Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
SURXONDARYO VILOYATINING GEOGRAFIK JOYLASHUVI VA EKOLOGIK HOLATI.
EKOLOGIK HOLATI. · Xaitov Farxod Nasriddin o‘g‘li
Журнал универсальных научных исследований · 3 · 2023
Аннотация
Maqolada O‘zbekistonning janubida joylashgan Surxondaryo viloyatining geografik joylashuvi va o‘ziga hos ekologik xususiyatlari, aholi salomatligini mustahkamlash va kasalliklarning oldini olishda sanitariya-gigiyena talablariga rioya qilish qoidalari, Surxondaryoda atrof-muhit monitoringini o'tkazish, uning ekologik holatini baholash va atrof-muhit omillari va aholi salomatligini saqlash borasida olib borilayotganligi tahlil e‘tib o‘tilgan. Аннотaция: В статье рассмотрены географическое положение Сурхандарьинской области, расположенной на юге Узбекистана, и ее уникальные экологические особенности, соблюдение санитарно-гигиенических требований в укреплении здоровья населения и профилактике заболеваний, проведение экологического мониторинга в Сурхандарьинской области, оценка ее состояния. учитывались экологическое состояние и факторы окружающей среды, а также последствия для здоровья населения. Kalit so‘zlar: neft va gaz, ko‘mir, polimetall, alumin rudasi, giрs, tuz, kasalliklar, ifloslangan suv, metallurgiya, sanitariya-epidemiologiya. Аннотaция: Ключевые слова: нефти и газа, полиметалл, алюминиевая руда, гипс, соль, болезни, загрязненная вода, металлургия, санитарно-эпидемиология. Surxondaryo viloyati O‘zbekistonning eng janubida joylashgan. U o‘z ichiga Surxon-Sherobod vohasi va uning atrofini o‘rab turgan tog‘larni oladi. Viloyat sharqdan va shimoli sharqdan Bobotog‘ va Hisor tog‘lari orqali Tojikiston bilan, shimoli g‘arbda Qashqadaryo bilan chegaralanadi, chegara Chaqchar va Boysun tog‘lari orqali o‘tadi. G‘arbda Turkmaniston bilan bo‘lgan chegara Ko‘hitang tog‘ining suvayirg‘ich qismidan o‘tadi. Janubda chegara Afg‘oniston bilan Amudaryo orqali o‘tgan davlat chegarasiga to‘g‘ri keladi. 61 ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2023 SJIF 2024 = 5.073/Volume-2,Issue-10 Viloyatda qazilma boyliklardan neft va gaz, ko‘mir, polimetall, alumin rudasi, giрs, tuz, har xil qurilish material konlari mavjud. Neft va gaz, asosan, Lalmikor, Ko‘kaydi, Xovdog‘dan, toshko‘mir Sharg‘undan qazib olinadi. Sariosiyoda polimetall rudasi, aluminiy rudasi, giрs, ohak konlari bor. O‘zbekistondagi eng katta Xo‘jaikon tuz koni shu viloyatda joylashgan. Surxondaryo janubida tarkibida har xil erigan moddalar saqlovchi bir necha mineral suvlar topilgan. Ularning eng muhimi Jayronxona mineral suvi hisoblanadi. Surxondaryo vohasining iqlimi quruq subtropik. Lekin atrofidagi tog‘larga ko‘tarilgan sari iqlim o‘zgaradi. Viloyatning tekislik qismida yoz serquyosh, issiq va quruq, tog‘ga tomon harorat pasayib boradi. Qish qisqa va iliq, lekin atrofidagi tog‘larda sovuqroq bo‘ladi. Yozda viloyatning tekislik qismi juda isib ketadi. Yozda havo harorati Termizda +50°C ga (1914- yil) ko‘tarilganligi kuzatilgan. Qish viloyatning tekislik qismida iliq bo‘lib, yanvarning o‘rtacha harorati Sherobod va Termizda +2,8°C ga teng. Lekin atrofidagi tog‘larning 2500-3000 m balandliklarida yanvarning o‘rtacha harorati –6°C dir. Surxondaryo tabiiy geografik jihatdan uzunligi 20 km dan ortiq bo‘lgan 35 ta daryo mavjud. Bu daryolar ichida eng kattalari Surxondaryo va Sheroboddaryo hisoblanadi. Yerosti suvlari har xil davr yotqiziqlari orasida uchraydi. Paleogen va neogen davri yotqiziqlari orasidagi 140—150 m chuqurlikdan chuchuk suv chiqadi. Bo‘r davri yotqiziqlari orasidagi 1000 —2000 m chuqurlikdan chiquvchi mineral shifobaxsh suv harorati +60 +70°C ga yetadi. Surxondaryo tabiiy geografik o‘lkasida suv ta’minotini yaxshilash maqsadida Janubiy Surxon (suv sig‘imi 800 mln m.kub), Uchqizil (suv sig‘imi 16 mln m.kub) suv omborlari qurilgan. Surxondaryo tabiiy geografik okrugining okean sathidan 500 m balandlikkacha bo‘lgan joylarida och bo‘z tuproq tarqalgan. Yerosti suvlari yer betiga yaqin bo‘lgan joylarda sho‘rlashgan bo‘z tuproq uchraydi. Surxondaryo va Sherobod daryolarining qayirlarida alluvial-o‘tloq va botqoq tuproqlar uchrasa, janubiy qismidagi qum massivlarida qumli va qumloq tuproqlar uchraydi. Viloyatning 500 m dan 1200 m balandlikkacha bo‘lgan qismida oddiy va to‘q tusli bo‘z tuproqlar tarqalgan. Bunday tuproqlar ko‘p joylarda o‘zlashtirilib, madaniy bo‘z tuproqqa aylantirilgan. 62 ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2023 SJIF 2024 = 5.073/Volume-2,Issue-10 Surxondaryoning 1500-2500 m dan balandda bo‘lgan tog‘ yonbag‘irlarida tog‘- jigarrang tuproqlar tarqalgan bo‘lib, tarkibidagi chirindi 4-6 foizga boradi. 2500 m dan yuqorida yaylov mintaqasi boshlanib, tog‘-o‘tloq, o‘tloq, o‘tloq-botqoq tuproq uchraydi. O’zining har bir jabhasida inson uchun zarur bo’lgan minglab unsurlarni mujassam etgan. Ana shunday go’zal tabiatimiz bugungi kunga kelib fan va texnika, texnalogiyalar taraqqiy etayotgan zamonda qay ahvolda ekanligi aniqlash, ekalogik muammolarning oldini olish, degan savollar bugungi kunning dolzarb mavzusiga aylanmoqda. Ming afsuski inson tabiatga misli ko’rilmagan miqdorda tasir ko’rsatadi. Inson aql-zakovati orqali, mehnat faoliyati tufayli ta’sir qilishini hech bir narsa bilan taqqoslab bo’lmaydi. Aniqroq
Доказательный фрагмент
«Maqolada O‘zbekistonning janubida joylashgan Surxondaryo viloyatining geografik joylashuvi va o‘ziga hos ekologik xususiyatlari, aholi salomatligini mustahkamlash va kasalliklarning oldini olishda sanitariya-gigiyena…»
Образец извлечения
Демо-превьюMaqolada O‘zbekistonning janubida joylashgan Surxondaryo viloyatining geografik joylashuvi va o‘ziga hos ekologik xususiyatlari, aholi salomatligini mustahkamlash va kasalliklarning oldini olishda sanitariya-gigiyena… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- sanitariya-epidemiologiya, alumin rudasi, neft va gaz, tuz, ko‘mir, metallurgiya, ifloslangan suv, kasalliklar, giрs, polimetall
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014