К содержанию
РецензированоRU2023

BOLA TUG’ILISHI BILAN BOG’LIQ MAROSIMLAR O’ZBEK XALQI HAYOTINING AJRALMAS QISMI SIFATIDA

AJRALMAS QISMI SIFATIDA · Yuldosheva Feruza Yashin qizi

Современная наука и исследования · 1 · 2023

Аннотация

This article describes the rituals of the Uzbek people related to the birth of a child. There are opinions about naming and cradling ceremonies. Key words: ceremony, cradle wedding, folklore, tradition. ОБРЯДЫ, СВЯЗАННЫЕ С РОЖДЕНИЕМ РЕБЕНКА, ЯВЛЯЮТСЯ НЕОТЪЕМЛЕМОЙ ЧАСТЬЮ ЖИЗНИ УЗБЕКСКОГО НАРОДА. Аннотация. В данной статье описаны обряды узбекского народа, связанные с рождением ребенка. Существуют мнения по поводу обрядов наречения и укачивания. Ключевые слова: обряд, колыбельная свадьба, фольклор, традиция. Tarixan o‘zbek xalqi milliy urf-odat va an’analarga boy xalq hisoblanadi.Insoniyat tomonidan qabul qilingan va ko’pchilik tomonidan ramziy tan olinib, bajariladigan amallar marosimlardir. Marosim bir xalqni boshqa xalqdan farqlovchi etnografik jihatlardan biridir. Marosim inson moddiy va ma’naviy turmushining talab va ehtiyoji bilan yuzaga kelgan va keladigan tabiiy xatti-harakat, bezak (dekoratsiya) va tekstga ega bo’lgan hayotiy sahna asaridir.[1] Turli millatlar, jumladan, o‘zbek xalqida ham bola dunyoga kelishi eng buyuk quvonch va sharaf hisoblanadi. Bolaning tug‘ilishi ko‘pincha uy uchun katta xursandchilik va marosimlarga sabab bo‘ladi. Ushbu marosimlar faqatgina an’anaviy qadriyatlarni saqlab qolish uchun emas, balki oila va jamiyatning birligini mustahkamlash, insonlar o‘rtasidagi mehr-muhabbatni ko‘rsatish uchun ham muhim sanaladi. Shuning uchun har bir marosim o‘ziga xos qoidalar va urf- odatlarga ega. Oil ava oila bilan bog’liq marosimlar etnosga oid madaniy- maishiy an’analar uzatuvchisi hamda davomchisi sanaladi[2]. 1 Sarimsoqov B. O’zbek marosim folklori. Toshkent. “FAN” nashryoti 1986 2 Ashirov A. O’zbek xalqining qadimgi e’tiqod va marosimlari. T:. 2007 788 ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 9 ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2 Adhamjon Ashirovning ilmiy ishlarida o‘zbek xalqining bola tug‘ilishiga oid marosimlari haqida qimmatli ma’lumotlar keltirilgan. U xalq etnologiyasi va antropologiyasi sohasida keng tadqiqotlar olib borib, milliy urf-odatlar, ayniqsa, tug‘ilish bilan bog‘liq odatlar haqida o‘z tadqiqotlarida batafsil yoritgan. Ashirovning asarlarida yangi tug‘ilgan chaqaloqni "balo- qazolardan asrash" maqsadida o‘tkaziladigan turli marosimlar va bu tadbirlarning qadimiy turkiy totemistik qarashlar bilan bog‘liqligi haqida so‘z yuritiladi. Misol uchun, xalqimizda yangi tug‘ilgan chaqaloqni bo‘ri totemi yordamida "himoyalash"ga oid qadimiy odatlar borligi qayd etiladi. Bu odat, ayniqsa, Farg‘ona vodiysi hududlarida bugungi kunda ham uchraydi. Shuningdek, Ashirov Farg‘ona vodiysida "Bo‘rimi yoki Tulkimi" iborasini ishlatish orqali chaqaloqning jinsini aytish odati mavjudligini ham qayd etadi. Bola tug’ilishi bilan bog’liq marosimlarni quyidagicha turkumlash mumkin. 1. Tug‘ilish xabari va xushxabar tarqatish Bolalar tug‘ilishi bilan bog‘liq marosimlardan birinchisi - yangi tug‘ilgan bola haqida xushxabar tarqatishdir. O‘sha kuni yaqinlar, qarindoshlar va qo‘shnilar to‘planib, oilaga tabriklar izhor qiladilar. Ko‘pincha bu marosimda shirinliklar ulashiladi va bolaga yaxshi tilaklar bildiriladi. 2. Beshik To‘yi O‘zbek milliy qadriyatlarida beshik to‘yi juda katta ahamiyatga ega. Beshik bola uchun o‘ziga xos bir xilqi hisoblanadi va u bola parvarishiga oid ko‘plab qadriyatlarni ifoda etadi. Beshik to‘yi ko‘pincha bola tug‘ilganidan so‘ng 7, 9 yoki 11 kun o‘tgach o‘tkaziladi. Ushbu marosimda beshik, bola kiyim-kechaklari va zarur buyumlar hadya qilinadi, bolaning onasi va buvisi tomonidan maxsus duolar o‘qiladi. 3. Chilla Marosimi Yangi tug‘ilgan bola va onasiga to‘la parvarish va e’tibor qaratilishi uchun 40 kun chilla saqlash marosimi bor. Bola chilla vaqtida toza muhitda va to‘g‘ri parvarish qilinadi. Chilla oxirida bola va onasiga mo‘minlar tomonidan oq fotiha berilib, ularning sog‘ligi va baxtli hayot kechirishlari tilanadi. 4. Ot qo‘yish marosimi Bolaga ot qo‘yish ham juda muhim sanaladi. Ota-onalar bola tug‘ilishidan avvalroq ham unga ismlarni tanlashadi va bu nomlar ko‘pincha tarixiy yoki diniy shaxslar, yaxshilik, omad va qut-barakani anglatadigan so‘zlar bilan bog‘liq bo‘ladi. Ismni qo‘yish uchun maxsus odam yoki ota yoki ota-bobolar jalb etiladi va ular bolaning kelajagi yaxshi bo‘lishini tilab duo qilishadi. 5. Qurbonlik qilish marosimi Ba’zi oila va jamiyatlarda yangi tug‘ilgan bola uchun qurbonlik qilish ham odatiy marosimlardan biridir. 789 ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 9 ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2 Bu marosim ko‘pincha bolaning sog‘lom va uzoq umr ko‘rishi, oilada baxt va to‘kin hayot kechirishi uchun amalga oshiriladi. Qurbonlikni yaqinlar va ehtiyojmandlarga tarqatish orqali o‘zaro ko‘mak va mehr ko‘rsatiladi. Afg’oniston o’zbeklarida ham bola tug’ilishi bilan bog’liq marosimlarda o’ziga xoslik mavjud. Bundan yigirma-o’ttiz yil oldin bola uyda dunyoga keltirilgan. Tug’ilgan chaqoloqni kindigini doya yoki jarayonda qatnashgan tajribali ayol tomonidan kesilgan. Afg’on o’zbeklarida chaqaloqqa nom qo’yish, tug’ilga

Доказательный фрагмент

«This article describes the rituals of the Uzbek people related to the birth of a child.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article describes the rituals of the Uzbek people related to the birth of a child. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
ceremony, cradle wedding, folklore, tradition, beshik to’yi, folklor, an’ana., marosim
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники