К содержанию
РецензированоUZ2023

KO’RISHDA NUQSONI BO’LGAN BOLALARNI PSIXOLOGIK VA PEDAGOGIK TEKSHIRISH

PEDAGOGIK TEKSHIRISH · Qahramonova Zebuniso Raufjon qizi

Журнал универсальных научных исследований · 2023

Аннотация

Ushbu maqolada ko’rishda nuqsoni bo’lgan bolalarni psixologik va pedagogic tekshirish to’g’risida ma’lumot beriladi. Ko'rishida nuqsoni bo'lgan bolalarni psixologik tekshirish bolaning me’yorida rivojlanish qonuniyatlaridan kelib chiqgan xolda tiflopsixologlar tomonida ishlab chiqilgan nazariya asosida olib boriladi. Kalit so’zlar: ko’rish nuqsoni, tekshiruv, zaif ko’ruvchi, g’ilaylik, psixik, anomaliya, brayl, tiflopedagogika. Ko'rishda nuqsoni bo'lgan bolalarni tekshirish va tashhis qilish turli mutaxassislar: oftalmolog, psixolog, pedagog tomonidan kompleks o'rganishni ko‘zlaydi. Ko'rishida nuqsoni bo'lgan bolalar ko'rishining xolatini tavsifi bo‘yicha hamda kasallikning yuzaga kelishi, ijtimoiy rivojlanishi bo'yicha juda katta turli xil guruhni tashkil etadilar. Tekshiruv obyekti ko'rmaydigan (ko‘zi ojiz), zaif ko’ruvchi bola, shuningdek g'ilaylik hamda ambliopiyali boladir. Hozirgi vaqtda “ko'zi ojizlik” (ko'rmaydiganlar) tushunchasi ma’lum bir analizatorlarning yetakchi sistemasi sifatida qaralib, uni asosida pedagogik jarayon olib boriladi. Shuning uchun ko'zi ojizlarga ikki guruh toifadagi bolalar kiradi: ko'ruv vizusi va yorug'likning sezishi “0” bo'lgan, shuningdek, ko'ruv o‘tkirligi qoldig'i 0.04 gacha bo'lganlar, ta’lim Brayl tizimi asosidagi darsliklar orqali amalga oshiriladigan bolalar. Rivojlanishida nuqsoni bo’lgan bolalarni tekshirish jarayonida ularning rivojlanishi ham meyorida rivojlanayotgan bolalarning rivojlanishining umumiy qonuniyatlariga mos kelishi kuzatilgan. Bularga quyidagilar kiradi: psixik rivojlanish jarayonlarining senzitiv davrini mavjudligi; psixik jarayonlarning rivojlanishini ketma-ketligi, psixik rivojlanishda faoliyatining roli, nutqning- oliy psixik jarayonlarni shakllanishidagi roli; psixik rivojlanishda ta’limning yetakchi roli (L.S.Vigotskiy, V.I.Lubovskiy). 271 ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2023 SJIF 2024 = 5.073/Volume-2, Issue-10 L.S.Vigotskiy turli nuqsonlarga bolalarni psixik rivojlanishini qonuniyatlarini o'rganish jarayonida turli nuqsonlarda namoyon bo'ladigan umumiy o'ziga xos qonuniyatlariga ajratgan. U anomaliyani yuzaga keltiruvchi sabablar birlamchi nuqson sifatida keluvchi psixik faoliyatni asosiy nuqsonlarini yuzaga keltiradi, natijada bu bolani psixik rivojlanishini o'ziga xos o'zgartirib, psixik faoliyat ikkilamchi, uchlamchi va x.k. nuqsonlarini yuzaga keltiradi. Rivojlanishida nuqsoni bo’lgan bolalarni tekshirishni o'tkazish va tashkillashtirish bo'yicha umumpsixologik talablar mavjuddir. Ularga quyidagilar kiradi: bolani rivojlanish tarixi bilan oldindan taxminiy tanishuv, bolani guruhdagi, mashg'ulot paytidagi, darsdan tashqari bo'sh vaqtidagi faoliyati va xulqini kuzatish. Bola bilan muloqot o'rnatishga, tekshiruvni o'tkazish joyini tashkillashtirishga, maqsadga mos keluvchi metodikalarni tanlashga alohida ahamiyat beriladi. Alohida maxsus talablarga quyidagilarni kiritish mumkin: -to'g'ri yoritilganlik( bolaning ish stoli 400-500 lkdan tashkil topgan bo’lshi kerak); - tinimsiz ko'ruv yuklamasini chegaralash (kichik va o'rta maktabgacha yoshida 5-10 daqiqa, kichik va yuqori maktab yoshida 15-20 daqiqa); ko'ruv ishining taqsimoti oftalmolog tomonidan bolaning kasallik tashxisiga ko'ra o'rnatiladi; - kо'rib kuzatuv yuklamasini boshqa faoliyat turiga almashtirish; - ko'rgazmalarga bo'lgan alohida talablar. Bolani rivojlanish tarixini taxlil qilishda abilitatsiya jarayonidagi muhim o'ringa ega bo'lgan ijtimoiy yetukligiga alohida etibor qaratish lozim. Bolani ilk rivojlanish davridagi ijtimoiy yetukligi uning biologik yetukligi bilan bog'liq, bu ayniqsa harakatlarini rivojlanishi hamda qo’lning manual faoliyatidir. Shuning uchun ilk yoshdagi bolalarni tekshirishda ularni harakatlarini rivojlanish darajasiga hamda kommunikatsiyalarini shakllanganlik darajasiga alohida e’tibor qaratish lozim. Ko'rishida nuqsoni bo'lgan bolalarni rivojlanishida kommunikatsiya, muloqot va nutq alohida o'rin egallaydi. Bolaning ushbu psixik faoliyati tomonlarining 272 ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2023 SJIF 2024 = 5.073/Volume-2, Issue-10 shakllanganligi uning ijtimoiy rivojlanganligi darajasidan dalolat beradi. Shuningdek tekshiruv jarayonida nutqni o'rganish muhim ahamiyatga ega: nutqning ifodaliligi, emotsionalligini baholash, shuningdek mimika, imo-ishora, muloqot davomida o‘zini tutishini baholash lozim. Ko'rishda nuqsoni bo'lgan bolalarda bilish faolligini pastligi xosdir. Bunga bog'liq ravishda tiflopedagogikaning amaliyotida quyidagi tamoyil mavjud, ya’ni bolalarga pedagogik yordamga ko'proq o'rin ajratib, psixolog esa bolani atrofidagi predmetlarga, shaxslarga, ijtimoiy xulqning oddiy meyorlarini egallashidagi qiziqishlariga e'tibor qaratishi lozim. Ko'rishida nuqsoni bo'lgan maktabgacha va maktab yoshidagi bolalarda ijtimoiylashuv muammosi ularning abilitatsiyasida muhim ahamiyatga ega. Bunday sifatlarning yo'qligi, mustaqil kechinmalarga qayg'urishi hamda o‘z-o‘ziga xizmat qilish, kattalar va bolalar bilan, tan

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada ko’rishda nuqsoni bo’lgan bolalarni psixologik va pedagogic tekshirish to’g’risida ma’lumot beriladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada ko’rishda nuqsoni bo’lgan bolalarni psixologik va pedagogic tekshirish to’g’risida ma’lumot beriladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
brayl, tiflopedagogika., g’ilaylik, psixik, tekshiruv, zaif ko’ruvchi, ko’rish nuqsoni, anomaliya
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники