Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
“TARJUMON” ASARINING LEKSIKOGRAFIK TADQIQI
Temirova Kamola Baxtiyor qizi
Современная наука и исследования · 2023
Аннотация
This article analyzes one of the important sources in the study of the history and formation of the literary languages of the Turkic peoples, the 14th-century philological work "The Interpreter" written in Arabic. It also provides feedback on the contribution of the work "The Interpreter" to lexicography and the lexicographical study of lexical units, including gastronomic units, presented in the work. Keywords: Turkic peoples, the work "Tarjumon", gastronomic units, about food, food, drinks and milk, words related to trees, fruits, melon growing, gardening, names of crops and cereals, etc. ЛЕКСИКОГРАФИЧЕСКОЕ ИССЛЕДОВАНИЕ ПРОИЗВЕДЕНИЯ «ПЕРЕВОД» Аннотация. В данной статье анализируется один из важных источников для изучения истории и формирования литературных языков тюркских народов, филологический труд, написанный на арабском языке, - памятник XIV века «Тарджумон». Также комментируется вклад труда «Тарджумон» в лексикографию и лексикографическое исследование представленных в работе лексических единиц, в том числе гастрономических. Ключевые слова: тюркские народы, произведение «Тарджумон», гастрономические единицы, о еде, еде, питье и молоке, слова о деревьях, плодах, полиции, садоводстве, названиях культур и зерновых продуктов и др. Turkiy tillarning rivojidagi umumiy va xususiy jarayonlarni sinchiklab o‘rganish ko‘plab yozma yodgorliklar bo‘yicha filologik tadqiqotlar olib borishni taqozo qiladi. 1191 ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10 Turkiy xalqlar adabiy tillar shakllanish tarixini tadqiq qilishda muhim manbalardan biri turkiy tillarga bag‘ishlangan arabcha yozilgan filologik asarlardir. Turkiy xalqlarning adabiy tillari tarixi shakllanishini o‘rganishda muhim manbalardan biri, arab tilida yozilgan filologik asarlardir. Gollandiyaning Leyden kutubxonasida saqlanayotgan XIV asr obidasi “Tarjumon turkiy va ajamiy va mo‘g‘uliy” (qisqartirilgan “Tarjumon” ) asari shular jumlasidan. “Tarjumon” haqidagi dastlabki xabar sharqshunos M.T.Xoutsma tomonidan berilgan. U turkologiyada birinchi bo‘lib, lotin alifbosi asosida nemis tilga tarjima va transkripsiyasi bilan turkiy so‘zlarning lug‘atini tuzgan edi. Olim o‘z nashrida qo‘lyozmaning mufassil tavsifi, yaratilish tarixi va davri, asarning mazmuni, asarda qamrab olingan so‘zlar va tillar haqida ma’lumot keltirgan1. Asar oxirida muallifning qalamiga mansub bir turkcha hikoyaning boshlanishi bor. Yozuv e’tiborsizlik bilan bitilgan, ba’zi joylarini o‘qish ancha qiyin. Turkologiya fani lug‘atning muallifi haqida aniq ma’lumotga ega emas. Yodgorlikning material qismi uning xalq so‘zlashuv tili asosida tuzilganligidan dalolat beradi. Shuning uchun ham M.T.Xoutsma asarni “ustoz shogirdiga murojaat qiladigan kollegial daftar deb hisoblaydi”2. Asar kirishdan tashqari to‘rt katta qismga bo‘lingan. Birinchi qism “Faqat ismlar haqida” deb nomlangan bo‘lib, 26 fasldan iborat. Ba’zi fasllar bir necha mayda bo‘limlarni o‘z ichiga oladi. A.K.Qurishjonov fasllar ichidagi kichik bo‘limlarni ham hisobga olib, asarni 41 fasldan iborat deb ko‘rsatgan3. Ikkinchi qism. “Fe’l masdari va buyruq mayli haqida”; Uchinchi qism. So‘zlarning turlanishi va fe’llarning tuslanishi haqida. To‘rtinchi qism. So‘zlarning ishlatilishi va boshqa muhim narsalar haqida. Yodgorlik bitilgan joyda turkiy xalqlarning qipchoq, o‘g‘uz, turkmanlar yashaganligi tufayli asarda ularning til xususiyatlari aks etgan. Asar muallifi o‘z kitobida ko‘proq qipchoq tiliga e’tibor berganligini ta’kidlab o‘tadi. Asarning lug‘at qismida yo‘l-yo‘lakay o‘g‘uz tili yoki turkman tiliga oid leksik qatlamlar sharh qilinadi4. “Tarjumon” dagi I qism quyidagi fasllarni o‘z ichiga oladi: Kishi nomlari; astronomik nomlar; geografik nomlar; hayvon atamalari; qarindosh-urug‘ bildiruvchi so‘zlar; inson a’zolariga xos so‘zlar; foydali qazilmalar; polizchilik, bog‘dorchilikka oid so‘zlar; kiyim-kechak 1 Таржумон- XIV аср ёзма обидаси”. Тошкент, Фан. – 1980. 3-бет. 2 O‘sha manba: 4-бет. 3 Bu haqda qarang: Таржумон- XIV аср ёзма обидаси”. Тошкент, Фан. – 1980. 6-bet 4 O‘sha manba: 5-bet 1192 ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10 va gazmollar; oziq-ovqat va ichimlik nomlari; harbiy anjomlar; cholg‘u asbob nomlari va hokazolar. Tadqiqotimiz doirasida asarning I qismida ayrim fasllar gastronomiyaga doir birliklarga qaratilganining guvohi bo‘ldik. Jumladan, I qism 4-faslda daraxtlar, mevalar va boshqa o‘simliklar (fasl ichida yana bir bo‘lim: sabzavot, poliz o‘simliklari, o‘t-o‘lan va ularga yaqin narsalar ) haqida; beshinchi fasl: ekinlar va donlar haqida; o‘n uchinchi fasl: oziq-ovqat, taom, ichimlik va sutlar haqida. Asar arab grammatik qonun-qoidalariga asoslangan. Fasllardan avval arab so‘zi va unga turkiy ekvivalent berilgan. Har bir fasldan o‘rin olgan gastronomik birliklarning lug‘atda ifodalanishi haqida fikr yuritamiz. I qism 4-faslda daraxtlar, mevalar, sabzavot, poliz o‘simliklari, o‘t-o‘lan va ularga yaqin narsalar haqida. Umuman ho‘l mevalar asarda yemish leksemasi ostida birlash
Доказательный фрагмент
«This article analyzes one of the important sources in the study of the history and formation of the literary languages of the Turkic peoples, the 14th-century philological work "The Interpreter" written in Arabic.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article analyzes one of the important sources in the study of the history and formation of the literary languages of the Turkic peoples, the 14th-century philological work "The Interpreter" written in Arabic. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Turkic peoples, the work "Tarjumon", gastronomic units, about food, food, gastronomik birliklar, mevalar, polizchilik, bog‘dorchilikka oid so‘zlar, ichimlik va sutlar haqida, daraxtlar, Turkiy xalqlar, taom, “Tarjumon” asari, oziq-ovqat, ekinlar va don mahsulotlari nomlari va hokazo.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Выпускные квалификационные работыUtegenova Gúlbaxar2015
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026