Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
CHO‘LPONNING TEATRGA OID ILMIY-NAZARIY QARASHLARI
Tashpulatov Muxriddin Raxmatulla o‘g‘li
Современная наука и исследования · 2023
Аннотация
В данной статье кратко изложены научно-теоретические взгляды великого деятеля новой узбекской литературы Абдулхамида Сулы, сына Чолпона, на театральное искусство. В его основе лежат статьи Чолпона, посвященные анализу некоторых драматических произведений, опубликованных в периодической печати, в которых выражены субъективные выводы автора о сценической науке. Ключевые слова: Чолпон, театр, сцена, газета «Туркистон», «Театр-искусство», критический анализ, «Або Муслим». CHOLPAN'S SCIENTIFIC AND THEORETICAL VIEWS ON THEATRE Abctract. This article briefly describes the scientific and theoretical views of the great figure of new Uzbek literature, Cholpon, on theater art. It was created on the basis of Cholpon's articles devoted to the analysis of some dramatic works published in the periodical press, in which the author's subjective conclusions about stage studies were expressed. Key words: Cholpon, theater, stage, "Turkiston" newspaper, "Theatre - art", critical analysis, "Abo Muslim". Ijodiy imkoniyatlari keng, iste’dod ko‘lami cheksiz bo‘lgan jahonning aksariyat katta shoirlariga xos ustuvorliklar avvalida barcha adabiy turlar doirasida qalam tebratish mahoratini puxta o‘zlashtirish xususiyatini ko‘rishimiz mumkin. She’r – nasr – dramaturgiya bosqichlarini bosib o‘tish uchun adib har jihatdan kamol topmog‘i, o‘zini ulug‘ ijodiy jarayonlarga chog‘lamog‘i: ham ruhan, ham jisman bunga tayyor bo‘lmog‘i zarur. Yangi o‘zbek adabiyotining yirik namoyandasi Abdulhamid Sulaymon o‘g‘li Cho‘lpon qalb-u shuurida kechgan poetik tafakkur hosilalari zamirida uning adabiyot, badiiy so‘z va ifoda usullari, original asar yaratish muammosi, jahoniy tajribani istifoda etish masalasi kabi qator 1127 ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10 nazariy qarashlari, badiiy asar qanday bo‘lishi kerak, degan hamma davrlar uchun o‘z aktualligini yo‘qotmaydigan jiddiy savolga javob topish yo‘lidagi ijodiy izlanishlari mujassamdir. Shu ma’noda Cho‘lpon teatr san’ati va uning ichki-tashqi, baland-past jihatlarini ham nazariy, ham amaliy jihatdan o‘rganib borgan. “Agar asar to‘laligicha dialoglardangina tashkil topsa, – deb yozadi professor D.Quronov, – qarshimizda roman emas, pyesa namoyon bo‘ladi” [1.160]. Cho‘lpon badiiy matnning bunday muhim texnik qonuniyatlarni ham romannavis, ham senariynavis sifatida, qolaversa, jahon dramaturgiyasining shoh asarlari bilan tanishib chiqqan sinchi kitobxon va mohir mutarjim o‘laroq yaxshi bilgan. Bunday xulosalarga kelishimizda shoirning vaqtli matbuotda e’lon qilingan teatr san’ati, sahna madaniyati, aktyorlarning mahorati, sohadagi mavjud muammolar va ularning yechimiga oid subyektiv qarashlari o‘z ifodasini topgan maqolalarini tekshirish asos bo‘la oladi. Xususan, “Turkiston” gazetasining 1922-yil 29-sentyabr sonida e’lon qilingan Cho‘lpon qalamiga mansub “Teatr – san’at” nomli maqolada muallif xuddi teatr san’atining xos munaqqidlari kabi dramatik asarning eng muhim jihatlari haqida qisqacha bayon etib, ularning muayyan kamchiliklarni ko‘rsatadi: “Matbuotimizda ismi ko‘runub kelaturg‘on “S” (Sanjar) o‘rtoq tomonidan tarjima qiling‘on “Qimorbozlar hayoti” – Ovrupo qimorbozlig‘ining qo‘rqunch yoqlarini yaxshi ko‘rsatadir. Bunda qimorbozliqning qaynag‘on joyi, qimorbozlarning ish ustidagi “faoliyatlari” ko‘runmaydir. Bunda bu yomon odatning oilaga qilg‘on ta’siri ko‘brak ko‘rsatiladir. Tarjima tekisgina chiqqon. G‘udur-budurliq ko‘b sezilmadi. Faqat bunda o‘ynag‘uchi artistlarimiz (Abror, Sayfi qori, Ziyo Said, Shokirlar) nimagadir xiyla yot va begona bo‘lub o‘ynadilar. Samimiylik, ro‘lni anglab o‘ynashlik, sahnada erkin bo‘lishliq – mana bularni ko‘ra olmadik. Xalq oz edi, kirim yomon bo‘lg‘on, ehtimolkim shuning uchun artistlarimiz “baribir” deb o‘ynag‘on bo‘lsalar...” [2]. Mana shu parchaning o‘zidayoq maqola muallifi fransuz dramaturgi Viktor Dyukanjning “Qimorbozlar hayoti” nomli pesasi tarjimasiga, uning syujeti va voqealar kechadigan paviloniga (pesada oila, uy berilgan), rol o‘ynagan aktyorlarning mahoratiga baho beradi. Samimiylik, rolni his etib, anglab ijro etish, aktyor sahnada o‘zini erkin tutishi zarurligi bayon etarkan, nomlari keltirilgan Abror, Sayfi qori, Ziyo Said va Shokir kabi aktyorlarning bunday xususiyatlarga xiyla yot bo‘lib rol o‘ylaganini qayd etarkan, shu o‘rinda “nimagadir” deya hayron bo‘ladi Cho‘lpon. Anglashiladiki, mazkur aktyorlar odatda sahna va ijro hadisini bir qadar olgan, bungacha o‘ynagan rollarini katta ehtimol, mahorat bilan ijro etganini sezish mumkin. Cho‘lpon mana shunday nozik jihatlarni ham e’tibordan qochirmagan. Shuningdek, Cho‘lpon, mazkur maqola doirasida “Xiyonatkorlar jazosi”, “Er va xotin”, “Arshin mololan” singari sahna asarlarini ham tilga olib o‘tadi. “Sahnamizda necha marotaba o‘ynalg‘on “Er-xotun” va “Arshin mololon” tomoshalari to‘g‘risida qayta-qayta yozishni ortiq topaman. Bu to‘g‘rida shunigina aytamankim, bizning sahnamizning eng zo‘r kamchiligi – dram o‘ynag‘uchilarning o‘perada chiqishlaridir. 1128 ResearchBib IF-20
Доказательный фрагмент
«В данной статье кратко изложены научно-теоретические взгляды великого деятеля новой узбекской литературы Абдулхамида Сулы, сына Чолпона, на театральное искусство.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ данной статье кратко изложены научно-теоретические взгляды великого деятеля новой узбекской литературы Абдулхамида Сулы, сына Чолпона, на театральное искусство. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Cholpon, theater, stage, "Turkiston" newspaper, "Theatre - art", critical, “Teatr – san’at”, “Abo Muslim”., teatr, sahna, Cho‘lpon, tanqidiy tahlil, “Turkiston” gazetasi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014