Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TALABALAR GURUHIDAGI NIZOLARNING PAYDO BO’LISH SABABLARI: SOTSIAL PSIXOLOGIK VA PSIXOLOGIK OMILLAR TAHLILI
Quvondiqova Shahlo Bahodir qizi
Современная наука и исследования · 2023
Аннотация
The socio-psychological nature of conflict in a student group is explained in detail below, step by step. In addition, the analysis of psychological factors as a cause of intra- group conflict, how groups affect individual behavior, and other causes of group conflicts are covered in detail. Keywords: Small group, group dynamics, functional, dysfunctional, emotional intelligence. ПРИЧИНЫ КОНФЛИКТОВ В СТУДЕНЧЕСКИХ ГРУППАХ: АНАЛИЗ СОЦИАЛЬНО-ПСИХОЛОГИЧЕСКИХ И ПСИХОЛОГИЧЕСКИХ ФАКТОРОВ Аннотация. Социально-психологическая природа конфликта в студенческом коллективе будет поэтапно объяснена ниже. Помимо этого подробно освещен анализ психологических факторов как причины конфликтов внутри группы, того, как группы влияют на индивидуальное поведение, и других причин групповых конфликтов. Ключевые слова: Малая группа, групповая динамика, функциональный, дисфункциональный, эмоциональный интеллект. Kirish: Jahon miqyosida urushlar ulkan muammo, oldi olinishi kerak bo’lgan noxush hodisa sifatida baholanib kelinadi. Aslida, urushlar bu - davlatlar o’rtasidagidagi kelishmovchilik, bir birini tushunmaslik oqibatida kelib chiqqan manfaatlar to’qnashuvidir.Oddiy bir birini anglamaslikdan kelib chiqadigan bu ulkan g’alayon qanday yomon oqibatlarga olib kelishi barchaga birdik ma’lum. Bu nizo nimalarga olib kelishi haqidagi oddiygina bir misol edi holos, bunday misollarni ko’plab keltirish mumkin. 1119 ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10 Yorqin namuna sifatida talim muassasalarida vujudga keladigan nizolarni olsak, guruh ichidagi kelishmovchilik o’zlashtirish darajasiga, bu esa bo’lg’usi kadrlarning kompetenligiga tasir o’tkazadi, kompetent bo’lmagan kadrlar qanday qilib o’z kasbiy burchini mukammal ado etadi? Muammo ortidan muammo tug’ilishi hayron qolarli emas. O’z o’zidan talabalar guruhi ichidagi konfliktlar yechimga muhtoj dolzarb muammo sifatida maydonga chiqadi. ASOSIY QISM: Nizo tushunchasi Talabalar guruhidagi nizolarni tahlil qilar ekanmiz , dastavval nizo tushunchasiga tarif berib o’tish o’rinlidir. Nizo , ziddiyat konflikt bular teng kuchli terminlar sifatida keng qo’llaniladi.’’konflikt sig’ishmaydigan maqsadlarga ega yoki shunday maqsadlar haqida fikr yurituvchi ikki yoki undan ortiq (odamlar va guruhlar) o’rtasidagi munosabatlardir’’1 - Nizo – bu birdan ko’p tomonlarni o’z istaklariga erishish borasidagi turli xil manfaatlar to’qnashuvi. Inson hayoti shu tuqnashuvlar bilan to’lib toshgan , ulardan doimo qochib yurish imkoni mavjud emas. Inson qayerda bo’lsa u yerda nizo konflikt albatta mavjud.Talim dargohlari ham bundan mustasno emas. Talaba shaxsi guruh a’zosi sifatida shu guruhdagi boshqa ishtirokchilar bilan muloqotga kirishishga majbur.Muloqot jarayoni kelib chiqadigan turli anglashilmovlik ortidan paydo bo’lishi mumkin bo’lgan konfliktli vaziyatda o’z o’zini boshqarish, vaziyatli ijobiy tomonga hal qilabilish mahoratini shakllantirish eng muhim juhatlardan biridir. Nizoni ikki xilda talqin qilish mumkin. Bir tomondan uni buzg’unchi, barcha yomon oqibatlar sababchisi sifatida ko’rsak, keyingi tomoni uning ijobiy tomonlaridir. Nizo har doim ham ajratuvchi emas, u har doim ham barbot bo’lishga sabab bo’lmaydi. Ba’zan u mavjud muammoni bartaraf etishga tomonlarni yananda bir biriga yaqinlashtirishga o’zaro tushunishga anglashilmovchiliklarga barham berishga yordam beradi. Nizoning mana shu ikki xususiyatini boshi bir biriga tutash ammo so’ngi boshqa-boshqa manzillarga olib boradigan ikkiga bo’linga yo’lga qiyoslash mumkin. Birining so’ngida ziddiyatlar yanada chigallik, kuchayishga yuz tutsa, ikkinchi manzil bizni opponent bilan murosaga keltiradi, empatiya, sempatiyani vujudga kelishiga sabab bo’ladi. Manashu ikki qarama qarshilik birligida konflikt yaxlitlashadi.Bu in va yan haqidagi qadimgi xitoy falsafasiga o’xshab ketadi. Mashxur xitoy faylasufi Lao Szi ‘’Dao qonunlari’’2 asarini yozib daosizmga asos soladi. Unda aytilishicha olam qarama qarshiliklar yaxlitligidan iborat. Yo’qlik borlikni hosil qiladi ammo borlik ham vaqt o’tib yo’qlikka yuz tutadi. Inson yashab turgan olam shu shunday qonunga bo’ysunadi: unda ikki qarama qarshilik bir butunlikni tashkil qiladi ularning o’zaro hamkorligi bu hayotni muvozanatda ushlab turadi. Konfliktda ham xuddi shunday in va yani mavjud yani konflikt ham yaxshi ham yomon ham yaratuvchi ham vayron 1Работа с конфликтом: навыки и стратегия действия. Лондон , Конфликтологический центр,2001.С.23. 2 S.Jo’rayeva.’’Haqiqat manzaralari’’. Yangi asr avlodi Toshkent 2002. 10-11 1120 ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10 etuvchidir.Insonlar orasida uni bir yoqlama tushuning steriotip sifatida mavjud. Mavjud bo’lgan noto’g’ri tushunchalar to’g’risiga o’zgartirilishi zarurki, shunda odamlar nizolardan o’zlari olib qochmaydilar, uni passivlashtirmaydilar zero passiv nizo bu uni butkul unutilganini anglatmaydi, bularning o’rniga muloqot orqali narigi tomonni ham tinglash uning manfaatlarini ham hisobga olish ikki tomon uchun teng kuchli
Доказательный фрагмент
«The socio-psychological nature of conflict in a student group is explained in detail below, step by step.»
Образец извлечения
Демо-превьюThe socio-psychological nature of conflict in a student group is explained in detail below, step by step. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Small group, group dynamics, functional, dysfunctional, emotional intelligence, emotsional intellekt., funksional, Kichik guruh, guruh dinamikasi, disfunksional
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026