Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
JIGAR NOYOB A'ZO
JIGAR NOYOB A'ZO · ПЕЧЕНЬ УНИКАЛЬНЫЙ ОРГАН
Журнал универсальных научных исследований · 2023
Аннотация
In this article, we will get acquainted with the structure of the liver, its function, the most common liver diseases and their treatment, products that improve liver function, as well as the writings of our great grandfather Abu Ali Ibn Sina on the liver and 10 amazing facts about the liver. This article provides information about the role and importance of the liver in human life. 306 ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2023 SJIF 2024 = 5.073/Volume-2, Issue-9 Key words: liver, Abu Ali ibn Sina, laboratory, liver, organism, gallbladder, bile. Inson organizmida shunday bir laboratoriya borki,bu dargoxda har soniyada minglab turli-tuman yònalishdagi reaksiyalar kechadi, qon bilan tanning barcha nuqtalaridan tashib keltirilgan yaroqsiz va zaxarli moddalar har daqiqada parchalanib, zarasizlantirilib,òrniga yangidan sintez qilingan ehtiyot qismlar betòxtov a'zo va tòqimalarga yuborib turiladi.Bu laboratoriya vujud atalmish mamlakatning barcha nuqtalari bilan uzviy aloqada bòlgan, taraqqiyot mobaynida har qanday qadam uning ishtrokisiz qòyilmaydigan, uning ishidagi òzgarishlar esa tez muddatda organizmni intihoga yuz tutishiga olib keladigan "Noyob a'zo" jigardir. Jigarning kattagina qismi òng, kichik qismi esa chap qovurĝa ostida joylashgan.Jigar qizĝish, kulrang tusda bòlib, uning uzunligi 20-22 sm, eni esa 10-12 sm atrofida bòladi. U yuragimizga nihoyatda yaqin, jigarning chap burchagi yurak chòqqisidan faqat yupqagina qorin - kòkrak tòsiĝi diafragma bilan chegaralangan. Shuning uchun yuragimizga yaqin insonlarni jigarim deb ataymiz. Jigar tanadagi eng katta bez boʻlib, ogʻirligi, boʻyicha miyadan keyingi oʻrinda turadi. Oʻz vazifasini bajarish uchun jigar shunday katta boʻlishi ham kerak. Jigarda ozuqa bilan " qayta ishlash" deb atash mumkin boʻlgan narsa sodir boʻladi. Bundan tashqari jigar organizmga yutilgan ovqatni zaharlardan tozalaydi. Inson organizmiga nikotin va kofein tushganda, jigar bu " zaharni" zararsiz birkmalarga aylantiradi. Shuningdek, jigar hujayralari tanaga tushishi mumkin boʻlgan batsillalarni yoʻq qiladi. Jigar hujayralari safro deb ataladigan ovqat hazm qilish suyuqligini ishlab chiqaradi. Safroning vazifalaridan biri yogʻlarni eritishdir. Bunda u hazm qilingan ovqat tarkibidagi yogʻning katta zarralarini juda kichik zarrachalarga boʻlib, tanaga yogʻlarni oʻzlashtirish imkonini beradi. 307 ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2023 SJIF 2024 = 5.073/Volume-2, Issue-9 1 – rasm. Jigar usting hamma tomondan qònĝirrang, pishiq parda òrab turadi, uni birinchi bòlib topgan olim sharafiga Glisson pardasi deb atalgan. Tibbiyotda "Regeniratsiya" degan yunoncha atama mavjud bòlib u òzbek tilida "qayta tiklash" degan ma'noni beradi.Jigar ham shunday hususiyatga ega. U òzining yòqolgan 70 % qismini tiklay oladigan yagona a'zo hisoblanadi.Jigar vazning 70% ga yaqini kashfiyotchi sharafiga Kupfer gepatositlari deb ataluvchi hujayralardan tashkil topgan. Jigarga inson vujudining 3 ta eng katta vena qon tomirlaridan bittasi darvoza venasi va qorin shoxtomirining eng ulkan tarmoqlaridan bittasi - jigar arteriyasi oqib kiradi, hamda katta jigar venasi,òt chiqarish yòli va limfa tomirlari oqib chiqadi. E'tibor qiling,kirayotganlarning ham chiqayotganlarning orasida ham ,vena qon tomiri mavjud. Inson tanasida boshqa birorta shunday hususiyatli a'zo yòq.Bu hol tadqiqotchi olimlarni hayratga solib kelgan va uni "Ilohiy turlar" deb atashgan. Òt pufagi jigar òng bòlagining pastki yuzasida, òt pufagi chuqurchasida joylashgan.Òt pufagining tubi -uning eng kengaygan joyi bòlsa ,uning bòyinchasi eng toraygan joyidir. U asta-sekin ingichkalasha boring òt qopining oqimiga aylanib ketadi.Bu naysimon oqimning uzunligi 3-3.5 sm ,kòndalang kesimi esa 3-4 mm 308 ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2023 SJIF 2024 = 5.073/Volume-2, Issue-9 bòladi.Òt pufagi jigarda ishlanib chiqqan òt suyuqligining ortiqchasini òzida saqlaydi, lekin uning òzi òt suyuqligi ishlab chiqarmaydi. 2 – rasm. Jigarning uglavodlar almashinuvidagi eng muhim òrni qonda qand miqdorini barqarorlashtirib turishdan iborat. Bu vazifa jigarning òziga 200 g atrofida hayvon kraxmali - glikogenni tutib turishi orqali amalga oshiriladi.Ovqat bilan organizmga kirgan hayvon yoki òsimlik yoĝlari ham jigarda qayta parchalanib, nazoratdan òtkazilgach, ulardan tanamizga hos bòlgan xususiy yoĝlar sintez bòladi. Me'da ichak yòlimizda aminokislotalarga parchalangan hayvon va òsimlik oqsillari darvoza venasi orqali darxol jigarga yetkaziladi. Ulardan organizmning hususiy oqsillari, qon zardobidagi albumin va globulinlar, qon ivishiga mas'ul bòlgan protrombin, fibrinogen, prokonvertin kabi oqsillar sintezlanadi.Jigarda turli - tuman zaharlar zararsizlantiriladi. Qizil qon tanachalari 120 kun yashaydi.Faoliyati tygab bòlgan eritrositlar taloqda parchalanib, ularning tarkibidagi temir atomi bilan birga nihoyatda zaharli bòlgan bilirubin hosil bòladi. U jigarda glyukuron kislotaga biriktirilib, òt suyuqligi bilan ichakka chi
Доказательный фрагмент
«In this article, we will get acquainted with the structure of the liver, its function, the most common liver diseases and their treatment, products that improve liver function, as well as the writings of our great gra…»
Образец извлечения
Демо-превьюIn this article, we will get acquainted with the structure of the liver, its function, the most common liver diseases and their treatment, products that improve liver function, as well as the writings of our great gra… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- liver, Abu Ali ibn Sina, laboratory, liver, organism, gallbladder, bile, Abu Ali ibn Sino, labaratoriya, hepar, organizm, safro., jigar, o’t pufagi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014