Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
KAYKOVUSNING “QOBUSNOMA” ASARIDAGI LEKSEMALAR TAHLILI
Mahmudova Sevinch
Современная наука и исследования · 2023
Аннотация
This article discusses the lexemes in Kaykovus's "Qobusnoma" and the unfamiliar, historical words in it. It also touches upon the analysis of words that are difficult to understand in the work. Keywords: Qobusnoma, dictionary, lexeme, grammatical features, word acquisition. АНАЛИЗ ЛЕКСЕМ В «КОШМАРЕ» КАЙКОВУСА. Аннотация. В статье рассказывается о лексемах в произведении Кайковуса «Кошмар» и незнакомых, исторических словах в нем. Также обсуждается анализ трудных для понимания слов в произведении. Ключевые слова: Кабуснома, словарь, лексема, грамматические особенности, усвоение слов. “Qobusnoma” – Sharq va Markaziy Osiyo xalqlari orasida keng tarqalgan axloqiy taʼlimiy asar, fors-tojik badiiy nasrining birinchi va yirik yodgorligi (XI asr). Tabariston (Mozandaron) hukmdori Shams al-Maoliy Qobusning nabirasi Unsur al-Maoliy (Kaykovus, 1021—98) tomonidan fors tilida yozilgan (1082—83) va “Nasihatnomai Kaykovus” deb atalgan. “Qobusnoma” shu asarning oʻzbekcha tarjimasidir. Muallif asarni oʻgʻli Gilonshohga bagʻishlagan. Kaykovus og‘li Gilonshohga tarbiya berish unga ma'naviy meros qoldirish uchun shu asarni yozganligini ta'kidlaydi. U shunday deydi: “Har ota-ona umri davomida yiqqan terganlarini farzandiga qoldirib ketgisi keladi. Men ham shuni xohladim. Mening hayotim bo’yi yig‘gan mana shu so’zlarimni senga qoldirib ketyapman og‘lim” deydi Kaykovus. “Qobusnoma” asosini Qurʼoni karim suralari, Muhammad (sav)ning faoliyati va koʻrsatmalarini ifodalovchi hadislar, hikmatli hikoyatlar tashkil etadi. Asar 44 bobdan iborat. Dastlabki 4 bobi Haqni tanimoq, Paygʻambarlarning xilqati (yaratilishi), Alloh neʼmatiga shukr qilmoq haqida boʻlib, qolgan 40 bobi ota-onani hurmatlash, ilmiy bilimlarni, sanʼatni egallash, harb, savdo, dehqonchilik ishlari va hunarni oʻrganish, odob-axloq qoidalariga rioya etish, farzand tarbiyasi, saxovat va juvonmardlik kabi koʻplab masalalarni oʻz ichiga oladi. 1202 ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10 Asarda hunar va ilm jamiyat taraqqiyotining asosiy omillari deb qaraladi. Odamlar uch guruhga boʻlinib, ularning jamiyatda tutgan oʻrni belgilanadi; odamlarning fazilatlari ham uch guruhga boʻlinadi: aqllilik, haqgoʻylik, juvonmardlik. Kaykovus dunyodagi mavjudotni bir-biri bilan bogʻliq va murosasiz deb talqin qiladi. U kishi ruhiyatini ham ikki guruhga boʻladi: jismoniy sezgini modda, ruhiy hissiyotni esa “jon” bilan bogʻlaydi va bularning birini moddiy, ikkinchisini ruhiy hayot mahsuli deb koʻrsatadi. Barchaga ma’lumki, Kaykovusning “Qobusnoma” asari g‘arb va sharq mutafakkirlari tomonidan e’tirof etilgan, o‘nlab tillarga tarjima qilingan farzand tarbiyasi haqidagi mufassal bayon hisoblanadi. Bilamizki, ko‘plab kitoblarda biz tushunmaydigan, notanish tarixiy so‘zlar ko‘p keltiriladi. Ma’lumki,til doimo o’zgarib turadi. Ayniqsa, tilning leksikasi tez o’zgaruvchan bo’ladi. Tilning leksik qatlami asrlar mahsuli hamdir,ya’ni bunda har bir tarixiy davr,ijtimoiy taraqqiyot bosqichi o’z ifodasini topadi. So’zlar hamda til birliklari eskiradi, yangi so’zlar paydo bo’ladi. Shuningdek, “Qobusnoma” asari ham bundan holi emas. Kitobxon bu asarni birinchi o‘qiganida yaxshi anglab ololmasligi tabiiy hol ammo qayta-qayta tahlil qilib o‘qisa ayni muddao. Shu o‘rinda bir narsani ta’kidlab o‘tmoqchimanki, asarni takror o‘qishdan ko‘ra pastki qismida berilgan lug‘atlar bilan ishlab, tanishib chiqish maqsadga muvofiqdir. Lug’atlar barchaga barobar xizmat qiladi, ya’ni undan barcha soha vakillari foydalanishi mumkin. Lug’at tuzish ma’lum maqsadlarni o’z ichiga oladi. Insoniyat dunyoga kelibdiki, albatta, so’z bilan ish tutadi. So’z olamiga duch keladi va undan foydalanadi. Nazariy yondashuvda leksik sath birligi tilshunoslikda leksema atamasi bilan nomlanadi. Leksema tilshunoslikning eng muhim va markaziy tushunchalaridan biri. [1,101] Asarni o‘qiyotgan kitobxon leksemalarning izohini ko‘rib biroz o‘ylanishi mumkin. Masalan: asarning o‘ttiz birinchi bobi, ``ilm talabi va qozigarlik zikrida`` shunday jumla keltiriladi: “Ey farzand, agar muzakkir bo‘lsang,xofiz bo‘lg‘il va ko‘p narsani yod qilg‘il. Hech kishi bila jadal va munozara qilmag‘il” [2,133] Bu jumlani o‘qigan kitobxon birinchi o‘rinda “jadal” degan so‘zni shunchaki “tez” ma’nosini bildiruvchi leksema deb bilishi tabiiy hol.Lekin bu so‘zning izohiga qaraganimizda “jadal” so‘zining ma’nosi - tortishuv, munozara, janjal deb keltirilgan ekan. ``Jadal`` so’zi Ahmad Yugnakiyning ``Hibatul haqoyiq``asarida ham keltirilgan.Asarda bu so’zning ma’nosi-intilish deb berilgan. Bunday so‘zlarga ko‘plab misollar mavjud.Masalan: Mahmud Koshg’ariyning ``Devon-u lug’otit-turk`` asarida ``qayra`` so’zi keltirilgan. Bu so’zimizning ma’nosi-qayramoq, ya’ni o’tkirlamoq (pichoqni qayramoq,tishni qayramoq). Asarda esa bu so’zning ma’nosi-yana deb berilgan. Lug’at bundan 450 yil muqaddam ilgari tuzilgan bo’lib uni o’zbek tilida yaratilgan dastlabki izohli lug’at deyishimiz mumkin. 1) G‘ayrat-rashk. Bu so‘zning kuch degan ma’nosi ham bor. 1203 ResearchB
Доказательный фрагмент
«This article discusses the lexemes in Kaykovus's "Qobusnoma" and the unfamiliar, historical words in it.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article discusses the lexemes in Kaykovus's "Qobusnoma" and the unfamiliar, historical words in it. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Qobusnoma, dictionary, lexeme, grammatical features, word acquisition, so‘z o‘zlashtirish., lug‘at, grammatik xususiyatlar, leksema
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025