Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
HARBIY TA’LIM JARAYONIDA HARBIY XIZMATCHILARDA KOMPETENTLIK SIFATLARINI SHAKLLANTIRISHNING AHAMIYATI
Yadgarov Jamshid Narzievich · O‘R QK Kichik mutaxassislar tayyorlash
Журнал универсальных научных исследований · 2023
Аннотация
Ushbu maqola etuk va kompetentli harbiy xizmatchi shaxsini shakllantirishga yo‘naltirilgan bo‘lib, harbiy xizmatchilarning jismoniy, ruhiy va kasbiy jihatdan tayyorgarliklari yukori darajada bo‘lishini ta’minlashga qaratilgan. Kalit so‘zlar: Kompetentlik, kreativ, innovatsion, kommunikativ, professional, axloqiy barkamol, mehribon, talabchan, ma’naviy pok, qanoatli, rostgo‘y, sadoqatli, pokiza, ziyrak, andishali, vazmin, sabr-bardoshli. Annotation: The article focuses on the formation of a mature and competent serviceman who provides a high level of physical, mental and professional training of servicemen. Key words: Competence, creative, innovative, communicative, professional, morally competent, king, demanding, spiritually pure, contented, honest, intelligent, thoughtful, calm, patient. Annotatsiya: В данном стате основное внимание уделяется формированию зрелого и компететного военнослужащего, обспечивающего высокой уровен физической, умственной и профессионалной подготовки военнослужащих. Ключевые слова: Компетентност, творческий, новаторский, коммуникативный, профессионалный, морално громадный, добрый, требователный, духовно чистый, доволный, честный, лоялный, чистый, умный, вдумчивый, спокойный, терпеливый. 32 ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2023 SJIF 2024 = 5.073/Volume-2,Issue-10 Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh.M.Mirziyoev aytganidek: “Hech qachon unutmaylik, go‘zal va betakror O‘zbekiston barchamizniki ekan, uning taqdiri va kelajagi uchun barchamiz mas’ulmiz”. Bu borada shaxsning muayyan ta’lim yunalishi yoki mutaxassisligi bo‘yicha olgan bilim, malaka va ko‘nikmalari hamda shakllangan shaxsiy xislatlarini mehnat faoliyatida muvaffaqiyatli qo‘llay olishi uning kompetentligini namoyon etadi. Kasbiy kompetentlik kasbiy bilimlar, ko‘nikmalar yig‘indisi, shuningdek, kasbiy faoliyatni amalga oshirish usullari bo‘lib, ular -ijtimoiy, maxsus, psixologik, metodik, informatsion kreativ, innovatsion, kommunikativ, shaxsiy, texnologik va autokompetentlik yo‘nalishida o‘ziga xos ta’sir kuchiga egadir. Kompetentlik harbiy xizmatchilarning shaxsiy va ijtimoiy ahamiyatga ega kasbiy faoliyatlarini amalga oshirish uchun zarur bulgan bilim, ko‘nikma va malakalarning egallanishi hamda ularni kasbiy faoliyatda qo‘llay olishi bilan ifodalanadi. Pedagogik faoliyat jarayonida, ta’lim oluvchilar tegishli bilim, ko‘nikma va malakalarga ega bo‘ladilar. Shu bilan bir vaqtda ularning tafakkuri rivojlanadi, irodasi va xarakteri chiniqadi, jangovar vaziyatlarda harakat qilish uchun ruhiy tayyorgarligi shakllanadi. Bu esa o‘z navbatida keng tajribalardan unumli foydalanish va ilg‘or texnologiyalarni qo‘llash, zamon talablari asosida, harbiyxizmatchilarning o‘z professional, nazariy va amaliy bilimlarini uzluksiz oshirib borishi, kasbiy kompetentligini shakllantirish qoidalarini nazarda tutadi. Kasbiy kompetentlik harbiy xizmatchilarning kasbiy faoliyatini tashkil etish jarayonida hayotiy ko‘nikmalarni egallashlariga ham imkon beradi. Harbiy xizmatchilar kasbiy faoliyati davomida quyidagilarni uddalay olishlari lozim: - nazariy va amaliy bilimlarini uzluksiz oshirib borishi, o‘zining dunyoqarashi, bilim va tajribasini doimiy ravishda kengaytirib, yangi bilimlarni o‘zlashtirishi, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanib, yangi axborotlarni olish, ilg‘or tajribalarni o‘rganishi; - xizmat burchini bajarishga vijdonan yondashib, vatanga sidqidildan xizmat qilish, moddiy va ma’naviy boyliklarni asrab-avaylash, milliy qadriyatlarga hurmat bilan munosobatda bo‘lish; 33 ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2023 SJIF 2024 = 5.073/Volume-2,Issue-10 - yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlar, kasbiy malaka, mantikiy fikrlash qobiliyatiga ega bo‘lish, sezgirlik, ziyraklik, kuzatuvchanlik, bilish bilan bog‘liq intellektual salohiyat va ijtimoiy faollikni rivojlantirish; - keng bilim va yuksak professional mahoratga ega harbiy xizmatchi bo‘lish, o‘zi mustaqil ravishda favqulodda va har qanday keskin sharoitlarda ham nostandart qarorlar qabul qila olishi; - o‘z kasbiy bilimdonligini doimiy tarzda oshirib borib, harbiy san’atni o‘rganishi, mustakil tarzda harbiy qurilish, harbiy taktika va strategiya, harbiy boshqaruv va kasb odobiga oid ilmiy adabiyot va ommaviy nashrlardan foydalanish asosida yuksak dunyoqarashga ega bo‘lishi; - umumharbiy nizomlarga ko‘ra, xizmat munosabatlarida xushmuomalalikka amal qilib, harbiy burch va majburiyatlarni bajarish, jamoat joylarida o‘zini munosib tutishi, shaxsiy xulq-atvorini nazorat qilib borishi; - xorijiy tillarni yaxshi o‘zlashtirish, xorijiy tilda turli janrdagi (teleko‘rsatuv, radio eshittirish, e’lonlar, yangiliklar va h.k.) audio va video matnlarni eshitib, asosiy ma’nosini tushunib muhokama qila olishi, har qanday og‘zaki nutqni tinglab tushunishi; - ruhan tetik va jismonan bardam, xushyor, doimo ogoh bo‘lish, irodasini chiniqtirib borishi, og‘ir damlarda sabr-bardoshli bo‘lish, xizmat va kasb sirlarini saqlash; -
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqola etuk va kompetentli harbiy xizmatchi shaxsini shakllantirishga yo‘naltirilgan bo‘lib, harbiy xizmatchilarning jismoniy, ruhiy va kasbiy jihatdan tayyorgarliklari yukori darajada bo‘lishini ta’minlashga qa…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqola etuk va kompetentli harbiy xizmatchi shaxsini shakllantirishga yo‘naltirilgan bo‘lib, harbiy xizmatchilarning jismoniy, ruhiy va kasbiy jihatdan tayyorgarliklari yukori darajada bo‘lishini ta’minlashga qa… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Competence, creative, innovative, communicative, professional, kommunikativ, axloqiy barkamol, Kompetentlik, innovatsion, kreativ
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
УчебникиМ.Исаова, Р.Хасанов +32014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024