К содержанию
РецензированоEN2023

SURXONDARYO KUTUBXONACHILIGIDA KADRLAR MASALASI

Egamov Nazirbek Nurullayevich

Журнал универсальных научных исследований · 2023

Аннотация

In order to develop any industry and realize the goal, it is necessary to pay attention to the driving factors of that industry. In particular, in order to improve the field of librarianship, it is necessary to pay attention to the potential of its personnel as its main driving force. As a result, it is possible to achieve high quality efficiency. 13 ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2023 SJIF 2024 = 5.073/Volume-2,Issue-10 Key words: personnel issues, staff capacity, training courses, highly educated personnel, reading level, staff shortage, librarian supply. Dunyodagi barcha sohalarning rivoji bevosita uni amalga oshirayotgan kadrlar salohiyatiga bog’liq bo’ladi. Sohaning rivojlanishi, xalqqa naf keltirishi va mamlakat hukumatining sohadan ko’zlagan maqsadiga erishishi uchun kadrlarning yuqori saviyadaligi hal qiluvchi rol o’ynaydi. Bu barcha sohalar uchun birday taalluqli. Shu jumladan, kutubxonachilik sohasi ham bundan mustasno emas. Kadr so’zi fransuzcha “cadre” so’zidan olingan bo’lib, “shaxsiy tarkib” degan ma’noni bildiradi, mohiyatan esa biror bir tashkilotdagi xodimlarning asosiy tarkibi tushuniladi. Biz o’rganayotgan tadqiqotimizda mamlakatimizdagi butun kadrlar muammosini emas, balki faqat kutubxonachilik sohasidagi kadrlar muammosi va ularning yechimiga e’tibor qaratdik. Sohaning rivojiga to’sqinlik qilayotgan asosiy masalalardan biri bo’lmish kadrlar muammosi hal etilishi zarur bo’lgan vazifa bo’lib turibdi. Shuning uchun bu masalaning o’rganilishini vaziyat taqazosi sifatida qabul qilish kerak. Xo’sh, mustaqillikka erishganimizdan so’ng Surxondaryo viloyatining kutubxonachilik sohasida kadrlar masalasi qay ahvolda edi? Bugun bu masala qanday hal etilmoqda, qanday yechimlar bor? Tadqiqotimiz davomida ushbu masalalarga atroflicha yondashishga harakat qildik. Bu borada, asosan, arxiv hujjatlari va mutaxassislar fikr-mulohazalariga asoslanib, uni ilmiy jihatdan tahlil qilishga urinib ko’rdik. Surxondaryo viloyati davlat arxivida saqlanayotgan hujjatlarning guvohlik berishicha, mustaqillikka erishilgan ilk davrlarda joylardagi bir qator shahar va rayon hokimlari hech qanday asossiz ravishda o’zboshimchalik bilan klub muassasalari, bolalar musiqa maktablari va hatto, kutubxonalardagi mavjud ish o’rinlarni qisqartirib yuborganlar. XV chaqiriq xalq deputatlari Angor rayon kengashining 1992-yil 12- iyunda bo’lib o’tgan XI sessiyasi qabul qilgan qarorga binoan, rayondagi kutubxonalardan 14,5 o’rin, rayon madaniyat tarmog’idan 14 o’rin, bolalar musiqa maktabidan 3 o’rin - jami 31.5 o’rin qisqartirib yuborilgan. Xuddi shunday o’zboshimchalik Denov shahar hokimligida ham mavjud. U yerda ham kutubxonalar bo’yicha 10 ta o’rin qisqartirib yuborilgan. Boysun, Termiz rayonlari hokimliklari qishloq kutubxonalari va klublari o’rinlarini to’g’ridan to’g’ri ular o’rnashgan xalq deputatlari qishloq kengashlari ixtiyoriga o’tkazib yuborganlar. 14 ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2023 SJIF 2024 = 5.073/Volume-2,Issue-10 Viloyat madaniyat ishlari boshqarmasi bunday o’rinsiz harakatlarga qarshi chora-tadbirlar ko’rib, asossiz qisqartirilgan o’rinlar yana qaytarib olindi. Joylardagi hokimliklar tomonidan sodir etilayotgan noto’g’ri harakatlar viloyat hokimligiga yozma ravishda yetkazildi va hokimlik viloyat madaniyat ishlari boshqarmasiga amaliy yordam ko’rsatdi. Natijada kutubxonalardagi shtatlar va kadrlar masalasidagi ahvol yanada qiyin vaziyatga tushib qolishining oldi olindi. Surxondaryo viloyati madaniyat boshqarmasining 1992-yildagi kadrlar masalasidagi hisobotlarida shunday deyiladi: “Kutubxonalar ishida ham burilish bo’lmayapti. Hamon rayon, shahar markazlashgan kutubxonalar tizimlari xo’jalik yurtishning yangicha usuliga o’tishning mohiyatiga tushunmay, nimalarnidir kutib, eskicha ishlab kelishyapti. Endigi vazifa bunday xotirjamlikka barham berib, ishni davr talabiga mos ravishda tashkil etishdir. Bizga qorovul kutubxonachi emas, balki tashabbuskor, o’z vazifasiga jonkuyar bo’lgan xodimlar kerak. Ana shunday mas’uliyatli kutubxonachining maoshi har qancha oshirilsa ham birov hech narsa demaydi. Shuning uchun faqat oyma-oy maosh olishni bilib, ish desa chekkada panalab yuradigan xodimlarning bahridan kechish lozim. Kutubxonalar ommaviy tadbirlar o’tkazishga, oilaviy, brigada abonementlarini ko’paytirishga harakat qilishlari, har xil qiziqarli tadbirlar o’tkazish, tashkiliy ishlar bilan shug’ullanish bilan kitobxonlar sonini ko’paytirishga erishishlari shu kunning talabidir. Bularni amalga oshirishda viloyat kutubxonalari katta tashkilotchilik ishlarini olib borishlari, o’zlarining uslubiyat markazi degan nomlarini oqlashlari lozim”. Ushbu hujjatning keyingi betlarida G’afur G’ulom nomidagi viloyat bolalar kutubxonasi haqida so’z yuritilib, u yerda kadrlar imkoni boricha to’g’ri joylashtirishga harakat qilingani, kutubxonada beshta bo’lim faoliyat ko’rsatayotgani va har bir bo’limda o’zbek va rus tiliga mansub bo’lgan kadrlar ish olib borayotgani, bu esa kelgan kitobxonnin

Доказательный фрагмент

«In order to develop any industry and realize the goal, it is necessary to pay attention to the driving factors of that industry.»

Образец извлечения

Демо-превью

In order to develop any industry and realize the goal, it is necessary to pay attention to the driving factors of that industry. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
personnel issues, staff capacity, training courses, highly educated, malaka oshirish, kadrlar masalasi, xodimlarning salohiyati, oliy ma’lumotli kadrlar
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники