Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TIL VA MADANIYAT: SEMASOLOGIYA VA KULTUROLOGIYA
Abdunazarova Nazira Dilshod qizi
Журнал универсальных научных исследований · 2023
Аннотация
Ushbu maqolada til va madaniyat o`rtasidagi o`zaro aloqalar semasologiya va kulturologiya nuqtai nazaridan tahlil qilinadi, so`zlarni semantik ma`nolari va ularning madaniy hodisalar bilan bog`liqligi ko`rib chiqiladi. Frazeologizmlar, so`z ma`nolarining o`zgarishi va ularning milliy madaniyatga ta`siri xususida keng tahliliy mulohazalar keltirilgan. Maqola tilning madaniyatini yaratish va uni saqlashdagi muhim rolini ochib beradi, shuningdek, semasologiya va kulturologiyaning o`zaro bog`liqligini yoritib beradi. ANNOTATION This article analyzes the interrelations between language and culture from the perspective of semasiology and culturology. It examines the semantic meanings of words and their connection to cultural phenomena. The article provides a detailed discussion on the changes in the meanings of phraseologisms and their impact on national culture. The article also highlights the significant role of language in creating and preserving culture. Additionally, it explains the interdependence between semasiology and culturology. Keywords: Language, culture, semasiology, culturology, semantic analysis, phraseologism, national traditions, linguistics, Uzbek language. Kalit so`zlar: Til, madaniyat, semasologiya, kulturologiya, semantic tahlil, frazeologizm, milliy qadriyatlar, tilshunoslik, o`zbek tili. Til inson tafakkuri va madaniyatining muhim ko`zgusi hisoblanadi. Har bir millatning madaniyati, an`ana va qadriyatlari til orqali ifodalanadi va saqlanib keladi. Semasologiya- bu so`zlarning ma`nolarini, ularning tildagi o`zgarishlarini o`rganadigan ilmiy yo`nalish bo`lib, u madaniyat bilan uzviy bog`liqdir. Kulturologiya esa madaniyatni, uning shakllanishini va rivojlanishini o`rganadi. Ushbu maqolada 216 ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2023 SJIF 2024 = 5.073/Volume-2, Issue-10 semasologiya kulturologiya munosabatlari, til va madaniyat o`rtasidagi o`zaro aloqalar kengroq yoritib beriladi. TIL VA MADANIYATNING O`ZARO ALOQALARI Til va madaniyat o`rtasidagi bog`liqlik haqidagi dastlabki ilmiy qarashlar V.Fon Humboldt, E.Sapir va B.L.Whorf kabi g`arbiy tilshunoslar tomonidan ilgari surilgan bo`lsa-da, o`zbek tilshunosligida ham bu masalaga kata e`tibor qaratilgan. O`zbek tilshunoslari tilning madaniyat bilan bog`liqligi, so`zlarning semantic ma`nolari va ularning madaniy komponentlarini chuqur tahlil qilib o`rganganlar. O`zbek tilshunosi N.M.Madvaliyev til va madaniyatning bir-biri bialan uzviy bog`liqligni ta`kidlab, til orqali milliy madaniyat va qadriyatlar saqlanib qolishini qayd etadi. Uning fikricha, “ til millatning madaniy merosini saqlab turuvchi eng asosiy vositalardan biridir, chunki u orqali milliy qadriyatlar va urf-odatlar avloddan-avlodaga yetkaziladi” [1]. Til madaniyatni saqlash va yetkazishda vosita sifatida xizmat qiladi, bunda har bir so`z millatning madaniy hodisasi sifatida ko`riladi. SEMASOLOGIYANING KULTUROLOGIYA BILAN BOG`LIQLIGI Semasologiya so`z ma`nolarining o`zgarishini o`rganar ekan, ularning madaniy komponentlari ham tahlil qilinadi. Masalan, so`larning ma`nolari milliy madaniyat va ijtimoiy hayotning turli jihatlariga bog`liq ravishda o`zgarib boradi. O`zbek tilida madaniy hayot bilan bog`liq ko`plab so`z va iboralar mavjud bo`lib, ular orqali millatning turmush tarsi, qadriyatlari va an`anviy urf-odatlari aks etadi. A.Nurmonov o`zining “Tilshunoslik nazariyasi va amaliyoti” asarida so`zlarning semantic tahlilida ularning madaniy komponentlarini hisobga olish zarurligini ta`kidlaydi. U o`zbek tilidagi ba`zi so`zlarning faqatgina madaniy kontekstda to`g`ri tushunilishini aytadi va buni “milliy ma`no’ tushunchasi bilan izohlaydi. Nurmonovning fikriga ko`ra, “madaniy asosga ega so`zlar o`z semantic jihatlarini jamiyatdagi an`analar va urf-odatlar bilan bog`liq holda shakllantiradi” [2]. Bunday ma`nolar madaniy hodisalar, ijtimoiy qadriyatlar va milliy urf-odatlarga bevosita bog`liq bo`ladi. MADANIY FRAZEOLOGIZMLAR VA SEMASOLOGIK TAHLIL Frazeologizmlar tild madaniyatni ifodalashning eng yorqin shakllaridan biridir. Ular milliy madaniyatni aks ettiruvchi muhim til birliklari hisoblanadi. B.Teshaboyev o`zining “O`zbek tilining frazeologizmlaridagi milliy ma`daniy qadriyatlar” asarida o`zbek tilidagi frazeologizmlarni tahlil qilib, ularning madaniyat bilan bog`liqligini 217 ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2023 SJIF 2024 = 5.073/Volume-2, Issue-10 ko`rsatadi. Teshaboyevning ta`kidlashicha “frazeologizmlar milliy qadriyatlar turmush tarsi haqidagi tushunchalarni avloddan avlodga yetkazuvchi vositalardan biridir” [3]. Frazeologik birliklar ma`nosi ko`pincha milliy qadriyatlar, dinniy tushunchalar yoki urf-odatlarga asoslanadi. Masalan, “etti uyiga kirib, bitta uyidan chiqmagan” iborasi o`zbek xalqining mehmondo`stligini ifodalaydi, bu frazeologizm milliy madaniyat bilan bog`liq bo``lgan semantic ma`no yuklaydi. Bundan tashqari, “sho`r bosmoq” frazeologizmi oladigan bo`lsak, biron-bir ishda muvaffaqiyatsizlikka uchrashni anglatib keladi. Bu kabi
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada til va madaniyat o`rtasidagi o`zaro aloqalar semasologiya va kulturologiya nuqtai nazaridan tahlil qilinadi, so`zlarni semantik ma`nolari va ularning madaniy hodisalar bilan bog`liqligi ko`rib chiqiladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada til va madaniyat o`rtasidagi o`zaro aloqalar semasologiya va kulturologiya nuqtai nazaridan tahlil qilinadi, so`zlarni semantik ma`nolari va ularning madaniy hodisalar bilan bog`liqligi ko`rib chiqiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Language, culture, semasiology, culturology, semantic analysis, kulturologiya, o`zbek tili., tilshunoslik, semantic tahlil, frazeologizm, Til, semasologiya, madaniyat, milliy qadriyatlar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025