К содержанию
РецензированоUZ2023

Elektron tijoratda iste’molchilar huquqlarini sud orqali himoya qilish.

Ixtiyor Adurazzakov

Журнал универсальных научных исследований · 2023

Аннотация

ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasida elektron tijorat sohasida iste’molchi huquqlarini himoya qilishni yanada takomillashtirish, shuningdek, elektron tijoratni amalga oshirishda iste’molchilarning sudga murojaat qilish masalalari tahlil qilingan. Kalit so‘zlar: javobgarlik choralari, fuqarolik muomalasining noprofessional ishtirokchilari, fuqarolik-huquqiy vositalar, ommaviy-huquqiy instrumentlar, elektron xabar, ma’naviy zarar. XX asr o‘rtalaridan boshlab dunyo hamjamiyatidan axborot komunikatsiyalari texnologiyalarini uzluksiz rivojlanib borishi va internet tarmog‘ining ommalashuv jaroyaonio amalga oshirilgan bo‘lsa, XXI asrning dastlabki yillaridan ijtimoiy-iqtisodiy hayotda elektron hukumat, elektron davlat, elektron biznes yuritish degan jumlalar jadallik bilan kirib keldi. Milliy qonunchiligimizda fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilishning turli yuridik mexanizmlari ishlab chiqilgan bo‘lib, ushbu mexanizmlarning samarali va oqilona ishlashida davlat organlari va mansabdor shaxslar bevosita mas’ul hisoblanadi. Ayniqsa, fuqarolarning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish ustuvor ahamiyat kasb etadi. Bunda birinchi navbatda, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilishda hamda buzilgan huquqlarini tiklashda sud hokimiyati alohida o‘rin tutadi. Ma’lumki, kundalik hayotimizda zarur bo‘lgan mahsulotlarni elektron tijorat yordamida buyurtma berish va qabul qilib olish bir muncha qulayliklar yaratadi. Shunday mahsulot va xizmatlar borki, ularni yetkazib berishda ayrim talablarni o‘rnatish iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish bilan asoslanadi. Bunda iste’molchilarni huquqlarini himoya qilishiga qaratilgan qonun hujjatlari orqali ularning huquq va manfaatlari himoya qilinadi. Iste’molchilar huquqini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilikning maqsadli yo‘naltirilganligi kontragent bilan noteng holatda bo‘lgan iste’molchi-fuqaroning huquqlari va manfaatlariga rioya etishning qo‘shimcha huquqiy kafolatlarini iqtisodiy 45 ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2023 SJIF 2024 = 5.073/Volume-2, Issue-11 sharoit, ta’lim darajasi, harid qilish layoqatidan kelib chiqib yaratishdan iborat hisoblanadi. O‘zining mazmuniga ko‘ra, fuqarolik huquqi tenglik va adolatlilik negizini nafaqat huquqiy munosabatda huquq va majburiyatlarning shakllanishida, balki javobgarlik choralarini belgilash va huquq buzilishi sodir etilganida himoyani o‘rnatishni ham ta’minlaydi. Bu vaziyatdagi muhim jihatlardan biri iste’molchi-fuqaro, iqtisodiy jihatdan zaif va himoyalanmagan fuqarolik muomalasining noprofessional ishtirokchilari uchun ochiq va teng himoyani ta’minlash hisoblanadi. Huquqiy munosabatning nisbatan zaif tomoni huquqlarini himoya qilish maqsadiga fuqarolik- huquqiy tartibga solishning xususiyati (ommaviy huquq normalariga xos bo‘lgan hokimiyat va bo‘ysunish mavjud emasligi)dan kelib chiqib, o‘ziga xos ommaviy negizlarni kiritish vositasida erishiladi. Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish mexanizmi nafaqat fuqarolik-huquqiy vositalarni, balki ommaviy-huquqiy instrumentlarni o‘zida ifodalaydiki, bular orasidan fuqarolik huquqlarini sud va ma’muriy tartibda himoya qilish alohida o‘rin tutadi. Fuqarolarning elektron tijorat tovarlarini olishi orqali ham mulk huquqi vujudga keladi. Bundan tashqari shunday munosabatlar borki, tovarlar, ishlar hamda xizmatlarni fuqarolar tomonidan tadbirkorlik maqsadini ko‘zlamagan holda elektron tijorat orqali realizatsiya qiladi hamda iste’molchi sifatida huquqiy maqomga ega bo‘ladi. Biroq, shunday holatlar yuzaga keladiki, fuqarolarning elektron tijoratni amalga oshirish iste’molchi sifatida huquqlari buzilishi mumkin. Bunda iste’molchi vakolatli davlat organlari yoki bevosita sudga shikoyat qilish huquqiga ega. Iste’molchilarning huquqlari qonun bilan himoyalangan bo‘lib, iste’molchiga yetkazilgan moddiy va ma’naviy zararni qoplash miqdori jabrlanuvchiga yetkazilgan jismoniy va ma’naviy zararlarning xususiyatiga, shuningdek, tovon to‘lashga asos bo‘lgan hollarda zarar yetkazuvchining aybi darajasiga qarab sud tomonidan aniqlanadi. Eng avvalo, shuni ta’kidlash joizki, Fuqarolik kodeksining 1-moddasiga asosan, fuqarolik qonunchiligi ular tomonidan tartibga solinadigan munosabatlar ishtirokchilarining tengligini e’tirof etishga, mulkning daxlsizligiga, shartnomaning erkinligiga, xususiy ishlarga biron-bir kishining o‘zboshimchalik bilan aralashishiga yo‘l qo‘yilmasligiga, fuqarolik huquqlari to‘sqinliksiz amalga oshirilishini, buzilgan huquqlar tiklanishini, ularning sud orqali himoya qilinishini ta’minlash zarurligiga asoslanadi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksining 3-moddasida ham qayd qilinganidek, har qanday manfaatdor shaxs 46 ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2023 SJIF 2024 = 5.073/Volume-2, Issue-11 buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqi yoxud qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatini himoya qilish uchun fuqarolik sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi qonun hujj

Доказательный фрагмент

«ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasida elektron tijorat sohasida iste’molchi huquqlarini himoya qilishni yanada takomillashtirish, shuningdek, elektron tijoratni amalga oshirishda iste’molchilarning sudga murojaat…»

Образец извлечения

Демо-превью

ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasida elektron tijorat sohasida iste’molchi huquqlarini himoya qilishni yanada takomillashtirish, shuningdek, elektron tijoratni amalga oshirishda iste’molchilarning sudga murojaat… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
fuqarolik muomalasining noprofessional ishtirokchilari, fuqarolik-huquqiy vositalar, javobgarlik choralari, elektron xabar, ommaviy-huquqiy instrumentlar, ma’naviy zarar.
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники