К содержанию
РецензированоRU2024

SURXONDARYO VILOYATIDAGI BA’ZI TOPONIMLAR VA ULARNING TAHLILI

Jumayev Mustafo Erkin o’g’li · Kalit so’zlar: Besherkak · Afg’onguzar, “-mart”

Современная наука и исследования · 3 · 2024

Аннотация

This article attempts to shed light on the analysis of some toponyms in Surkhandarya region from a historical and linguistic perspective. Keywords: Besherkak, Afgonguzar, “March 8”, Boyrachy, Pasurkhi, Bogibolo, Kohitang, Gaza. НЕКОТОРЫЕ ИМЕНА В СУРХАНДАРЬИНСКОЙ ОБЛАСТИ И ИХ АНАЛИЗ Аннотация В данной статье анализ некоторых топонимов Сурхандарьинской области пытается быть объяснен с историко-лингвистической точки зрения. Ключевые слова: Бешеркак, Афганузар, «8 марта», Бойрачи, Пасурхи, Богиболо, Кохитанг, Газа. Besherkak - Surxondaryo viloyati Boysun tumanida joylashgan qishloq. Toponim shu hududda yashagan beshta odamning nomidan olingan. Uning paydo bo‘lish sababi esa quyidagicha. Sadriddin Ayniy Buxoro hukmdori Rahimxon buyrug‘i bilan karminalik qozi Zuxayr o‘g‘li qozi Muhammad Vafo (Shuhrat) tomonidan o‘z ko‘zi bilan ko‘rib yozilgan «Tuhfai xoniy» nomli kitobidan olingan xulosasi asosida quyidagilarni bayon etadi: Mang‘it sulolasining boshlig‘i, Buxoro hukmdori Rahimxon o‘zining Ko‘histonga qilgan ikkinchi yurishida, ya’ni hijriy 1170 (milodiy 1756/57) yilda Sherobod qal’asi yaqinidagi Ko‘histon qal’asi (hozirgi Kallamozor)da hisorliklar va Ko‘histonning boshqa ozod xalqlari bilan to‘qnashadi. Bu jangda Rahimxonning qo‘li baland keladi, asir tushgan erkaklarni so‘yib, boshlaridan kalla minora yasaydi, xotin-qizlarni esa o‘z sipohilari (askarlari)ga taqsimlab beradi.1 Shoniyoz Safarovning ma’lumotiga ko‘ra, Sherobod yaqinidagi quyi Laylagan (hozirgi Kallamozor va Ashurxilvat) elbegi urug‘ining yurti bo‘lgan davrlarda uning shimoliy va sharqiy tomonidagi keng adirlar, qirlar elbegilarning chorvasi uchun yaylov hisoblangan. Rivoyatga ko‘ra, fojia sodir bo‘lgan vaqtlarda elbegilarning besh suruv qo‘yi shu yaylovlarda bo‘lgan. 1 Ayniy Sadriddin. Asarlar, 4-jild, Toshkent, 1965 yil, 95-bet. 9 53 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2024 VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Qal’a atrofi aholisi qirib tashlanganda yaylovdagi besh cho‘pon mollari bilan omon qolgan. Shu tufayli bu yaylov keyinchalik ularning sonidan kelib chiqib, Besherkak deb atalgan.2 Afg’onguzar – Surxondaryo viloyatining Denov, Jarqo’rg’on, Termiz va Sherobod tumanlarida uchraydigan qishloq. Qadimdan mazkur nomlar bilan ataluvchi joylarda savdo- sotiq bilan shug’ullangan afg’onlar yashagan. “8-mart” - bu qishloq Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida joylashgan. 1917-yilgi oktyabr to`ntarishidan oldin u qishloq o`rnini to`qay va mayda ko`llar qoplab yotargan. U yerda har xil yovoyi hayvonlar ko`p bo`lgan. Keyinchalik bu yerlar asta-sekin o`zlashtirilib, yangi erlar ochildi, yangi uylar qurildi va odamlar yashay boshladilar. Qishloqda avval juda ko`p ko`l bo`lganligi sababli «Ko`l qishlog`i» deb ham atalib kelgan. 2-jahon urushi yillarida qishloq xo`jalik ishlarini boshqarish xotin-qizlar zimmasiga tushganligi, hamma ishlarni xotin- qizlar bajarganligi uchun «Ko`l» qishlog`iga 1946 yili Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami «8- mart qishlog`i» deb nom berilgan. Bo’yrachi – Surxondaryo viloyatidagi Sherobod, Jarqo’rg’on, Denov tumanlarida uchraydigan shu nomdagi qishloq. Bo’yra to’quvchilar nomi bilan bog’liq. Bo’yra bu pishgan qamish po’stini tozalab to’qiladigan solinchiq (to’shama). Uy-joylarda namat (kigiz), gilam, palos tagidan to’shaladi. Bo’yra paloslarni tuproq va zaxdan saqlagan; imorat tomini yopishda vassa ustidan qo’yilgan, to’yhashamlarda, turli marosimlarda foydalanilgan, mevalarni yoyib quritishda, quritilgan mevalarni qishda saqlashda Bo’yrani choklab, qop o’rnida ishlatganlar. “Bo’yrapo’sh” degan qishloqlar ham shu kasb nomi bilan bog’liq. Pasurxi - Surxondaryo viloyati Boysun tumanida joylashgan qishloq. 2009-yildan shaharcha maqomi berilgan. Pasurxi toponimi etimalogiyasiga to’xtaladigan bo’lsak “past” + “surxi” so’zlari qo’shilishidan hosil bo’lgan. “Past” bu – pastki, quyi ma’nosini, “surxi” esa fors-tojik tilida qizg’ish, qizil ma’nosini berib, shu hududdagi tepalikka atab qo’yilgan, yani “quyi qizil tepalik” ma’nosida. Ba’zilar esa “Qizil do‘ngning orqa tomoni” deb tushunishadi. Bog’ibolo - Surxondaryo viloyati Boysun tumanida joylashgan qishloq. Bog’ibolo ikki so’z: “bog’” + “balo” so’zlari qo’shilishidan hosil bo’lgan bo’lib, bog’ bu – bog’, bolo esa tojik tilida yuqori degam ma’noni bildiradi. Demak, “Bog’ibolo” bu – “yuqori bog” degani. Boshqa bog‘larga nisbatan yoki aholi markazidan yuqorida joylashgan (yoki atrofida tashkil bo‘lgan) bog‘. Bog‘i-boloni janubiy-g‘arbida “Qo‘rg‘oni bolo qabriston”i bor. Sharqdan “Xoja Surx Push” (qizil Ayzon) qabristoni bilan tutashgan . Gaza – Surxondaryo viloyati Boysun tumanining sharqida joylashgan qishloq. Gaza deb odatda tog‘ etaklari va notekis adirlarda qirsimon cho‘ziq balandliklarning oshib o‘tadigan yo‘l bo‘lgan qismi. Ochgaza, Oqgaza, To‘qgaza, Qoragaza kabi turlari bor. Qishloq joylashish o‘rniga ko‘ra nomlangan. Gaza-Yuqori Gaza va Quyi Gaza tarzida ikkiga bo‘lingan. Ko’hitang – Surxondaryo viloyatinnig g’arbidagi shimold

Доказательный фрагмент

«This article attempts to shed light on the analysis of some toponyms in Surkhandarya region from a historical and linguistic perspective.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article attempts to shed light on the analysis of some toponyms in Surkhandarya region from a historical and linguistic perspective. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Besherkak, Afgonguzar, “March 8”, Boyrachy, Pasurkhi, Bogibolo, Kohitang, Bog’ibolo, Pasurxi, “8-mart”, Afg’onguzar, Ko’hitang, Gaza., Bo’yrachi
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники