Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Texnologiya fanidan amaliy mashg’ulotlarni tashkil etish hamda samaradoligini oshirishda grafik organayzer texnologiyasidan foydalanish
Ziyamova Gulbaxor To'laboyevna
Журнал универсальных научных исследований · 5 · 14-16 · 2023
Аннотация
Maqolada zamonaviy ta’limda pedagogik texnologiyaning o’rni, talabalarning tahliliy va ijodiy fikrlashini rivojlantirishda interaktiv usullarning ahamiyati ko’rsatib o’tilgan. Maqolada fanlarni o’zlashtirish, ko’nikmalar, kasbiy mahoratni oshirish hamda o’tilgan mavzuni mustahkamlashda grafikli organayzer texnologiyasidan foydalanish yo’nalishlari tavsiya etilgan. Kalit so’zlar: texnologiya, Grafikli organayzer, Klaster, Nima uchun, Po’lat, Chuyan, rangli metal, mashg’ulotlar, yangilik, mavzu, materiallar, Innovatsion ta’lim texnologiyalarining mohiyati, turlari va nazariy asoslari. Lug’aviy jihatdan “innovatsiya” tushunchasi ingliz tilidan tarjima qilinganda (“innovation”) “yangilik kiritish” degan ma’noni anglatadi. Innovatsion ta’lim (ingl. “innovation” – yangilik kiritish, ixtiro)– ta’lim oluvchida yangi g’oya, me’yor, qoidalarni yaratish, o’zga shaxslar tomonidan yaratilgan ilg’or g’oyalar, me’yor, qoidalarni tabiiy qabul qilishga oid sifatlar, malakalarini shakllantirish imkoniyatini yaratadigan ta’lim. Ta’lim innovatsiyalari–ta’lim sohasi yoki o’quv jarayonida mavjud muammoni yangicha yondashuv asosida yechish maqsadida qo’llanilib, avvalgidan ancha samarali natijani kafolatlay oladigan shakl, metod va texnologiyalar. Zamonaviy sharoitda o’quvchilarning o’quv-bilish faolliklarini kuchaytirish, o’qitish sifatini oshirish va samaradorligini yaxshilash maqsadida innovatsion xarakterga 136 ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2023 SJIF 2024 = 5.073/Volume-2, Issue-11 ega ta’lim shakllaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Bugungi kunda amaliy o’yinlar, muammoli o’qitish, interfaol ta’lim, modul-kredit tizimi, masofali o’qitish, blended learning (aralash o’qitish) va mahorat darslarita’limning innovatsion shakllari sifatida e’tirof etilmoqda. Bugungi kunda Respublika ta’lim muassasalarida grafik organayzerlardan keng foydalanilmoqda. So’nggi vaqtlarda grafik organayzerlar xorijiy mamlakatlar ta’limi amaliyotida muvaffaqiyatli qo’llanib kelinmoqda va bugungi kunda respublika ta’limida ham tobora ommalashib bormoqda. SHu sababli ayni o’rinda ushbu grafik organayzerlar mohiyati haqida so’z yuritiladi. Texnologiya fani mashg’ulotlarni tashkil etishda grafikli organayzerlardan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu esa o’quvchilarni texnologiya fani darslarida faol ishtirok etishini, texnologiya fani mazmuniga oid o’rganilayotgan tushunchalarni, murakkablik darajalari turlicha bo’lgan mavzularni, fanlararo amalga oshirilayotgan aloqadorlik va o’zaro bog’liqlik o’rnatishni, tahlil qilish, solishtirish va taqqoslash, topshiriqli muammolarni aniqlash, ularni xal etish va berilgan amaliy topshiriqlarni rejalashtirish, tafakkur qilish va ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Pedagogik texnologiya muhitida og’zaki ravishda materiallarni o’zlashtirish ko’rsatgichi 10% bulgan sharoitda mashg’ulot olib borish samarasi mashg’ulotlarni ko’rgazmali shakilda tashkil etilsa o’zlashtirish ko’rsatgichi yuqoriroq bo’ladi. SHunday ekan, yuqorida keltirilgan grafikli organayzerlardan texnologiya fani darslarida foydalanishga doir tavsiyalarni “Texnologiya va dizayn” va “Servis xizmati” yo’nalishlaridagi turli xil mavzular kesimida ko’rib chiqamiz. Grafikli organayzerlar (tashkil etuvchi) - fikriy jarayonlarni ko’rgazmiali taqdim etish vositasi. 137 ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2023 SJIF 2024 = 5.073/Volume-2, Issue-11 Grafik organayzer quydagi turlarga bo`linadi: Mavzuga oid ma`lumotlarni tarkiblash va tarkibiy bo`lib chiqish, o’rganilayotgan tushunchlar (voqea va hodisalar, mavzular) o’rtasidagi aloqa va o’zaro bog’liqlikni o’rnatish usul va vositalari: Klaster, Toifalash jadvali, Insert, B/B/B jadvali. Mavzuga oid ma`lumotlarni taxlil qilish, solishtirish va taqqoslash usuli va vositalari.T-jadvali, venn diagrammasi. Mavzuga oid muammolarni aniqlash, uni hal etish, taxlil qilish va rejalashtirish usullari va vositalari: ” Nima uchun?”, “Baliq skeleti”, “ Piramida”, “ Nilufar guli” sxemalari, “ Qanday?”, “Kaskad” tarkibiy – mantiqiy sxema kabi turlari mavjud. «Klaster» metodi Klaster metodi pedagogik, didaktik strategiyaning muayyan shakli bo‘lib, uta’lim oluvchilarga ixti yoriy muammolar (mavzu) xususida erkin, ochiq o‘ylash va fikrlarni bemalol bayon etish uchun sharoit yaratishga yordam beradi. Mazkur metod turli xil g‘oyalar o‘rtasidagi aloqalar fikrlash imkoniyatini beruvchi tuzilmani aniqlashni talab etadi. Ushbu metod muayyan mavzuning ta’lim oluvchilar tomonidan chuqur hamda puxta o‘zlashtirilguniga qadar fikrlash faoliyatining bir maromda bo‘lishini ta’minlashga hizmat qiladi. «Klaster» metodidan foydalanish tavsifi: 1- bosqich. Nimaniki o‘ylagan bo‘lsangiz,shuni qog‘ozga yozing. Fikringizni sifati to‘g‘risida o‘ylab o‘tirmay, ularni shunchaki yozib boring. 2-bosqich. Yozuvingizning orfografiyasi yoki boshqa jihatlariga e’tibor bermang. 3-bosqich. Belgilangan vaqt nihoyasiga yetmaguncha, yozishdan to‘xtamang. Agar ma’lum muddat biror-bir g‘oyani o‘ylay ol
Доказательный фрагмент
«Maqolada zamonaviy ta’limda pedagogik texnologiyaning o’rni, talabalarning tahliliy va ijodiy fikrlashini rivojlantirishda interaktiv usullarning ahamiyati ko’rsatib o’tilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюMaqolada zamonaviy ta’limda pedagogik texnologiyaning o’rni, talabalarning tahliliy va ijodiy fikrlashini rivojlantirishda interaktiv usullarning ahamiyati ko’rsatib o’tilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Nima uchun, texnologiya, Grafikli organayzer, Chuyan, mavzu, materiallar, Po’lat, Klaster, mashg’ulotlar, yangilik, rangli metal
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024