- madaniy taraqqiyotning ma'lum bosqichi bilan shakllanganki, bu (ikkinchi davr) xususida o'z o'rnida mufassalroq to'xtamga o'tamiz. Ta'kidlash joizki, maqom kuy ohanglarini qadimiy qatlamlarini o’rganishga ko'mak bo'luvchi maxsus musiqiy risolalar bo'lmasada ammo bu borada eng asosiy va muhim manbaalar bizning davrga qadar yetib kelgan. U ham bo’lsa ajdodlarimizdan ulkan ma'naviy meros qolgan. Shashmaqom, "Xorazm maqomlari" va "Farg' ona-Toshkent maqom yo'llari"dir. Maqom kuylarining xususiy "tip" tuzilish (sintaksis) turlarini malakali idrok va tahlil eta olish asosida ular tarkibida uyg’unlashgan turli davr musiqiy qatlamlarini aniqlab olish imkoniyati mavjud. Ayni palda bizga ma'lum rivoyatlar mazmunidan ham zarur xulosalar keltirish mumkin. Keling hozir "Farg'ona-Toshkent maqom yo'llari" haqida gaplashamiz. 1294 ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10 Toshkent va Fargʻona vodiysi (Qoʻqon, Namangan, Andijon, Fargʻona, Margʻilon, Quva va b.) musiqa amaliyotida yuzaga kelgan maqom na'munalarining umumlashma nomi. Shashmaqom va Xorazm maqomlaridan farqli oʻlaroq alohida alohida cholgʻu va ashula yoʻllaridan iborat. Jumladan, cholgʻu yoʻllari «Nasrullo I—V», «Munojot 1—V», «Ajam va taronalari», «Miskin I—V», «Segoh I — III», «Sayqal I— II», «Mirzadavlat I—II», «Choʻli Iroq», «Chorgoh», «Surnay Iroqi», «Surnay Dugohi» «Surnay Ushshogʻi» kabilar mashhur. Ashula yoʻllari alohida bir qismli («Segoh, «Toshkent» irogʻi» kabi) na'munalardan tortib keng koʻlamli turkumlardan tashkil topgan. Ayniqsa, besh qismli «Chorgoh», «Bayot», «Bayoti Sheroziy», «Gulyor—Shahnoz» va yetti qismli «Dugoh — Husayn» ashula yoʻllari ommalashgan. Ular mumtoz sheʼriyat (Sakkokiy, Navoiy, Bobur, Uvaysiy, Furqat, Muqimiy va b.) namunalari asosida oʻqiladi. Fargʻona—Toshkent maqom turkumlarining qismlari raqamlar vositasida ajratiladi (mas, «Miskin I», «Miskin II», «Bayot I»). Ayrim hollarda tarkibiy qismlarning maxsus nomlari ham uchraydi. Jumladan, «Miskin» cholg'u turkumining III kismi «Adoiy», IV qismi «Asiriy», «Nasrullo»ning II qismi «Chavandoz», III qismi «Qashqarcha», IV qismi «Tarona», V qismi «Ufar» deb nomlanadi. Shuningdek, Fargʻona-toshkent maqom yoʻllari —T. m. y. ning cholgʻu kuylarining ayrimlariga nisbatan «Mashq» atamasini qoʻllash odati mavjud (mas, «Mashqi Chorgoh», «Mashqi Dugoh—Husayn» va h. k.). Fargʻona-toshkent maqom yoʻllari —Toshkent maqom yo’llarining shakllanish ildizlari oʻrta asrlarda mashhur boʻlgan Oʻn ikki maqom tizimi va undan ham oldinroq mavjud turkumli asarlarga borib taqaladi. «Yoʻllari» atamasi ham shunga ishora etadi. Zero «maqom» atamasidan avvalroq musiqa ilmi amaliyotida «yoʻl» maʼnosidagi «roh», «tariqa», «ravashin» kabi tushunchalar keng qoʻllanib kelingan. Shashmaqomdan fark/sh ravishda F — T. m. y. nafaqat xon saroylarida, balki xalq hayoti bilan bogʻliq turli vaziyat va sharoitlarda ham mudom ijro etilgan. Nay surnay yoʻllari xalq tomosha va bayramlarida, dorbozlar oʻyini va toʻy bazmlarida, dutor, tanbur, gʻijjak ijrolari hamda ashula yoʻllari uy sharoitlarida oʻtkaziladigan turli yigʻin va majlislarda namoyon boʻlgan. Ayni paytda, bu maqomlarda Fargʻona—Toshkent musiqa uslubiga xos yalla, ashula, katta ashula janrlarining xususiyatlari oʻz aksini topgan. Bu holat ularning musiqiy tili xalqchil va nisbatan ommaviy ekanligi, xalq orasida mashhur boʻlishi sabablaridan biridir. Maqom borasidagi ushbu ta'riflar nafaqat O'n ikki maqom, balki Shashmaqom, Xorazrn maqomlari va Farg'ona-Toshkent maqom yo'llariga ham bevosita dahldordir. Bu o'rinda ularning tarkibiy qismlarida "maqom" so'zi bilan birga yana "samo", "gardun", "qalandar", "samandar", "girya", "nola", "charx", "faryod", "soqiynoma", kabi ko'plab tasavvuf istiholarining qo'llanishi, shuningdek, asosiy ayrim yo'llarida ishlatsak, Jomiy, Sakkokiy, Lutfiy, Navoiy, Mashrab, Bedil va b.) nazmidagi g'azallaming kuylanib kelinishi, shuningdek, "sof' musiqiy jihatdan esa 1295 ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10 mukammal parda yo'llari asosida (tariqat jarayonlarining badiiy aksi o'laroq). Kuy mavzularini bir tart

Доказательный фрагмент

«The history of status can be divided into two main periods.»

Образец извлечения

Демо-превью

The history of status can be divided into two main periods. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Tashkent - Fergana maqom route, maqomists, "Surnay Iraqi", Ashula roads, Toshkent - Farg’ona maqom yo'nalishi, Ashula yoʻllari, maqomchilar, «Surnay Iroqi»
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники