Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
UD CHOLG’USI VA UNING YUZAGA KELISH TARIXI
Hasanov Azamat
Современная наука и исследования · 3 · 2024
Аннотация
Статья посвящена этапам исторического развития инструмента уд, занимающего особое место в узбекской музыке. Из артефактов, найденных в регионах Средней Азии, из того, что теоретические вопросы музыки объяснялись в музыкальных трактатах прошлого посредством рукоятки уда, можно понять, насколько важна и длительна история этого инструмента. Также уделено внимание вопросам его современного вида и применения в исполнительской практике. Ключевые слова: уд, барбат, лютня, инструмент, брошюра, терракота, айритом, тор, зир, бам, маслас, масна. "Ud" arabcha so’z bo’lib, uning lug’aviy ma’nosi turlichadir. Ud ismli bir daraxt bo’lib, yonganda xushbo’y hid taratgan. Ud dastlab shu daraxt yog’ochidan yasalgan bo’lishi mumkin. Boshqa tomondan esa ud iborasi bayram, to’y-tomosha, xursandchilikni ifodalaydigan "iyd" atamasining ma’lum shakli bo’lsa, xushchaqchaqlik kayfiyati bag’ishlovchi cholg’u ma’nosida ham kelishi mumkin. Udning dastlabki nomi barbat bo’lganligi ba’zi manbalarda ko’rsatib o’tiladi. Barbat bar - qomat, bat - o’rdak ma’nolarini bildirib, u qorni katta va dastasi kalta musiqa asbobidir. Ud sozi haqida o’tmishdagi ko’plab nazariyotchilar o’z risolalarida ma’lumot berganlar. Forobiyning mashhur "Kitab al-musiqa al-kabir" asarida cholg’uga ta’rif berilgan. Forobiyning o’zi ham ud chalishni yaxshi bilgan. Bundan tashqari ash-Sheroziy, al-Husayniy, Jomiyning risolalarida ud haqida maxsus boblar keltirilgan. Safiuddin Urmaviy ud ijrochisi ham bo’lib, olib borgan tajribalariga tayanib olim o’z nazariy qoidalarini bayon etadi. 9 19 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2024 VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Risolalarda ud sozi Markaziy Osiyoda XVII asrgacha yashagan, deb taxmin qilinadi. Hozirda u Kavkaz xalqlarida, arablarda, Eronda, turklarda va ko’plab Yevropa xalqlari musiqa san’atida muhim o’rin egallaydi. O’zbek xalqi musiqa san’atining tarixi juda boy va qadimiydir. O’tmishda turli cholg’ulardan kundalik turmushda, ovda, saroy hayotida, madaniy bayram marosimlarida, xalq sayllarida foydalanilgan. Musiqa cholg’ulari asrlar davomida insonlarning ma’naviy ehtiyojlarini qondirib, asrlar osha rivojlanib kelgan. Arfa, udsimon, naysimon cholg’ular eng qadimgi va uzoq o’tmish tarixiga ega. Ana shu sozlar zamirida tanbur, g’ijjak, nay, qonun, dutor, rubob kabi turli xildagi cholg’u asboblari yaratildi. Ulardan biri bo’lgan ud XVII asrgacha xalq orasida keng tarqalgan va ma’naviy, ruhiy oziq in’om etgan. Uning bizga ma’lum bo’lgan dastlabki shakli Ayritomdan topilgan eramizning I asrlariga oid madaniy yodgorlikda o’z aksini topganligi manbalardan ma’lum1. Ud sozi haqida o’tmishdagi ko’plab nazariyotchilar o’z risolalarida ma’lumot berganlar. Sababi ud musiqa nazariyasi va amaliyoti bilan bog’liq bo’lgan masalalarni tushuntirishda aniq parda va torlarga ega bo’lgan. O’tgan asrning oxirgi 10 yilliklarida arxeologik izlanishlar natijasida Markaziy Osiyo hududidan qadimgi musiqa haqida guvohlik beruvchi va eramizning I-VII asrlariga oid musiqiy hayotni aks ettiruvchi topilmalar topildi. So’g’d, Baqtriya, Xorazm, Parfiyon, Marg’iyon hududlaridan topilgan yodgorliklar butun Markaziy Osiyo musiqa madaniyatini tasavvur etishga yordam beradi. Mazkur yodgorliklar orasida qadimgi Yunon afsonalari qahramoni "Appalon qo’lida kifara bilan", lira, avlos kabi cholg’ular keltirilgan2. Bulardan arfa va lira eng keng tarqalgan cholg’u hisoblangan. O’rta Sharqda eramizning I asrida asosiy cholg’u "lyutnya" bo’lib, u qisqa dastali "lyutnya" yoki "kalta lyutnya" deb yuritilgan. Ushbu cholg’uning ko’rinishi Shumer, Vavilon yodgorliklarida uchramaydi, shu jumladan Assir va Misr uchun ham xos emas. Kalta lyutnyaning eng avvalgi ko’rinishi er.ol. 2-ming yillikning 2-yarmiga to’g’ri keladi. Bu - katta noksimon shaklli va keng kalta dastali cholg’ular ushlagan ayollarning noyob terrakota haykalchasi bo’lib, hozirda Kair muzeyida saqlanadi. Mutaxassislarning fikricha, bunday ko’rinishli cholg’uning kelib chiqishi Kiprga borib taqaladi. Arxeologik topilmalar guvohlik beradiki, kalta dastali udning ommalashishi dastlab qadimgi Markaziy Osiyoning barcha hududlari - So’g’d, Baqtriya, Marg’iyona, kechroq Shoshga to’g’ri keladi. Xorazm va Parfiyonada uzun dastali ud keng tarqalganki, bular - do’mbra ko’rinishiga yaqin, 2-si tanburga o’xshash - juda kichik kosa va uzun dastali bo’lgan. "Afrosiyob terrakotalarida so’g’diylarning sevimli cholg’usi lyutnya bo’lganligini ko’rish mumkin", deb yozadi T.S.Vizgo. Ko’pchilik shakllarda u aniq ko’ringan. Cholg’ular katta va kichik o’lchamlarda uchraydi. Kalta dasta va katta kosaxonaga ega bo’lgan cholg’uning bu ko’rinishi zamonaviy cholg’ushunoslik adabiyotlarida "kalta ud" nomini olgan. Mazkur ud qadimgi Xorazm, Marv va Sharqiy Turkiston terrakotalarida uchraydi3. Qadimgi tasvirlardan anglash mumkinki, cholg’uning ikki ko’rinishi bo’lgan: birinchisi kalta dastali va ikkinchisi uzun dastali ud. Birinchi ko’rinishdagi cholg’uga kalta va ulanuvchi dasta, kat
Доказательный фрагмент
«Статья посвящена этапам исторического развития инструмента уд, занимающего особое место в узбекской музыке.»
Образец извлечения
Демо-превьюСтатья посвящена этапам исторического развития инструмента уд, занимающего особое место в узбекской музыке. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- barbat, lute, instrument, treatise, terracotta, ayritom, tor, zir, bam, maslas, ud, masna., cholg’u, terrakota, lyutnya, risola
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024