Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
XALQ OG‘ZAKI IJODIDA MEHNAT QО‘SHIQLARI
Axmedova Gulchexra О‘skinovna
Современная наука и исследования · 3 · 2024
Аннотация
This article presents information about the labor songs in folkloric art performed by folklore groups: Kavushim, Oshpaz ko'shigi, Novoylar ko'shigi, Khavor-khavor, Temirchi, Doppim, etc. Keywords: Kavushim, Oshpaz ko'shigi, Novoylar ko'shigi, Khavor-khavor, Temirchi, Doppim, labor songs. ТРУДОВЫЕ ПЕСНИ В НАРОДНОМ УСТНОМ ТВОРЧЕСТВЕ Аннотация. В статье собраны сведения о трудовых песнях в народном творчестве, таких как «Кавушим», «Поварская песня», «Новойларская песня», «Хавор-хавор», «Темирчи», «Доппим» и др., исполняемых фольклорными коллективами. Ключевые слова: Кавушим, поварская песня, песня Нового, Хавар-хавар, Темирчи, Доппим, трудовые песни. Mehnat qо‘shiqlari qadimiy tushunchalar bo‘lib, balo-qazolardan asrash haqidagi tasavvurlar dehqonlarga xos soddadillik bilan о‘z ifodasini topgan. Buni biz chorvachilikdagi mehnat qо‘shiqlarida ham kuzatishimiz mumkin. Ularda chorvadorlar mehnati, turli hayvonlarga inson munosabati, ish faoliyati (sog‘ish, ip yigirish "Charx", junni qayta ishlash "O‘rmak") tasvirlanadi. Surxon vohasida kasb va hunarga bag‘ishlangan mehnat qо‘shiqlari ham saqlanib, turmush va mehnat jarayonida, ayniqsa, folklor jamoalarning ijrosida aytilib kelinayotgan Kavushim, Oshpaz qо‘shig‘i, Novoylar qо‘shig‘i, Xavor-xavor, Temirchi, Dо‘ppim va boshqalar shular jumlasidan. Navrо‘z- Ota –bobolarimiz tomonidan yaratilgan “Navrо‘z”, “Sumalak” va “Yo ramazon” singari xalq ijodi merosi ham о‘ziga xos xususiyatlarga ega. Navrо‘z bayrami keyingi yillarda keng nishonlanmoqda. Respublikamizda, jumladan, viloyatimizda bu marosim haqiqiy mehnat va bahor bayrami sifatida shodiyonalik jarchisi bо‘lib, har bir xonadon va qalbga baxt olib kirmoqda. Navrо‘z va sumalak rivoyatlari hamda u bilan bog‘liq kо‘pgina urf-odatlarni keksalarimiz tilidan yozib olingan. Sumalak Navrо‘zning ramziy taomlaridan hisoblanadi. Bir inson umrichalik davr xalqlarning milliy “Navrо‘z” bayrami sun’iy ravishda barham topdi. О‘tkinchi siyosatlar uni tarbiyamizga yot deb qaradilar. U ota-bobolarimiz qalbida chо‘kib yotdi, qatlandi, ammo xotiralaridan butunlay о‘chib ketmadii. 7 14 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2024 VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ “Oltin zanglamas” deganlaridek,, bu ziyo sandiqlari aksincha о‘z qimmatini va qadrini oshira bordi. Endi ular daryo kabi tо‘lg‘anib oqmoqda. Undan chanqoq qalblar bahra olmoqda. Borlari ham yangi tо‘qilgan she’rlar1. Shoxmoy mehnat marosimlari - Bu marosim xalqimizning qadimiy mehnat marosimlaridan biridir. Qо‘sh haydash, Shoxmoyilar, Kо‘shchi; Ekin ekish don septi; xosil yig‘ib terimida - Yozi о‘roqchi, Oblo baraka; g‘alla yanchilishda-Maydayoqi Galagov; donni qayta ishlashda - Yorg‘uchoq, Tegirmon qо‘shig‘i, "Yorg‘uchoq" qо‘shig‘idan tashqari hammasi erkaklar tomonidan ijro etilib kelingan, yakka aytimda: Bundagi asosiy g‘oya turmushni yaxshilashga intilish, galagovga qо‘shilgan hо‘kizga munosabat bildirish. Qо‘shiqning har bir misrasida hayajonli nidolar takrorlanishi naqarot vazifasini bajaradi: Xalq dalada, yig‘ilib, popuklar bilan bezatilib qо‘shga qо‘shilgan hо‘kizlarni olib chiqqanlar. О‘tgan yilning oxirgi bog‘lam g‘allasidan pishirilgan nonni sindirib odamlarga ulashib berganlar. Shu yurtning pokiza va bokira qizlaridan ikkitasi ikki kosada yog‘ tutganlar va yurtning oqsoqoli qо‘llarini moyga botirib hо‘kizlarning shoxini moylagan. Sо‘ngra eng qari kimsa oq fotiha berib birinchi egatni tortishga ruxsat bergan; Oblo baraka-Qadimdan turkiy xalqlar xirmon kо‘tarish “Oblo baraka” marosimni har yili о‘tkazib kelishgan. Boysun nohiyasida bu marosim oxirgi marotaba 1945 yili yozda о‘tkazilgan. Keyinchalik bu marosim ham “diniy” marosim sifatida tamg‘alanib qatag‘on qilingan. Xirmon kо‘tariladigan kuni dondan umidvor kishilar qopi bilan xirmon kо‘tariladigan joyga kelganlar. Aytuvchining aytuviga monand atrofdagilar xirmonga baraka tilab “Oblo baraka”, deya jо‘r bо‘lib turishgan. Don sepdi Bu qо‘shiqlar an’anaga kо‘ra ayollar tomonidan ravon uslubda, rechitativ kalta kuyda, past ovozda, ritm ravonligida, cholg‘u jо‘rligisiz aytilgan: Ekish marosimini odatda qizlar boshlab berishgan. Chunki, ayol qadimdan kо‘payish ramzi bо‘lgan; “Sust Xotin” marosimi qadimdan bor. Bu marosim “Sust xotin” qо‘shig‘ini aytish orqali yomg‘ir sо‘rashdir. Bu xildagi marosim hozirgi kunda ham qishloqlarda о‘tkaziladi. “Sust xotin” qо‘shig‘ining turli xillari mavjud bо‘lgan. Bu qо‘shiqni kо‘pincha sо‘zga chechan, ovozi baland kishilar aytishgan” Yomg‘ir bergin bizlarga, Bu musulmon ellarga. Hosillar mо‘l bо‘lsin, Yomonning uyi kuysin2. Qо‘shiqlarning kо‘pchiligini sigir, qо‘y, echki, tuyani sog‘ish uchun erkalash ohangida aytiladigan sog‘im qо‘shiqlari tashkil etadi, jumladan, "Xо‘sh-xо‘sh" (sigir sog‘ishda), "Turay-turay" yoki "Turam" (qо‘ylarni soqqanda va qо‘zilarni emizganda), "Chiray- chiray"(echki), "Harova" yoki "Biyo-biyo" (tuya yoki biyani sog‘ishda). Bu qо‘shiqlar an’anaga kо‘ra ayollar tomonidan ravon uslubda, rechitativ kalta kuyda, pa
Доказательный фрагмент
«This article presents information about the labor songs in folkloric art performed by folklore groups: Kavushim, Oshpaz ko'shigi, Novoylar ko'shigi, Khavor-khavor, Temirchi, Doppim, etc.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article presents information about the labor songs in folkloric art performed by folklore groups: Kavushim, Oshpaz ko'shigi, Novoylar ko'shigi, Khavor-khavor, Temirchi, Doppim, etc. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Kavushim, Oshpaz ko'shigi, Novoylar ko'shigi, Khavor-khavor, Temirchi, Oshpaz qо‘shig‘i, Novoylar qо‘shig‘i, Xavor-xavor, Dо‘ppim, mehnat qo‘shiqlar.
Смежные источники
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025