Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
O‘QUVCHILARNI MUSTAQILLIK TAFAKKURINI RIVOJLANTIRISHDA HUQUQIY TARBIYA BERISH MEXANIZMI
Bobobekov Dilmurod Jo‘ramurodovich · САМОСТОЯТЕЛЬНОГО МЫШЛЕНИЯ СТУДЕНТОВ
Современная наука и исследования · 2023
Аннотация
In this article, the formation of legal consciousness and legal culture among students is one of the most urgent issues today, legal education is of great importance in the life of the future young generation, and the reforms carried out in this regard in our country also help students to develop independent thinking. the importance of education is explained. Key words: Legal awareness, legal culture, concept, legal state, legal education and training, youth. Hozirgi kunda, chinakkam huquqiy demokratik davlat qurish hamda fuqarolik jamiyatini shakllantirishda, eng ustuvor vazifa sifatida jamiyatimizda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirib borish, qonun ustuvorligini ta’minlash eng muhim siyosiy masala bo‘lib qolmoqda. Darhaqiqat, bu borada davlatimiz rahbarining 2019-yil 9-yanvardagi “Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi, PF- 1094 ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10 5618-son Farmoni asosida tasdiqlangan “Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish” Konsepsiyasi mazkur siyosiy faoliyat rivoji uchun amalga oshirilgan samarali islohot bo‘ldi. Aholining barcha qatlamlari huquqiy savodxonlikka erishishi, mustahkam irodali, o‘z huquqlarini biladigan va qonunlarni hurmat qiladigan, huquqiy bilimlarini kundalik hayotda qo‘llay oladigan, faol fuqarolik pozitsiyasiga ega bo‘lgan va huquqbuzarlikka nisbatan murosasiz munosabatda bo‘ladigan fuqarolarni tarbiyalashning keng qamrovli muntazam tizimini yaratish Konsepsiyaning asosiy maqsadidir1. Huquqiy madaniyat xalqimizning azaliy an’analariga, udumlariga, tiliga, diniga, ruhiyatiga asoslangan holda insof va iymon, adolat va qonuniylik, insonga yuksak hurmat va e’tibor, sabr- toqat kabi ma’rifat va haqiqat tuyg‘ularini ongimizga singdirishga xizmat qiladi. Shuning uchun ham kishilarning fikrini, dunyoqarashini mustaqilligimiz yo‘lida fidokorona mehnat qilishga yo‘naltirilgan huquqiy madaniyatni yuksaltirish hayotiy zaruriyatdir. Aholining huquqiy savodxonligini va huquqiy ongini yuksaltirish, huquqiy ta’lim va ma’rifatni, jamiyatda huquqiy bilimlar tartibotini tubdan yaxshilash, inson huquq va erkinlariga chuqur hurmat va ehtiromga asoslangan munosabatni, odamlarda qonunga itoatkorlik tuyg‘usini, qonunlarni bilish va unga qat’iy amal qilish saodatmandligini qaror toptirish bugungi kunning zaruriy talabi bo‘lib kelmoqda. Huquqiy demokratik davlat va adolatli fuqarolik jamiyati qurish jarayonida, avvalo, har bir fuqaroning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini shakllantirib borish asosiy va muhim vazifa hisoblanadi. Huquqiy davlat qurishning zaruriy sharti - bu qonunlarning so‘zsiz bajarilishidir. Qonunlarning bir xilda va so‘zsiz bajarilishi har bir shaxsning o‘z vazifasiga munosabati va zimmasidagi mas’uliyatni his qilishiga bog‘liqdir. So‘nggi yillarda milliy huquq tizimini tubdan isloh qilish, jamiyatda huquqiy madaniyatni shakllantirish hamda malakali yuridik kadrlarni tayyorlash borasida sezilarli ishlar amalga oshirildi.Shu bilan birga, inson huquq va erkinliklariga hurmat munosabatini shakllantirishga, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga, jamiyatda fuqarolarning huquqiy savodxonligi darajasini oshirishga to‘sqinlik qiluvchi bir qator muammo va kamchiliklar saqlanib qolinmoqda. Xususan, huquqiy madaniyatni yuksaltirishda, eng avvalo, huquqiy ta’lim va tarbiya borasidagi ishlar tizimli va uzviy olib borilmayapti. Uzoq yillar davomida bu masala huquqni muhofaza qiluvchi organlar va ayrim davlat organlarining ishi sifatida qarab kelinib, bunda oila, mahalla va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining ishtiroki yetarlicha ta’minlanmagan. Yoshlarning huquqiy tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillarga nisbatan huquqiy 1 Qarang. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-yanvardagi “Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi, PF-5618-son Farmoni. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son. 1095 ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10 immunitetni shakllantirish, har bir shaxsda qonunlarga va odob-axloq qoidalariga hurmat, milliy qadriyatlarga sadoqat, huquqbuzarliklarga nisbatan murosasizlik hissini uyg‘otish ishiga kompleks tarzda yondashilmadi. Aholining huquqiy bilimlarini oshirishga doir vazifalarning umumiy tusda belgilanganligi hamda ularni amalga oshirishning aniq ta’sirchan mexanizmi mavjud emasligi jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish borasidagi ishlarning samarasiz olib borilayotganligini ko‘rsatadi. Huquqiy ong va huquqiy savodxonlikni yuksaltirishda shaxsiy manfaatlar hamda jamiyat manfaatlari o‘rtasidagi muvozanatni saqlash g‘oyalarini aholi ongiga singdirish ishlarining yetarli olib borilmasligi ham qonun ustuvorligini ta’minlashga o‘zining jiddiy salbiy ta’sirini ko‘rsatmoqda. Aholining huquqiy bilimlari yetarli emasligi, shuningdek, davlat organlarining qonunga xilof qarorlari ustidan sudga s
Доказательный фрагмент
«In this article, the formation of legal consciousness and legal culture among students is one of the most urgent issues today, legal education is of great importance in the life of the future young generation, and the…»
Образец извлечения
Демо-превьюIn this article, the formation of legal consciousness and legal culture among students is one of the most urgent issues today, legal education is of great importance in the life of the future young generation, and the… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Legal awareness, legal culture, concept, legal state, legal education and, yoshlar., huquqiy madaniyat, Huquqiy ong, konsepsiya, huquqiy davlat, huquqiy ta’lim va tarbiya
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014