Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TAYANCH KOMPETENSIYALAR VA MALAKALAR USTUVORLIGI
Qo‘chqarova Shakarjon Azimboy qizi
Журнал универсальных научных исследований · 2023
Аннотация
Bugungi kunda ta'lim tizimi oldida turgan asosiy vazifalardan biri o'quvchilarning zamonaviy dunyoda muvaffaqiyat qozonishlari uchun zarur bo'lgan tayanch kompetensiyalarni rivojlantirishdir. Ta'lim jarayonida nafaqat an'anaviy bilimlarni berish, balki o'quvchilarni ijtimoiy, iqtisodiy, texnologik va madaniy o'zgarishlarga moslasha oladigan shaxs sifatida shakllantirish muhim hisoblanadi. Tayanch kompetensiyalar va malakalar bu borada markaziy o'rinni egallaydi. Mazkur maqolada tayanch kompetensiyalarning ustuvorligi, ularning ta'lim jarayonidagi o'rni va ahamiyati tahlil qilinadi. Kalit so‘zlar: Tayanch kompetensiya, malaka, kompetentlik, kommunikativ. KIRISH . "Tayanch kompetensiya" va "malakalar ustuvorligi" atamalari, asosan ta'lim va ish faoliyati kontekstida qo'llaniladi. Ularning har biri muayyan vazifalarni bajarish yoki maqsadlarga erishish uchun zarur bo'lgan bilim, ko'nikma va qobiliyatlarni ifodalaydi. Tayanch Kompetensiya Tayanch kompetensiya — bu shaxsning muayyan vazifalarni bajarish uchun zarur bo'lgan umumiy qobiliyatlari va ko'nikmalarini anglatadi. Kasbni, ishni yaxshi oʻzlashtirish natijasida orttirilgan taj-riba, koʻnikmalar; mahorat malaka atamasi bilan ataladi Bu ikki tushuncha yonma yon qo‘llanish sababi shundaki, shaxs muayyan kompetentlikka ega bo‘lgandan keyin unda malaka shakllanib boshlaydi. Ya’ni malaka egasi avvalo, kompetentlikka ega bo‘lishi kerak. Tayanch kompetensiyalar o‘quvchilarning turli hayotiy vaziyatlarda muvaffaqiyatli faoliyat yuritishlari uchun zarur bo‘lgan asosiy ko‘nikma va qobiliyatlar yig‘indisidir. Bu kompetensiyalar o‘quvchiga nafaqat o‘qituvchining taqdim etgan bilimini o‘zlashtirish, balki uni amalda qo‘llay olish imkonini beradi. Uzluksiz ta’limni modernizasiyalash orqali oʻquv-tarbiya jarayoni sifati va samaradorligini oshirishga qaratilgan Farmon va qarorlar ana shu dolzarb masalalarga jiddiy yondashishga koʻmak beradi. Ushbu dolzarb masalalarni yechishda soha rahbarlari, metodistlar oldida qator vazifalar turibdi. Bular: Oʻquvtarbiya jarayoniga 163 ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2023 SJIF 2024 = 5.073/Volume-2,Issue-10 oʻqitishning zamonaviy ilgʻor shakllarini, yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini, ma’naviy-ma’rifiy tarbiyalashning samarali shakllari va usullarini joriy etish; oʻqitishning mazmuni, ta’lim-tarbiya jarayoni, dars mashgʻulotlarining sifatli tashkil etilishini ta’minlashda oʻqituvchining kasb mahoratini oshirish; dars jarayonida ilgʻor pedagogik va axborot-kommunikasiya texnologiyalari asosida yaratilgan metodik qoʻllanmalar, ularning multimedia ilovalaridan samarali foydalanish hamda har bir oʻquvchi tomonidan oʻzlashtirilishini nazorat qilib borishga oid ilgʻor tajribalarni oʻrganish hamda targʻib etish; oʻqituvchilarning kasbiy kompetentligini, bolalar psixologiyasi, hozirgi zamon ta’lim pedagogikasi va bu sohadagi ilgʻor tajribalar, shaxsga yoʻnaltirilgan ta’lim konsepsiyasi va kompetensiyaviy yondashuv asoslarini egallashlariga erishish; yangi avlod darsliklarining mazmuni kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan davlat ta’lim standarti va oʻquv dasturiga mos boʻlishini ta’minlash; darsliklar oʻquv jarayonining axborotli modelga aylanishiga, oʻquv materiallarining oʻquvchilarni muloqotga undashiga erishish ishlarini takomillashtirishdir. ADABIYOTLAR TAHLILI VA TADQIQOT METODIKASI Kompetensiyalar ta’rifiga bir qancha yondashuvlar mavjud: - Amerikancha yondashuvda kompetensiyalar xodimlarning xulq-atvori namunasi sifatida ko‘rib chiqiladi. Agar xodim zarur ko‘nikma va bilimlarga ega bo‘lsa, yaxshi natijalarni namoyish etadi. - Yevropacha yondashuvda kompetensiyalar ish vazifalari va kutilgan ish natijalarining tavsifi, ya’ni qabul qilingan standartlarga muvofiq harakat qilish qobiliyati sifatida ko‘riladi[3]. Ya’ni o‘quvchi kompetentlikligi bu har bir faoliyat jarayonini togri bajarishi to‘g’ri bajarish uchun pedagog kompetentlik va kompetensiya tushunchasini bilishi, har tomonlama rivojlanib, kasbiy o‘sishi uchun qaysi yo‘nalishda harakatlanishini bilishi kerak ya’ni o‘z-o‘zini rivojlantira olishi kerak. J.Delor o‘z tadqiqotlarida tayanch kompetensiyalarni to‘rt ustunga jamlagan edi. Ular: bilishni o‘rganish, bajara olishni o‘rganish, birgalikda yashashga o‘rganish, yashashga o‘rganish [1]. V.F.Burmakinaning ta’biricha, axborot kompetensiyasi aniq o‘quv predmetiga oid bilimlarni o‘rganish jarayonida o‘quvchilarning axborotlar hamda atrof-muhitga bo‘lgan munosabati va faoliyat ko‘nikmalarini ifodalovchi hodisa. Uning doirasiga, birinchi navbatda, axborot vositalarini o‘zlashtirish va axborot kommunikatsiya 164 ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2023 SJIF 2024 = 5.073/Volume-2,Issue-10 texnologiyalari kiradi. Shu bilan bir qatorda ularning tarkibiga quyidagi ko‘nikmalar ham kiradi. Ular: zarur axborotlarni tahlil qilish va sharhlash, ularni qayta shaklantirish, saqlash va uzatish kabilar [2]. V.V.Bashevning ta’kidlashicha, kompetensiya sharoitdan kelib chiqqan holda layoqatlarni ko‘chirishd
Доказательный фрагмент
«Bugungi kunda ta'lim tizimi oldida turgan asosiy vazifalardan biri o'quvchilarning zamonaviy dunyoda muvaffaqiyat qozonishlari uchun zarur bo'lgan tayanch kompetensiyalarni rivojlantirishdir.»
Образец извлечения
Демо-превьюBugungi kunda ta'lim tizimi oldida turgan asosiy vazifalardan biri o'quvchilarning zamonaviy dunyoda muvaffaqiyat qozonishlari uchun zarur bo'lgan tayanch kompetensiyalarni rivojlantirishdir. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Tayanch kompetensiya, malaka, kompetentlik, kommunikativ
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026