К содержанию
РецензированоRU2026

Этапы развития детской речи

Х Давлатова (Андижон Давлат Университети)

Современные лингвистические исследования: зарубежный опыт, перспективные исследования и инновационные методы преподавания языков · 2026

Аннотация

В процессе написания данной статьи мы пришли к выводу, что изучение речевого акта, возникновения и развития речи, формирования речевой компетенции в детской речи: речь – процесс, а результат – речевые тексты, устные и написано, книги, рассказы, песни появляются в представлениях. Речь материальна и воспринимается органами чувств – это происходит только в процессе использования языка, который проявляется в речи. Ключевые слова: речевой акт, речевые тексты, речевая компетенция, общение, образование, язык. Nutq mahorati terminiga o‘nlab yetuk olimlar tomonidan ko‘plab ta’riflar berilgan. Ulardan eng samarali izlanishlar olib borganlaridan biri A.Leontyevdir, uning fikricha, “mukammallikka erishilgan nutq bo‘lishi uchun o‘ylash jarayonining butunligi, amalga oshirish jarayonida spontanligi, avtomatizmi va barqarorligi bilan ajralib turadi” [11:214]. Nutq va til kompetensiyasi haqidagi fikrlar, muloqotning keng nutq amaliyoti ekanligi, turli janrdagi adabiyotlarni o‘qishning katta hajmi bilan belgilanishi va kommunikativ kompetensiya, nutq kompetensiyasining diskursiv xususiyatga ega ekanligi hamda talabalar og‘zaki xulq-atvorining aks ettirishi N.N.Romanova tomonidan tahlil qilindi.[8] So‘zdan foydalanishning to‘g‘riligi muloqotga kirishuvchilarning nutq mavzusini qay darajada bilishi, qanchalik bilimdon ekanligi, mantiqiy fikrlay olishi, til konunlari va uning qoidalarini bilishiga bog‘liq. Ushbu maqolani yozish jarayonida nutqiy akt, nutqning paydo bo‘lishi, rivojlanishi, bolalar nutqida nutqiy kompetensiyaning shakllanishiga oid materiallarni o‘rganish mobaynida shunday xulosaga keldik. Nutq jarayon va natija bo‘lish bilan birgalikda, nutq matnlari, og‘zaki va yozma, kitoblar, hikoyalar, qo‘shiqlar kabi turli ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi. Nutq moddiy bo‘lib, uni hislar idrok etadi, bu faqat nutqda o‘zini namoyon qiladigan tilni qo‘llash jarayonida amalga oshadi. Oila – bu bolalarning nutqi shakllanishida asosiy maskan hisoblanadi va bu dargohda bola kamol topib, voyaga yetadi. Barchamizga ma’lumki, farzandlarimiz uch yoshga to‘lguncha nutqiy tarbiya asoslarini oila a’zolaridan o‘rganadilar va bu jarayon nutqni rivojlantirishda hal qiluvchi ahamiyatga egaligi bilan alohida o‘rin tutadi. Shu o‘rinda, bolalarning chaqaloqlik davrlaridan boshlab nutqining rivojlanishiga oid ayrim fikrlarni keltiramiz. Chaqaloqlar ikki oylik bo‘lganlaridan so‘ng yig‘lash, qo‘llarini qimirlatish va turli shakldagi tovushlarni chiqarishni boshlaydilar. Chaqaloqlar 3-4 oyga to‘lganlarida ota- onasi, birga yashovchi va boshqa insonlar bilan ko‘z hamda tabassum orqali aloqa qilishni boshlaydilar va o‘sha odamning yuz ifodasini kuzatadilar. Agar chaqaloqqa nisbatan 275 erkalatuvchi so‘zlar bilan murojat qilinsa, ularning yuz ifodasida kulgu alomatlari seziladi. Aksincha, do‘q-po‘pisaga o‘xshash so‘zlar qo‘llansa, (ha, seni qara-yu, yig‘lamasdan birpas jim yotsang bo‘lmaydimi) ularning yuzlarida yig‘i alomatlari bilina boshlaydi, lablarini bujmaytirib yig‘lashni boshlaydilar. Asta-sekinlik bilan shu davrdan boshlab quvnoq va kulgiga o‘xshash tovushlarni chiqara boshlaydilar. Taxminan, 5 oylikdan boshlab tovush hosil bo‘lishini va artikulyatsiya harakatlarini boshqarish qobiliyati rivojlanadi. Ovozlari bilan qiyqiriq tovushlar chiqarishni boshlaydilar. Chaqaloqlar 6 oylik bo‘lganlaridan boshlab, atrofdagilarga ko‘proq e’tibor berishni boshlaydilar va asta-sekin kattalar e’tiborini o‘zlariga jalb qilish uchun imo-ishoralar, qarashlar, tovushlardan foydalanadilar. Ular 10 oyliklardan boshlab inson nutq tovushlariga o‘xshash tovushlarni baqiriqlar, chinqiriqlar orqali chiqara boshlaydilar. Ular ilk so‘zlarni 9- 12 oyliklarida ayta boshlaydilar, bir yoshga to‘lganlarida esa bir necha so‘zlarni va qisqa iboralarni tushunishni boshlaydilar. Shu yoshdan boshlab kichkintoylar oddiy ko‘rsatmalarni tushunishlari va ularga amal qilishlari mumkin. Masalan, yoshini so‘rasalar, ko‘rsatkich barmog‘ini ko‘rsatish orqali 1 yoshga to‘lganini qo‘l harakatida ifodalaydilar, shu bilan birga, ular uchun sevimli bo‘lgan uy hayvonlaridan tovuqlar, jo‘jalarning sonini so‘ralganda ham, barmoqlari bilan ifodalaydilar. Yaqin insonlari (onasi, buvisi, opasi, akasi) tomonidan salomlashish o‘rgatilganda, garchi ular to‘liq gapira olmasalar-da, o‘ng qo‘lini uzatib ko‘rishishni o‘rganadilar yoki, aksincha, xayrlashganda qo‘llarini, asosan, barmoqlarini silkitish orqali xayrlashishni ifodalovchi xarakatni ko‘rsatadilar Ularning og‘zaki nutqi bir yoshda noaniq bo‘lib, nutq tovushlarining deyarli barchasini o‘z ichiga oladi. So‘z boyligi doimiy ravishda oshib boradi. Bu yoshdagi chaqaloqlar o‘rtasida ham farqlar mavjud bo‘lib, ba’zilari ko‘plab so‘zlarni gapirishni boshlaydilar, boshqalari esa hali ham dastlabki so‘zlarni aytishga qiynalayotgan bo‘ladilar. Masalan, 1 yoshlik Foziljon “dada”, “amma”, “choy” so‘zlarini bemalol ayta oladi, 1 yoshlik Abror esa yuqoridagi so‘zlarni to‘liq ayta olmaydi. “dada-dad, dad”, “choy-umma”. Bola 1-1,5 yoshga yetganda, endi yura boshlag

Доказательный фрагмент

«В процессе написания данной статьи мы пришли к выводу, что изучение речевого акта, возникновения и развития речи, формирования речевой компетенции в детской речи: речь – процесс, а результат – речевые тексты, устные и…»

Образец извлечения

Демо-превью

В процессе написания данной статьи мы пришли к выводу, что изучение речевого акта, возникновения и развития речи, формирования речевой компетенции в детской речи: речь – процесс, а результат – речевые тексты, устные и… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
speech act, speech texts, speech competence, communication, upbringing, речевые тексты, общение, aloqa, речевой акт, til, nutq matnlari, nutq akti, речевая компетенция, ta'lim, образование, language, nutq kompetensiyasi, язык
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники