К содержанию
РецензированоUZ2023

INSON HUQUQLARI VA ULARNING ERKINLIKLARI

Allambergenov Saparbay Dauletbayevich

Современная наука и исследования · 2023

Аннотация

This article presents an analysis of the independence and unity of human rights, the non-violation of the rights and freedoms of individuals in the implementation of their rights and freedoms, the constitutional principles of the legal status of the individual, the expression of rights and freedoms in the generally recognized rules of international law. Keywords: individual, state, human rights, constitution, civil society, international standard. ПРАВА ЧЕЛОВЕКА И ИХ СВОБОДЫ Аннотация. В статье представлен анализ единства независимости и прав человека, предотвращения нарушения прав и свобод личности при осуществлении ею прав и свобод, конституционных принципов правового положения личности, выражения прав. и свободы в общепризнанных положениях международного права. Ключевые слова: личность, государство, права человека, конституция, гражданское общество, международный стандарт. Inson huquqlari deganda, davlat yoki mansabdor shaxslar tomonidan muayyan shaxsning yoki shaxslaming qonuniy huquq va erkinliklariga rioya etilishi va buni ta’minlashbilanbog‘liq bolgandavlat va individ o‘rtasidagio‘zaro huquqiy munosabatlar tushuniladi. Bunday munosabatlaming buzilishi, ya’ni inson huquqlariga daxldor bolgan mavjud qonunlarga rioya qilmaslik, fuqarolaming o‘z huquqlarini amalga oshirishlariga mansabdor shaxslar tomonidan to‘sqinlik qilinishi, yoki bolmasa, davlat tomonidan o‘zining xalqaro majburiyatlarining bajarilmasligi, xalqaro standartlaming milliy qonunchilikka yetarli darajada implementatsiya qilinmasligi va ularga amaliyotda yetarli darajada rioya etilmasligi kabi holatlar mamlakatdagi inson huquqlarining buzilishi holatlariga olib keladi. 1219 ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10 Sobiq sho‘rolar tuzumi davrida bu organlarga faqat jazolovchi organ sifatida qaralgan bo’lib, ulaming faoliyati orqali minglab fuqarolarimiz nohaq qamalib, repressiyaga duchor boMishgan edi. Masalan, mustabid davr sudlari faqat jazolovchi organ sifatida namoyon bolib, mustaqil holatda faoliyat yurita olmaganliklari va faqat siyosiy partiya hamda yuqori lavozimdagi amaldorlar tazyiqi ostidagina ish olib borganliklari, buning oqibatida inson huquqlaripoymolbo’lib kelganligiga misollar juda ham ko‘p. Hatto, nosudlovorganlaritomonidan ham insonlarga jazo berilish holatlari yuz bergan. Buning yaqqol isboti sifatida 1930-1950-yillami olib qarasak, sobiq SSSR davrida nosudlov organlari tomonidan 3778234 shaxs asossiz jinoiy javobgarlikka tortilib, shundan, 786098 nafari hatto olim jazosiga mahkum etilgan. Shuningdek, O‘zbekiston SSRning sobiq SSSR prokuraturasi tergovchilari, Gdlyan va Ivanovlar gumhining qonunsizlik va o‘zboshimchaliklariga yetarlicha qarshilik ko‘rsata olmaganligi sabab, 1983-89-yillarda “Paxta ishi” bo‘yicha 4,5 ming kishi javobgarlikka tortilgan va keyinchalik, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan 3,5 ming kishi oqlangan. Yurtboshimiz ta’kidlaganidek, “bizga zarba bolib tushgan eng og’ir tanglik iqtisodiy emas, balki ma’naviy tanglikdir. Asrlar mobaynida qaror topgan axloqiy-ma’naviy qadriyatlami g‘oyaviy qarashlarga qurbon qilish oqibatlarini bartaraf etish iqtisodiyotni tartibga keltirishdan ko‘ra ancha mashaqqatli bo‘ladi. Axir, yaqindagina emasmidi, kommunist, ayniqsa, u yuqoriroq lavozimda bo‘lsa, o‘z yaqin kishilari bilan oxirgi marta vidolashish uchun qabristonga ham borolmasdi. Dafn marosimida ishtirok etish eng kata ayb sanalib, bunday odamni partiyadan o‘chirib, ishdan bo‘shatishardi. Vijdon azobidan sal bo‘lsa-da, qutulish, ayni paytda yillar bo‘yi mehnat qilib erishgan imtiyozlardan mahrum boim aslik uchun odamlar qarindosh-urug‘lari, hatto, ota-onasi vafot etganda kasalxonaga yotib olishar yoki “shoshilinch komandirovka”ga ketib qolishar edi. Ana shundan keyin ham biz, odamlar hech nimaga ishonmay qo‘yishgan, ularda hech qanday muqaddas narsa yo‘q, deb aytishga qanday tilimiz borar edi?”. Mustaqillikning birinchi kunlaridanoq, mamlakatimizda inson manfaatlariga, uning huquq va asosiy erkinliklariga oliy qadriyat sifatida yondashila boshlandi. Bunga, 1991-yilning 30- sentabrida O‘zbekistonning Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasiga a’zo boNishining o‘ziyoq yaqqol misol bo‘la oladi. Chunki, mustaqilligining birinchi kunlaridanoq erkin bozor iqtisodiyotiga asoslangan demokratik, huquqiy davlat qurishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan 0 ‘zbekiston bu yo‘lda jahon hamjamiyati tomonidan e’tirof etib kelingan umuminsoniy qadriyatlaming ustuvorligini e’tirof etgan edi. Bunday maqsadni e’lon qilgandan so‘ng ikkinchi qadam– respublikamizning 1992-yil 8-dekabrda o‘z Konstitutsiyasini e’lon qilishi bo‘ldi. 1220 ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10 Konstitutsiyada Deklaratsiyaning barcha qoidalari mustahkamlab qo‘yilishi O‘zbekistonning demokratik, huquqiy davlat qurishga bo’lgan maqsadining konstitutsiyaviy poydevori bo’ldi. Mamlakat Konstitutsiyasida hokimiyat vakolatlarining bo‘linish tamoyili asosida qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatining

Доказательный фрагмент

«This article presents an analysis of the independence and unity of human rights, the non-violation of the rights and freedoms of individuals in the implementation of their rights and freedoms, the constitutional princ…»

Образец извлечения

Демо-превью

This article presents an analysis of the independence and unity of human rights, the non-violation of the rights and freedoms of individuals in the implementation of their rights and freedoms, the constitutional princ… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
individual, state, human rights, constitution, civil society, international, konstitutsiya, davlat, shaxs, fuqarolik jamiyati, inson huquqlari, xalqaro standart.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники