Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
SURXON VOHASIDA MAROSIMLAR VA RASM-RUSUMLAR
Rahmonov Maxammad Habibullo o‘g‘li
Современная наука и исследования · 3 · 2024
Аннотация
This article presents information about the rituals and customs of the inhabitants of the Surkhan oasis, their similarities with other districts, and their customs. Key words: Navruz, The baby saw, the dream ended, The bride called, Navruz was over, the face was revealed, the old woman died. Surxon vohasida keng tarqalgan marosim va bayramlardan biri Navro‘z hisoblanib, u yangi yil, orzu-umidlar ushalishi sifatida keng nishonlanib kelmoqda. Navro‘z-fors-tojikcha «nav»- yangi, «ro‘z»-kun so‘zlaridan tuzilgan bo‘lib, o‘zbek tilida yangi kun yoki yangi yilning birinchi kuni degan ma’noni bildiradi. Navro‘zning paydo bo‘lishi tarixi mohiyati va fazilatlari to‘g‘risida Abulqosim Firdavsiyning «Shohnoma»sida, Abu Rayhon Beruniyning «Kitob-at-tavhim» (Tushuntirish kitobi) va «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» asarlarida muhim ma’lumotlar berilgan. Muhammad Ibn Muso al-Xorazmiyning eralar haqidagi risolasini o‘qir ekanmiz qiziq misolga duch keldik. Baytul muqaddasdagi diniy marosimlar uning vaqti bilan bog‘liq bo‘lar ekan. Abu Rayhon Beruniy «Yodgorliklar»ida ham Navro‘z haqida e’tiborli gaplar qayd etilgan. Ona tilimizga ta’mal toshi qo‘ygan mutafakkir shoir MaxmudQoshg‘ariyning «Devoni lug‘atit turk» asarida ham Navro‘z haqida dilbar satrlar uchraydi. Sharqning yana bir latif allomasi Yusuf Xos Xojibning «Qutag‘du bilig» (Saodatga boshlovchi bilim) kitobida «Sharqdan esgan nasm olamni bezash uchun jannat yo‘lini ochadi, yerga ifor to‘kiladi», deb lutf etgan. Falsafiy mushohadaga boy o‘tkir satrlar sohibi Umar Xayyom o‘z «Navro‘znoma»sida tiriklik haqida o‘tli misralar bitgan. Abulqosim Firdavsiy o‘zining «Shohnoma» asarida Navro‘z haqida qayd etgan bebaho fikrlar asrlar osha xalq qalbida yashab kelmoqda. Bunday ilg‘or fikrlarni Nosir Rabg‘uziyning «Qissai Rabg‘uziy», Sa’di Sheroziyning «Guliston», Lutfiy, Jomiy, Navoiy, Furqat, Zavqiy va boshqa ulug‘ qalam ahllari ijodida ham kuzatish mumkin. 9 56 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2024 VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Mavlono Muqimiyning: Navbahor ochildi gullar, sabza bo‘ldi bog‘lar, Suhbat aylaylik, kelinglar, jo‘ralar, o‘rtoqlar. Xush bu mahfilda tiriklik ulfati ahbob ila, O‘ynashib gohi tabiatni qilaylik chog‘lar- kabi o‘ynoqli, jo‘shqin misralari kimga yoqmaydi. Yoki bo‘lmasa, Xurshidning: Chun keldi bahor oyi yuz ochdi bu dam navro‘z, Ko‘k maysalar ustiga yetkurdi qadam navro‘z, Qadam ila to‘lib dillar, uyg‘ondi butun gullar, Xush isli havosi-la xo‘p keldi shinam navro‘z- degan qanoatli satrlari qanchalar zavqqa to‘lgan. Qadimgi zamonda quyoshning Xamal burjiga kirishi kecha bilan kunduzning barobar kelishi yil boshi hisoblangan. Bu hodisa eski quyosh yili hisobida 22-martga to‘g‘ri keladi. Shodiyona 2 qismga bo‘lingan: 1) kichik, 2) katta yoki maxsus Navro‘z bayrami deb atalgan. An’analarga binoan kichigidan boshlab tabiatdagi Hamma narsa amalga kiradi. Qadimdan Navro‘z munosabati bilan xalqqa tortiqlar ulashilgan, mahbuslarga ozodlik e’lon qilingan. Navro‘z odatda 22-martda boshlanib, 1 hafta-10 kun davom etgan. Unga tayyorgarlik esa ancha ilgari boshlangan. Yangi kiyim tikiladi, hovli va ko‘cha maydonlar tozalanadi, sumalak uchun bug‘droy ko‘kartiriladi. hunarmandlar qishloq xo‘jaligi uchun zarur bo‘lgan asbob-uskuna, ro‘zg‘or asboblari, kiyim-kechaklar tayyorlashda astoydil mehnat qilib, bayramni yaxshi kutib olishga o‘z hissalarini qo‘shadilar. Dehqonlar bilan bog‘bonlar ekishni boshlab, yerni va daraxtlarni parvarish qiladilar. Odamlar g‘am-nadomatlarni, tashvishlarni unutishga harakat qilishadi, urushganlar yarashadi. Qadr-qimmat, olijanoblik, muruvvat kuchayadi. Kasallarni, keksa kishilarni borib ko‘rish, ko‘nglini ko‘tarish, yetim-yesirlarga yordam berish, «Kelin chorladi», «Chaqaloq ko‘rdi» kabi odatlar bunga misol bo‘la oladi. Uloq, kurash, xo‘roz, qo‘chqor urushtirish kabi o‘yinlar rasmga kirgan. Hayotimiz turfa rang bo‘lsin, degan ma’noda bayram kuni tuxumni yetti rangga bo‘yaganlar. Yil davomida qushday yengil bo‘laylik, sog‘lom yashaylik degan maqsadda alvonch uchganlar, mushoira uyushtirganlar. Yoshlar bahor, hayot, muhabbat, do‘stlik, yoshlik haqida qo‘shiq kuylaganlar. «Navro‘zi ajam», «Navro‘zi arab», «Navro‘zi bayotiy», «Navro‘zi sabo», «Navro‘zi xoro» kuylari rasm bo‘lgan. Shu kunda tug‘ilgan chaqaloqqa Navro‘z deb ism qo‘ygan. Jumladan atoqli shoir va tarixchi Ogahiy o‘z g‘azallaridan bir nechtasini Navro‘zga bag‘ishlab yozgan: Qilib oyin mehr og‘oz navro‘z, Kelib qish faslin etti yoz navro‘z. Jahon sar to qadam fayzusafoda, Bo‘lib jannatga tagi andoz navro‘z. Bayram mazmuni va yo‘nalishi xalqning eng yaxshi odatlari va fazilatlarini, mehnatga bo‘lgan munosabatlarini, estetik didini, vatanparvarlik, hamjihatlik kabi ajoyib xislatlarni fozilona jamlash va rivojlantirishga qaratilgan. Bularning bari Navro‘z xalq qalbidan chuqur joy olganligidan, u xalqimizning bayrami ekanligidan yaqqol dalolat beradi. 9 57 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE
Доказательный фрагмент
«This article presents information about the rituals and customs of the inhabitants of the Surkhan oasis, their similarities with other districts, and their customs.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article presents information about the rituals and customs of the inhabitants of the Surkhan oasis, their similarities with other districts, and their customs. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Navruz, The baby saw, the dream ended, The bride called, Navruz was over, yuz ochdi, Navro‘z, Chaqaloq ko‘rdi, Navro‘z sabo, kampir o‘ldi., tushov kesdi, Kelin chorladi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Выпускные квалификационные работыUtegenova Gúlbaxar2015
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026