Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
JINOIY FAOLIYATDAN OLINGAN DAROMADLARNI LEGALLASHTIRISHGA VA TERRORIZMNI MOLIYALASHTIRISHGA QARSHI KURASHISHNI TASHKIL ETISH
Salimov Karimjon Zokirjon o’g’li
Современная наука и исследования · 3 · 2024
Аннотация
This article analyzes the legalization of documents obtained from criminal activities and the financing of terrorism, the work being carried out in the Republic of Uzbekistan to combat these crimes, the essence of the adopted legal documents, and the development of relations with international organizations. Key words: transnational crimes, legalization of proceeds from criminal activities, financing of terrorism, economy, law enforcement and control bodies, internal control, foreign experience. ОРГАНИЗАЦИЯ БОРЬБЫ ПРОТИВ ЛЕГАЛИЗАЦИИ ДОХОДОВ, ПОЛУЧЕННЫХ ОТ ПРЕСТУПНОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ И ФИНАНСИРОВАНИЯ ТЕРРОРИЗМА. Аннотация. В данной статье рассказывается о концепциях легализации доходов, полученных преступным путем, и финансирования терроризма, а также о работе, проводимой в Республике Узбекистан по борьбе с этими преступлениями, сути принятых правовых документов, укреплении сотрудничества с международными организациями и зарубежные страны. Ключевые слова: транснациональные преступления, отмывание денег, финансирование терроризма, экономика, правоохранительные и следственные органы, внутренний контроль, зарубежный опыт. Uyushgan jinoyatchilikka qarshi keskin va murosasiz kurash ayni paytda jahon hamjamiyatini oʼylantirib kelayotgan muhim va dolzarb masalalardan biri sifatida namoyon boʼladi. Uyushgan jinoyatchilikning transmilliy xarakter kasb etishi ushbu muammoga koʼproq eʼtibor qaratishni taqozo etadi. Jahon hamjamiyatini xavotirga solayotgan va uyushgan jinoyatchilikning rivojlanishiga sharoit yaratayotgan transmilliy jinoyatlardan biri sifatida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish jinoyatini misol qilishimiz mumkin. 7 23 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2024 VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish - pul mablag‘lari yoki boshqa mol- mulk jinoiy faoliyat natijasida topilgan bo‘lsa, ularni o‘tkazish, mulkka aylantirish yoxud almashtirish yo‘li bilan ularning kelib chiqishiga qonuniy tus berishdan, xuddi shuningdek bunday pul mablag‘larining yoki boshqa mol-mulkning asl xususiyatini, manbaini, turgan joyini, tasarruf etish, ko‘chirish usulini, pul mablag‘lariga yoki boshqa mol-mulkka bo‘lgan haqiqiy egalik huquqlarini yoki ularning kimga qarashliligini yashirishdan yoxud sir saqlashdan iborat bo‘lgan, jinoiy jazolanadigan ijtimoiy xavfli qilmish hisoblanadi. Ya’ni, aybdor tomonidan jinoiy faoliyat natijasida orttirilgan mulkning kelib chiqishiga qonuniy tus berilishi jinoiy daromadlarni legallashtirish hisoblanadi. O’z navbatida, jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashishni huquqiy ta’minlash moliyaviy, bank, bojxona munosabatlarini tartibga soluvchi, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish maqsadida kompaniyalarni litsenziyalash va ro‘yxatdan o‘tkazish tartibini belgilovchi qonunlar va qonunosti hujjatlari tizimi orqali amalga oshiriladi. Ko’pgina mamlakatlarda jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish bo’yicha huquqiy chora-tadbirlar uchun o’ziga xos asos bo'lib xizmat qiluvchi “namunali” qonunlar mavjud. Jumladan, yurtimizda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish sohasi hozirgi paytda 2004-yil 26-avgustdagi “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida” qonun, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-sentabrdagi Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurash bo‘yicha idoralararo komissiyani tashkil etish to‘g‘risida” gi PQ-3947-sonli qarori hamda boshqa ushbu sohada normativ-huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinib kelinmoqda. “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida” qonunning 4-moddasida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʼin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashishga qaratilgan chora-tadbirlar korsatib otilgan bo’lib, quyidagilardan iborat: - maxsus vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladigan nazorat; - ichki nazorat; - mijozlarni lozim darajada tekshirish boʼyicha chora-tadbirlar; - tavakkalchiliklarni aniqlashga, baholashga va kamaytirishga doir choralar. Maxsus vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladigan nazorat - pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar taqdim etadigan axborotni tekshirish va qonunga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshirish bo‘yicha maxsus vakolatli davlat organi tomonidan qabul qilinadigan chora-tadbirlar majmui hisoblanadi. Ichki nazorat pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tash
Доказательный фрагмент
«This article analyzes the legalization of documents obtained from criminal activities and the financing of terrorism, the work being carried out in the Republic of Uzbekistan to combat these crimes, the essence of the…»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article analyzes the legalization of documents obtained from criminal activities and the financing of terrorism, the work being carried out in the Republic of Uzbekistan to combat these crimes, the essence of the… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- transnational crimes, legalization of proceeds from criminal activities, huquqni muhofaza qiluvchi va tergov organlari, transmilliy jinoyatlar, xorijiy tajriba., terrorizmni moliyalashtirish, ichki nazorat, FATF standartlari, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, iqtisodiyot
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026