Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
QONUN IJODKORLIGI TUSHUNCHASI HAMDA MAQSAD VA VAZIFALARI
Yangiboyev Farhod Rashidovich
Современная наука и исследования · 2023
Аннотация
In this research work, the issues of strengthening the role of the chambers of the Oliy Majlis, in particular the Senate, in the system of state authorities, solving important tasks in the domestic and foreign policy of the state, ensuring the implementation of the tasks set by the President of the Republic of Uzbekistan to expand the rights and powers of the Senate in controlling the activities of executive authorities are scientifically studied. Keywords: Oliy Majlis, state authorities, rights and freedoms of citizens, violation of the law, regulatory legal acts, lawmaking, legislative initiative. ПОНЯТИЕ ПРАВОТВОРЧЕСТВА, ЕГО ЦЕЛИ И ЗАДАЧИ. Аннотация. В данной исследовательской работе усиление роли палат Олий Мажлиса, особенно Сената, в системе органов государственной власти, решение важных задач во внутренней и внешней политике государства, расширение прав и полномочий Сената в сфере контроля. Деятельность органов исполнительной власти одобрена Президентом Республики Узбекистан. Вопросы обеспечения выполнения возложенных задач научно изучены. Ключевые слова: Олий Мажлис, органы государственной власти, права и свободы граждан, нарушение закона, нормативные правовые документы, правотворчество, правотворческая инициатива. Jamiyatda fuqarolarning huquq va erkinliklarini taminlash uchun qonunlar xalqning manfaatini aks ettirishi hamda adolatlilikni taminlashi lozim. Bu esa o‘z-o‘zidan qonunlarning sifati bo‘lishini talab qiladi. 1248 ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10 Shu sababdan ham qonun qabul qilinishida boshqa normativ-huquqiy hujjatlardan farqli o‘laroq, bir nechta bosqichlardan o‘tadi. Bulardan ko‘zlangan maqsad qonunni eng yaxshi holatda jamiyatga tatbiq etish hisoblanadi. Davlat organlari bilan bir qatorda fuqarolar ham qonun qabul qilinishi jarayonida o‘zini munosabatini bildira olishi lozim. Buyuk yunon faylasufi Aflotun shunday degan edi: “Xalq qonunlarga ehtiyoj sezib, ularni puxta o‘rgansa, bu faqat uning o‘ziga foyda keltiradi. Aks holda qonundan ko‘zlangan maqsadga erishib bo‘lmaydi”. Haqiqatdan ham, xalqimiz qonun buzilishiga qarshi qattiq turmas ekan, davlat idoralari, mansabdor shaxslar qanchalik urinmasin, qonun ustuvorligini taminlash qiyin bo‘ladi1. Qonun ijodkorligi faoliyati o‘zining mas’uliyatliligi va murakkabligi bilan huquq ijodkorligining boshqa turlaridan farq qiladi. Qonun kuchga kirgach u muayyan ijtimoiy munosabatlar tartibga solishda qat’iy kuchga aylanadi. Bu jarayon muntazam va muvofiqlashtirilgan ketma-ketlikda ro‘y beruvchi bosqichlarning yig‘indisi sifatida namoyon bo‘ladigan muayyan huquqiy mexanizmdir2. Qonun chiqarish funksiyasini amalga oshirish parlament, parlament palatalarining asosiy vazifasi hisoblanadi. Hokimiyatni taqsimlash prinsipi shuni nazarda tutadiki, jamiyat barcha ijtimoiy tabaqalarining manfaatlarini, butun millat manfaatlarini to‘liq ifoda etuvchi qonunchilik hokimiyati organi boshqa davlat organlari tomonidan chiqariladigan boshqa huquqiy hujjatlarga nisbatan kattaroq yuridik kuchga ega bo‘lgan normativ- huquqiy hujjatlarni qabul qilishlari lozim. Aynan parlament tomonidan qabul qilinuvchi qonunlar boshqa barcha davlat organlari uchun zaruriy huquqiy negizni vujudga keltiradi, mazkur organlarning o‘zaro hamda fuqarolar va ularning birlashmalari bilan munosabatlarini belgilab beradi. Professor X.T.Odilqoriev fikricha, qonun ijodkorligi jarayoni davlat oliy vakillik organining konstitutsiyada belgilangan tartibda yangi qonunlarni yaratishga, amaldagi qonunlarga qo‘shimcha va o‘zgartirish kiritishga qaratilgan, shuningdek eskirgan qonunlarni bekor qilish borasidagi harakatlari yig‘indisi bo‘lib, u qonun bilan tartibga solinishi zarur bo‘lgan munosabatlarni aniqlash, qonun loyihasini tayyorlash, uni muhokama etish va qabul qilishni o‘z ichiga oladi3. Yuqoridagi fikrlarga qo‘shilgan holda qonun ijodkorligi jarayoni to‘g‘ri tashkil etilishi demokratik va adolatli fuqarolik jamiyatini qurish uchun asos deb hisoblaymiz. O‘zbekiston Respublikasida qonunchilik jarayoni quyidagi bosqichlardan iborat: − Qonunchilik tashabbusi; − Qonun loyihalarini ko‘rib chiqishga qabul qilish va loyihani muhokama qilish; 1 Mirziyoev Sh. Milliy tiklanishdan - milliy yuksalish sari. - T., O‘zbekiston. 2020. 108-b. 2 Najimov M.K. Norma ijodkorligi. - Toshkent, 2018. – 23 b. 3 X.T.Odilqoriev. Davlat va huquq nazariyasi. – T., 2018. 224-b. 1249 ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10 − Qonunlarni qabul qilish va maqullash; − Qonunlarni imzolash va elon qilish. Qonunchilik jarayonining ilk bosqichi hisoblangan qonunchilik tashabbusi - bu muayyan organlar va mansabdor shaxslarning qonunlar chiqarish masalasini qo‘yish va ularning loyihalarini ko‘rib chiqish uchun qonun chiqaruvchi organga taqdim etish huquqidir. Qonun chiqarish tashabbusi – qonun chiqarish jarayonining ilk bosqichi. Bu jarayon qizg‘in sa’y-harakatlarga asoslanadi, ular natijasida qonun chiqaruvchi organga qonunchilik yuzasidan tegishli takliflar kiritiladi, parlament
Доказательный фрагмент
«In this research work, the issues of strengthening the role of the chambers of the Oliy Majlis, in particular the Senate, in the system of state authorities, solving important tasks in the domestic and foreign policy…»
Образец извлечения
Демо-превьюIn this research work, the issues of strengthening the role of the chambers of the Oliy Majlis, in particular the Senate, in the system of state authorities, solving important tasks in the domestic and foreign policy… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Oliy Majlis, state authorities, rights and freedoms of citizens, violation of the, davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning huquq va erkinliklari, huquq ijodkorligi, qonun buzilishi, normativ-huquqiy hujjatlar, qonun chiqarish tashabbusi.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
МонографииK.J.Murodov2026