К содержанию
РецензированоRU2026

УНИКАЛЬНЫЕ МЕТОДЫ ПОВЫШЕНИЯ ЭФФЕКТИВНОСТИ ОБУЧЕНИЯ

Umarova Feruzabonu Bobir qizi

Универсал международный научный журнал · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada oliy ta’lim muassasalarida pedagogik madaniyatni rivojlantirishning asosiy omillari ilmiy-nazariy jihatdan tahlil etilgan. Pedagogik madaniyat – o‘qituvchi va talabalarda kasbiy axloq, muloqot madaniyati, estetik qarashlar va mas’uliyat hissini shakllantiruvchi ko‘p qirrali tushuncha sifatida yoritilgan. Muallif pedagogik madaniyatni shakllantirishga ta’sir etuvchi ma’naviy-ma’rifiy, tashkiliy-pedagogik, psixologik va texnologik omillarni aniqlab, ularning o‘zaro bog‘liqligini asoslagan. Xususan, o‘quv jarayonida madaniy muhitni yaratish, o‘qituvchining shaxsiy namunasi, talabalarning faol ishtiroki va zamonaviy ta’lim texnologiyalarining qo‘llanilishi pedagogik madaniyat rivojiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi ta’kidlangan. Maqolada oliy ta’lim tizimidagi mavjud holatlar tahlil qilinib, madaniy yondashuvni kuchaytirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ham berilgan. KALIT SO‘ZLAR: pedagogik madaniyat, oliy ta’lim, kasbiy etikа, muloqot madaniyati, o‘qituvchi shaxsi, ma’naviy qadriyatlar, innovatsion ta’lim, interaktiv metodlar, ta’lim muhiti, axloqiy tarbiya. Oliy ta’lim tizimi oldida turgan asosiy vazifalardan biri – bilimdon, ijtimoiy faol, axloqan yetuk va kasbiy madaniyatga ega pedagog kadrlarni tayyorlashdir. Chunki o‘qituvchi shaxsi — nafaqat bilim beruvchi, balki jamiyatda axloqiy, estetik, madaniy qadriyatlarni targ‘ib qiluvchi yetakchi shaxsdir. Shu bois, pedagogik madaniyatni rivojlantirish oliy ta’lim muassasalari faoliyatining ajralmas tarkibiy qismiga aylanishi lozim. Pedagogik madaniyat — bu o‘qituvchining kasbiy tayyorgarligi, shaxsiy fazilatlari, muloqot madaniyati, odob-axloqi, tashqi ko‘rinishdagi saranjomlik, estetik didi, nutqi, psixologik sezgirligi kabi ko‘plab jihatlarni qamrab oluvchi ko‘p qirrali tushunchadir. U quyidagi asosiy omillar orqali rivojlanadi: 1. Ma’naviy-ma’rifiy omillar Pedagogik madaniyatning poydevori – o‘qituvchining ma’naviy olami, ichki dunyosi va axloqiy qadriyatlaridir. Ma’naviy-ma’rifiy omillar quyidagilarni o‘z ichiga oladi: • Milliy va umuminsoniy qadriyatlarga tayanish. Oliy ta’lim tizimida tarbiya milliy qadriyatlarga asoslangan holda olib borilganda, talabada nafaqat bilim, balki madaniyatli munosabat, o‘zgalarga hurmat, vatanparvarlik kabi fazilatlar rivojlanadi. • Shaxsiy namunaviylik. O‘qituvchi o‘zining kundalik madaniyatli xatti-harakatlari, nutqi, muomalasi bilan talabalar uchun real hayotiy namuna bo‘lishi kerak. • Estetik tarbiya va nutq madaniyati. Tashqi ko‘rinishdagi saranjomlik, nutqdagi madaniylik va e’tiborlilik talaba ongida pedagogik madaniyat me’yorlarini shakllantiradi: Talabalarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularni kitobxonlik, teatr, ilmiy klublar kabi madaniy-ma’naviy faoliyatlarga keng jalb etish ham ushbu omilning ajralmas qismidir. 2. Tashkiliy-pedagogik omillar Bu omillar asosan ta’lim tizimining ichki tashkil etilishi, dars jarayoni va o‘qituvchi-talaga o‘rtasidagi munosabatlarda namoyon bo‘ladi: 90 • Muloqotga asoslangan pedagogik muhit. Talabaning fikr bildirishiga imkon beruvchi, hurmat va erkinlik tamoyillariga tayanuvchi muhit madaniyatni rivojlantiradi. • Pedagogik iqlim. Guruhda sog‘lom psixologik-ijtimoiy muhit bo‘lishi, o‘zaro hurmat, adolat va ochiqlik tamoyillari ustuvor bo‘lishi zarur. • Jamoaviy ishlarni tashkil etish. Talabalarni o‘zaro hamkorlikda ishlashga o‘rgatish (loyihalar, prezentatsiyalar, treninglar) madaniyatli fikr almashish va murosaga kelish ko‘nikmalarini shakllantiradi. Shuningdek, akademik erkinlik, talabalarni mustaqil fikrlashga undash, baholash tizimining shaffofligi — bularning barchasi tashkiliy-pedagogik muhitning madaniyatli shakllanishiga xizmat qiladi. 3. Shaxsiy omillar (o‘qituvchi va talaba shaxsi) Pedagogik madaniyat birinchi navbatda insoniy fazilatlarga tayanadi. Bu omillar quyidagilardan iborat: • O‘qituvchining kasbiy va axloqiy namunasi. O‘qituvchining darsga tayyorgarligi, intizomi, shaxsiy tartib-intizomi, sabr-toqati, samimiyligi — talaba uchun pedagogik me’yordir. • Talaba shaxsi. Har bir talabaning ma’naviy tayyorgarligi, o‘zini anglash darajasi, kasbga bo‘lgan munosabati — uning pedagogik madaniyatini belgilaydi. Shuning uchun oliy ta’lim muassasalari tarbiyaviy faoliyatni individual yondashuv asosida olib borishi zarur. 4. Innovatsion va texnologik omillar Zamonaviy ta’lim texnologiyalari pedagogik madaniyatni rivojlantirishda muhim o‘rin tutadi: • Interaktiv metodlar. “Rolga kirish”, “Bahs-munozara”, “Keys-stadi”, “Aqliy hujum” kabi metodlar orqali talabalar real hayotdagi vaziyatlarda madaniyatli yondashishni o‘rganadilar. • Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari. Onlayn darslar, raqamli platformalarda muloqot qilish madaniyati, raqamli etikaga rioya qilish – yangi davr pedagogik madaniyatining tarkibiy qismidir. • Portfolio va refleksiya asosidagi yondashuvlar. O‘z ustida ishlash, o‘zini baholash, tahlil qilish — madaniy shakllanishning muhim jihatlaridandir. 5. Ijtimoiy-madaniy omillar Oliy ta’lim muassasalarining umumiy ijtimoiy muhitga ta’siri ham pedagogik madani

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada oliy ta’lim muassasalarida pedagogik madaniyatni rivojlantirishning asosiy omillari ilmiy-nazariy jihatdan tahlil etilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada oliy ta’lim muassasalarida pedagogik madaniyatni rivojlantirishning asosiy omillari ilmiy-nazariy jihatdan tahlil etilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
modelitet, interaktiv, Обратная связь, Simulation, virtual, Multimedia, Interactive, Academic, akademik, Виртуальность, simulyatsiya, Академичность, Feedback, Мультимедиа, Моделирование, Modality, Интерактив, Симуляция, Дислексия, Dyslexia, disleksiya
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники