Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
SAMARQANDDA TEMURIYLAR DAVRIDA BUNYOD ETILGAN ME’MORIY OBIDALAR
ME’MORIY OBIDALAR. · Mamatkulova Shaxnoza Raxmonkulovna · ТЕМУРИДОВ В САМАРКАНДЕ. · Чупан ата, соборная
Журнал универсальных научных исследований · 2023
Аннотация
This article is about the analysis of the constructions built during the era of Sahibqiron Amir Temur and his successors, the authors who witnessed their construction process and the researchers who studied the historical monuments of the Timurid period in the following periods, opinions and comments. 38 ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2023 SJIF 2024 = 5.073/Volume-2, Issue-9 Key words and phrases: Amir Temur, Timurid, Samarkand, Bibi-Khanym, Saray- Mulk-Khanym, Shakhi-Zinda, Gori-Amir, Rukhabad, Chupan ata, mosque, tile, mausoleum. Kirish.O’rta Osiyo me’morlchigining oltin asri sifatida Amir Temur va uning avlodlari davrini ko’rsatish mumkin. Temur va temuriylar davrida qurilish ishlari, me’morchilik misli ko‘rilmagan darajada rivojlanadi. Amir Temur, uning avlodlari mashxur imoratlar, masjid va maqbaralar, ulkan bog‘u-rog‘lar, suv inshootlari barpo etirganligi bilan ham mashxurdirlar. Mavzuga oid adabiyotlarning sharhi.Maqolada Amir Temur davri bunyodkorlik ishlari guvohi bo’lgan Nizomiddin Shomiy, Ibn Arabshox, Klavixo, XIX asr oxiri va XX asrlarda faoliyat olib borgan sharqshunoslar hamda O’zbekiston Milliy arxiv fondlari materiallaridan foydalanildi. Tadqiqot metodologiyasi.Maqola tayyorlashda tahliliy, tanqidiy va bayon etish usullaridan foydalanildi. Tahlil va natijalar. Temur va temuriylar o’z saltanatida masjid, madrasa, saroylar bunyod ettirish bilan bir qatorda musulmonlar uchun muqaddas qadamjolarni obodonlashtirish ishlariga ham katta e’tibor qaratishgan. Shunday muqaddas joylardan diqqatga sazavori, qadimiyrog’i bu Shoxi-Zinda maqbarasi va uning atrofida qurilgan yodgorliklar majmuasidir. Samarqanddagi aziz insonlar dafn etilgan Shohi Zinda-“Tirik shox,” maqbaralar majmuasi shaxarning janubiy qismida joylashgan bo’lib, musulmonlarning muqaddas ziyoratgoxlaridan biridir. [15:30] Shohi Zinda nomi Muhammad (sav) payg‘ambarning amakivachchalari Qusam ibn Abbos nomi bilan bog‘liq. Qusam ibn Abbosning Samarqandda shahid bo’lganligi Abu Toxirxo’janing “Samariya” asarida aytib o’tilgan bo’lib, unga ko’ra Qusam ibn Abbos Xuroson hokimi etib tayinlangan Sa’id bin Usmon bilan Movorounnahrga keldi. Said bin Usmon harakatlari bilan Samarqand aholisi musulmon qilindi. Hijriy 56 yildagi jangda Qusam xalok bo’lganligi, Banu Nojiya qabristonida g’or yonida ko’milganligi ta’kidlangan [2:29]. Turkiston tashrif buyurgan S. Gramenskiy va V. Oshaninlar Shohizinda maqbarasi haqida shunga o’xshash ma’lumot qoldirishgan. Ular mahalliy aholi tomonidan aytilgan rivoyatlarga tayanib, Qusam ibn abbos hozirgacha tirik, maqbara ichida yashaydi, shu sababdan Amir Temur bu tabarruk zot uchun qurdirgan maqbarasi 39 ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2023 SJIF 2024 = 5.073/Volume-2, Issue-9 “Shohizinda” ya’ni “Tirik shoh” deya nomlangan, deya esdaliklarida qayd etishgan [5:1016]. Tarix va afsona ana shu tariqa bir-bir bilan uyg‘unlashib ketgan. Amir Temur hokimiyatga kelgach Shohizinda majmuasi me’morchiligida ham katta o‘zgarishlar bo’ldi. Amir Temur bu yerdagi ko‘pgina, xarobaga aylangan inshootlarning o‘rniga yangisini qurdi, ko‘plarini qayta ta’mirladi, Qusam ibn Abbos qabri ustiga hashamatli qabrtosh o‘rnattirdi. Shuningdek, sohibqironning buyrug‘i bilan bu yerda yangi masjid ham barpo qilindi. Shohizinda me’morchilik majmuasi turli davrlarda xukmdorlar hukmdorlar va amaldorlar tomonidan barpo qilingan maqbaralar, masjid va madrasalardan iborat murakkab yodgorlik ekanligini ta’kidlab o’tish joizdir. Arxeologik tadqiqotlar natijasiga ko’ra Qusam ibn Abbos maqbarasi XI asrda qurilgan. XI-XII asrlarda uning yaqinida Tamgʻachxon madrasasi va yana ikkita maqbara bunyod etilgan. XIII asrda bu binolar mo'g'ullar tomonidan vayron qilingan, ammo ilohiy bo’lgan asosiy ziyoratgohni buzishga qo’rqishadi. 1331 yilda ziyorathona qayta tiklandi. 1360-yilda uning yonida bir nechta maqbaralar qurilgan. Ammo Shoxi- Zinda majmuasining asosiy bunyodkorlik ishlari Amir Temur davrida amalga oshirilgan. XIV asrning 70-80 yillarida asosiy ziyoratgohdan pastga qadimiy Afrosiyobning qal’a devorlarigacha cho’zilgan yo’lak bo’ylab maqbaralar quriladi. Ularning hammasi bir honali, peshtoqli gumbazli ko’rinishga ega bo’lgan [6:72]. Amir Temurning oila a’zolari, saroy ayonlari Hazrati Qusam ibn Abbos maqbarasi yaqinida ko’milishni sharaf bilishib, o’zlariga naqshinkor, takrorlanmas obida-maqbaralar qurdirishdi. Bu obidalarni chet eldan-Erondan, Hindistondan, Shomdan kelgan ustalar hamda mahalliy me’morlar hamkorligida qurishadi va ta’mirlashadi. Amir Temurdan so’ng uning ishlarini nabirasi Ulug’bek mirzo davom ettiradi [9:35-36]. Shoxi Zinda majmuasi xalq orasida shunchalik mashhur va ilohiy qadamjo bo’lganki, 1901 yil iyul oyida bu majmuaning koshinlari ko’chirib olinishi to’g’risida Rossiya imperatorlik arxeologiya komissiyasi xulosasi bo’lishiga qaramasdan, mahalliy xalqning g’azabidan qo’rqib Samarqand harbiy gubernatori bu ishni qilmaslikni imperatordan iltimos qilib xat jo’natadi [20:1-6]. Temur davrida mashx
Доказательный фрагмент
«This article is about the analysis of the constructions built during the era of Sahibqiron Amir Temur and his successors, the authors who witnessed their construction process and the researchers who studied the histor…»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article is about the analysis of the constructions built during the era of Sahibqiron Amir Temur and his successors, the authors who witnessed their construction process and the researchers who studied the histor… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- and phrases: Amir Temur, Timurid, Samarkand, Bibi-Khanym, Saray-, Samarqand, Amir Temur, jom’e masjidi, koshin, Saroy Mulk Xonim, Bibixonim, Ruxobod, Cho’pon ota, maqbara., Shoxi Zinda, Go’ri Amir, temuriylar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025