Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
O‘N IKKI MAQOM TIZIMI
Erkin Ro‘zimatov · TWELVE MAQOM SYSTEM
Современная наука и исследования · 3 · 2024
Аннотация
The art of maqom has its centuries-old history. This history can be divided into two major periods that are different from each other. The content of the first period is the study of the very ancient roots of maqoms from the point of view of space and time, the initial melodic layers. Naturally, during this period there were no known literal maqoms. Because the processes of formation of maqom systems are conditioned by a certain stage of socio-cultural development. Keywords: The art of maqom, "building", nag'ma, bo'd, jins, jam'. "Kitabul iyqo'ot", zul- arba' (pure fourth). СИСТЕМА ДВЕНАДЦАТЬ СТАТУСОВ Аннотация. Искусство макама имеет многовековую историю. Эту историю можно разделить на два больших периода. Содержание первого периода составляют древнейшие истоки состояний с точки зрения пространства и времени, вопросы изучения первых пластов мелодии. Конечно, никаких буквальных статусов в этот период не было. Потому что процессы формирования статусных систем обусловлены определенным этапом социокультурного развития. Ключевые слова: Искусство макама, «строительства», песни, тела, секса, варенья. «Китабул ийкот», зул-арба (чистый кварто). Mahobatli maqom tizimlarini “bino” qilish uchun eng avvalo poydevor yanglig‘ ahamiyatga ega mukammal pardalarni yuzaga keltirish (yoki ularni ilmiy asosda to‘g‘ri aniqlab olish) zarur bo‘lgan. Tabiiyki, bu ilmiy vazifa musiqashunos olimlar zimmasiga yuklangan. Shu bois e’tiborimizni bu borada musiqashunoslikda kechgan ayrim ilmiy jarayonlarga qaratamiz. Avvalambor shuni ta’kidlash kerakki, Forobiy Sharq musiqa nazariyasini shakllantirishda qadimgi dunyo nazariyotchilari qoldirgan ilmiy merosga ijodiy yondoshgan edi. Bu hol, juladan, musiqaning ilmi ta’lif (nag‘ma, bo‘d, jins, jam’) va ilmi iyqo’ (vazn) masalalarini tadqiq etishda ko‘zga tashlanadi. Masalan, alloma iyqo’-ritm masalasini qadimgi yunon olimlari kabi she’riyat qonunlari doirasida emas, balki, o‘z davri musiqa amaliyotidan kelib chiqqan holda, alohida fan sifatida tadqiq etgan. Bu borada Forobiyning “Kitabul iyqo’ot” asari alohida ilmiy qiymatga ega. Bu asarda ilk bor mumtoz iyqo’ nazariyasi ishlab chiqilgan bo‘lib, unda ritm-usul omilining mustaqil badiiy ahamiyati hamda musiqada tutgan beqiyos o‘rni asoslab berilgan edi. 9 16 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2024 VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Forobiyning iyqo’ ta’limoti keyinchalik alloma Ibn Sinoning “Kitobush-shifo”, “Kitobun- najot” va “Donishnoma” ilmiy asarlarida rivojlantirildi. Sharq olimlari musiqaning ilmi ta’lif masalalarini o‘rganishda ham qadimgi yunon nazariyotchilari, jumladan Pifagor (tax. e.a. 580- 520) ilmga tadbiq etgan sonli (matematik) usullarni keng qo‘llagan edilar. Zero shaklan hashamatli me’moriy inshootlarga qiyoslanishi mumkin bo‘lgan mumtoz musiqa tizimlarini yuzaga keltirish uchun eng avvalo aniq “o‘lchovlar” asosida ishlab chiqilgan musiqiy “qurilma”lar bo‘lishi talab etilgan. Ilmi ta’lif mazmunida kuyning tarkibiy asoslari - eng kichik birligi – nag‘ma (musiqiy tovush, ton), shuningdek, ikki nag‘ma nisbatidagi turli sifatli bo‘d (interval) va ularning qo‘shilmalari asosida jins (asosan to‘rt-besh pog‘onali tetra-pentaxordlar) hamda jinslar birikuvidan iborat jam’ (oktava miqyosidagi tovushqator) larni hosil qilish kabi masalalar tadqiq qilingan. Bunda ud cholg‘usining tori sifatida faraz qilingan to‘g‘ri chiziq (1) ning geometrik asosda teng ikkiga bo‘linishi (1:2) zul-kull (sof oktava), yuzaga kelgan ikkini shu asosda uchga bo‘linish (2:3) nisbati zul-hams (sof kvinta), uchni to‘rtga (3:4) bo‘linishi esa zul-arba’ (sof kvarta) kabi bo‘dlarning sonlar nisbatidagi ifodasini bergan. Qolgan intervallar ham shu kabi aniqlanib olingan15. Keyingi o‘rinda esa ikki tovush nisbatidagi uyg‘un (konsonans) interval (bo‘d) lar negizida jins va jam’lar ishlab chiqilgan. Bu tadqiqotning pirovardida musiqa amaliyotida qo‘lash uchun ma’qul va manzur bo‘lgan pardalar uyushmasi aniqlab olinishi kerak edi. Lekin shuni ham ta’kidlash joizki, yunonlarning sonli nisbatlardagi tadqiq usullarini Sharq olimlari ta’lif masalalarini ilmiy o‘rganishda ijodiy o‘zlashtirgan edilar. Chunonchi, qadimgi yunonlar ishlab chiqqan doriy, frigiy, miksolidiy kabi nomlanuvchi oktava miqyosidagi unqatorlar yuqoridan quyiga qarab “o‘qilgan”. Tabiiyki, Movarounnahr hududida shakl topayotgan yangi uslub tarkibiga mafkura nuqtai- nazardan ustuvor ahamiyatiga ega bo‘lgan mahalliy musiqiy an’analar ham jalb etilgan. Masalan, shunday an’analar salmog‘ini turk kuylari tashkil etgan bo‘lishi haqiqatga yaqindir. Bu fikrga «kuy» atamasining kelib chiqishi va semantik jihatlari ham asos bo‘lishi mumkin. – «Kuy» atamasi dastlab “kug” (“ko‘k”) tarzida talaffuz etilgan bo‘lib, keyinchalik «kuy» shakliga o‘tgan17. Musiqashunos olima A.Muhambetovaning fikriga ko‘ra, kuy nomli musiqiy namunalar turkiy xalqlarning islomga qadar madaniyatiga taalluqli bo‘lib, mazmunan qadimiy kosmologik qarashlarni aks ettiradi. Olima kuy ohangl
Доказательный фрагмент
«The art of maqom has its centuries-old history.»
Образец извлечения
Демо-превьюThe art of maqom has its centuries-old history. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- The art of maqom, "building", nag'ma, bo'd, jins, jam'. "Kitabul iyqo'ot", zul-, jam’, bo‘d, nag‘ma, “Kitabul iyqo’ot”, “bino”, Maqom san’ati, zul-arba’ (sof kvarta).
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024