Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
SATSIOLOGIYA FANINING JAMIYATIMIZDA TUTGAN O’RNI
SHaripova Dildora · Kutimova Gulnara
Современная наука и исследования · 2023
Аннотация
This article discusses the role of sociology in our society, important ideas about society, its existence and development. Keywords: Society, social relations, social groups, culture, social equality, social institutions, social control, social difference, social development, family, education, social values, social problems, social cooperation, social consciousness. РОЛЬ СОЦИОЛОГИИ В НАШЕМ ОБЩЕСТВЕ Аннотация. В данной статье говорится о роли социологической науки в нашем обществе, важных мыслях об обществе, его существовании и развитии. Ключевые слова: Общество, социальные отношения, социальные группы, культура, социальное равенство, социальные институты, социальный контроль, социальные различия, социальное развитие, семья, образование, социальные ценности, социальные проблемы, социальное сотрудничество, общественное сознание. Sotsiologiya (lot. socius — jamiyat, yun. λόγος — bilim, taʼlim, tushuncha) — bir butun tizim hisoblangan jamiyat haqidagi va ayrim ijtimoiy tartibotlar, jarayonlar, ijtimoiy guruhlar, shaxs va jamiyat munosabatlari toʻgʻrisidagi fan. Sotsiologiya ilmiy uslublar yordamida hosil qilingan empirik (tajribaga asoslangan) maʼlumotlarga tayanib umumlashma xulosalar chiqara oladi. Shu tufayli jamiyatning rivojlanish modellarini ilmiy asoslab beradi. Jamiyat hayotini tushuntirishga urinishlar antik davrda (Platon, Aristotel va boshqalar) paydo boʻldi, tarix falsafasida davom etdi. Oʻrta Osiyolik mutafakkirlar (Forobiy, Ibn Sino, Beruniy) asarlarida ham jamiyat, uning yashashi va rivojlanishi haqida muhim fikrlar bildirilgan. 1290 ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10 Sotsiologik tasavvur va qarashlar XIX asrning 1-yarmida O. Kont, G. Spenser kabi olimlar ijodi natijasida fan darajasiga koʻtarildi va qariyb 200 yildan buyon rivojlanib kelmoqda. Sotsiologiyaning asoschisi fransuz mutaffakiri Ogyust Kont sotsiologiyani jamiyat haqidagi tajribaga asoslangan fan deb hisoblaydi.Turli davrlarda sotsiologiyaning mohiyati turlicha talqin etildi. Avvaliga u jamiyat haqidagi umumiy fan sifatida tushunilgan. Ayni vaqtda uning aniq ilmiy uslublarini nazarda tutgan holda ijtimoiy fizika deb ham izohlangan (L. Ketle). XIX asrgacha sotsiologiya falsafaning tarkibiy bir qismi boʻlib kelgan. Dastlab Yevropada taraqqiy etgan sotsiologiya Gʻarbiy Yevropa mamlakatlarida keng ijtimoiy muammolarni dalil va asosli ravishda qoʻya boshladi (M. Veber, E. Dyurkheym, G. Zimmel (1858—1918), V. Pareto (1848—1923), P. Sorokin (1889—1968)). Shu maʼnoda u mohiyatan makrosotsiologiya edi. Sotsiologiyaning Amerikadagi rivoji esa, odatda, „kichik“ ijtimoiy hodisalarni oʻrganuvchi mikrosotsiologiya tarzida yangi qirralarini namoyon etdi (J. Dyui (1859—1952), Ya. Moreno (1892—1974), J. Xomans (1910), E. Meyo (1880—1949)). Keyinchalik sotsiologiyaning bu makro va mikro koʻrinishlari T. Parsons (1902—1979), R. Merton (1910)ning nazariy ishlarida va P. Lazersfeld (1901—1976)ning empirik tadqiqotlar uslubiyatida yagona tizimga keltirildi. Biroq sotsiologiyaning predmeti va ijtimoiy amaliyot uchun ahamiyati xususidagi bahslar haligacha davom etib kelyapti, yangi sotsiologiya yaratishga urinishlar toʻxtamayapti. Sotsiologiya oʻz taraqqiyotining klassik davrida yaxlit bilimlar tizimi sifatida rivojlangan boʻlsa, keyin bu fanga turli oqimlar va yoʻnalishlar kirib kela boshladi. Mexanistik nazariya tarafdorlari G. Ch. Keri (1798—1879), V. Ostvald (1853-1932), V. Pareto (1848—1923) sotsiologiyani ijtimoiy dunyo fizikasi deb hisoblashgan. Biologik nazariya, xususan, organik yoʻnalish (G. Spenser, L. Gumplovich), shuningdek, ijtimoiy darvinizm vakillari (Ch. Darvin va boshqalar) jamiyatni biologik dunyo qonuniyatlaridan kelib chiqib izohlashgan. Psixologik qarashlarda (D. S. Mill (1806—1873), MakDugall) jamiyat hayotidagi voqea va jarayonlar tahlil nazariyasi, instinkt nazariyasi asosida psixologik jihatdan tushuntirilgan. Xususan, Z. Freyd (jinsiy mayl), Ya. Moreno (jamiyatni individual-psixologik tushuntirish) qarashlari keyinchalik kollektiv- psixologik nazariyalarga olib keldi. Shu yoʻnalishda ijtimoiy-psixologik, bixevioristik, simvolik interaksionizm, ijtimoiy harakatlar nazariyalari rivojlandi. Hozirgi davrda funksionalizm zamonaviy gʻarb sotsiologiyasining asosiy yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi. Bu yoʻnalish vakillari (T. Parsons, R. Merton) jamiyatning funksional birligi, uning dinamik muvozanati muammolariga asosiy eʼtiborni qaratadi. Formal-sotsiologik yoʻnalish F. Tennis (1855—1936), G. Zimmel, L. fon Vize (1876—1969) kabi sotsiologdar ijodi taʼsirida mustahkamlandi va rivojlandi. Bu yoʻnalish vakillari ijtimoiy hodisalarning mazmunidan ham koʻra ularning shakliga koʻproq eʼtibor berilsa, bu sotsiologiya predmetiga mosroq boʻladi, deb hisoblaydi. 1291 ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10 Oʻzbekistonda ham sotsiologiya oʻz tarixiga ega. U ijtimoiy borliq muammolari xususida asrlar davomida fikr yuritib kelgan ulamoyu shoirlar, mutafakkiru hukmdorlarning izlanishlarida oʻz ifodas
Доказательный фрагмент
«This article discusses the role of sociology in our society, important ideas about society, its existence and development.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article discusses the role of sociology in our society, important ideas about society, its existence and development. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Society, social relations, social groups, culture, social equality, social, ijtimoiy taraqqiyot, ijtimoiy institutlar, ijtimoiy nazorat, ijtimoiy muammolar, ijtimoiy qadriyatlar, ijtimoiy munosabatlar, Jamiyat, oila, ijtimoiy guruhlar, ta'lim, ijtimoiy tenglik, ijtimoiy tafovut, ijtimoiy hamkorlik, ijtimoiy ong., madaniyat
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Выпускные квалификационные работыUtegenova Gúlbaxar2015
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026