К содержанию
РецензированоUZ2024

OʻTKIR HOSHIMOV IJODIDA OʻZIGA XOSLIK

Orazbaeva Asal

Современная наука и исследования · 3 · 2024

Аннотация

This article discusses the work of the outstanding Uzbek writer Otkir Hoshimov, the female heart and its suffering in his stories, the psyche and experiences of the heroine, their diverse destinies. The writer's unique style and ideas about the formation of a person's character are highlighted in his works. Keywords: female image, system of heroes, epic type, plot. ИНДИВИДУАЛЬНОСТЬ В ТВОРЧЕСТВЕ ОТКИРА ГАШИМОВА Аннотация. В данной статье рассматривается творчество известного писателя узбекского народа Откира Гашимова, женское сердце и его страдания, психика и переживания героя, их различные судьбы в его рассказах. В его произведениях отражены неповторимый стиль писателя и идеи формирования характера человека. Ключевые слова: женский персонаж, характерная система, эпический тип, сюжет. O'tkir Hoshimov (1941–2013) – o‘zbek adabiyotining taniqli vakili, yozuvchi va dramaturg. U inson qalbi, hayotning turfa qirralari hamda jamiyat muammolarini yuksak mahorat bilan tasvirlab bergan faylasuf ijodkordir. O'tkir Hoshimovning asarlari o‘zbek xalqining ijtimoiy- maishiy hayotidan olib yozilgan bo‘lib, ular sodda tili va samimiyligi bilan kitobxonlar mehrini qozongan. Yozuvchining ijodida mehr-oqibat, insoniylik, ona-bola munosabatlari, hayotning achchiq haqiqatlari singari mavzular yetakchi o‘rin tutadi. Uning asarlari oddiy insonlarning dardini, orzu-umidlarini aks ettirganligi uchun ham xalq orasida juda mashhur hisoblanadi. O'tkir Hoshimovning asarlari nafaqat O‘zbekistonda, balki chet el o‘quvchilari orasida ham sevib o‘qiladi. O‘tkir Hoshimov – XX asr o‘zbek adabiyotida chuqur iz qoldirgan ulug‘ yozuvchilardan biridir. U inson ruhiyatini, hayotning oddiy, ammo muhim haqiqatlarini samimiy va ta’sirchan tarzda tasvirlay olgan ijodkor sifatida tanilgan. O‘tkir Hoshimov o‘zbek adabiyotida Abdulla Qodiriy va Said Ahmad kabi “proza shoirlari”ning kenja avlodi hisoblanadi. U epik tur rivojidagi xizmatlari evaziga “so‘z zargari” degan nomga musharraf bo‘lgan. Bir qator hikoya, qissa va romanlari, adabiy-badiiy saboqlari bilan adabiyotimizda yorqin iz qoldirgan keng mushohadali, donishmand yozuvchidir. O‘tkir Hoshimov Ernest Xemenguey aytganiday, yozuvchi uchun yetarli bo‘lgan “ozgina iste’dod va baxtsiz bolalik” tuhfasidan benasib qolmadi. U mehnat faoliyatini maktab ta’limidan keyin oliy ta’lim tahsili bilan emas, ro‘zg‘orning moddiy ta’minotini tiklashdan boshladi. 6 90 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2024 VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Mazkur hayot tashvishlari, og‘ir mehnat mashaqqatlari yozuvchini har tomonlama tobladi. Uning qalbida “inson iztiroblariga ta’zim” hissini uyg‘otdi. Odamlar nazaridan tashqaridagi insonlar qismati, ya’ni quvonch-tashvishlari, xato va kamchiliklari bo‘lajak adibning o‘y-kechinmalariga mustahkam o‘rnashib oldi. U asarlarida milliy ruh, xalqona donolik va hayotning achchiq haqiqatlarini teran aks ettirgan. Uning qahramonlari oddiy kishilar – dehqonlar, ishchilar, o‘qituvchilar, bolalar bo‘lib, ular orqali yozuvchi katta mavzularni ko‘tarib chiqqan. O‘tkir Hoshimovning ijodi o‘zbek tilining boyligi va jozibasini yaqqol namoyon qiladi. Uning asarlari asosida hayotning turfa voqealari yotadi, bu esa kitobxon qalbiga yanada yaqin boradi. Inson qalbini, ichki kechinmalarini ifodalashda uning ijodi benazir. O‘tkir Hoshimov ijodi – o‘zbek xalqining ma’naviy boyligi va adabiy merosining yorqin sahifalaridan biridir. Akademik Baxtiyor Nazarov O‘tkir Hoshimov ijodiga “mavj urga daryo” – deya ta’rif beradi. [1] Yozuvchi ijodiga nazar tashlar ekanmiz, bir qancha asarlarida qahramonlarning ruhiy holatlari to‘la-to‘kis namayon bo‘lganiga guvoh bo‘lamiz. Adibning “Ikki eshik orasi”, “Tushda kechgan umrlar” asarlarida ayrim ruhiy talotumlar va ba’zan butun boshli qahramonlar tizimi qiyofasi aks etsa, “Bahor qaytmaydi”, “Dunyoning ishlari” singari qissalarida esa qalb manzaralari, ko‘ngil dardlari va ayol obrazi keng miqyosda talqin etiladi. Adibning asarlarida ayol obrazi va qiyofasi shunday tabiiy va jonli aks ettirilganki, bevosita shunday insonlar atrofimizda borligiga go‘yo shu asarlar orqali guvoh bo‘lamiz. “Bahor qaytmaydi” qissasidagi Muqaddam ayni hayot sinovlarida qiynalgan ayol qiyofasini ko‘rsatsa, “Dunyoning ishlari” qissasidagi har bir novella, har bir hikoya o‘zbek ayoli, o‘zbek onasi timsolini yaqqol tasvirlab bergan asardir. Ushbu qissadagi har bir hikoya ayol sabri, matonati, bardoshi, qanoatini ko‘rsatishga xizmat qilgan. “Urushning so‘nggi qurboni” hikoyasidagi ona obrazi esa chorasiz bir qushdek o‘z farzandi uchun jonini fido qilgan ayoldir. “O‘tkir Hoshimov ijodida kuchli, jiddiy qahramonlar paydo bo‘lyapti. Undagi uslubiy izlanishlar – uning qahramon tanlashida aks etmoqda”. [2] Oʻtkir Hoshimovning “Hurkitilgan tush” hikoyasida inson taqdiri, uning hayotdagi murakkab sinovlari, yo‘qotish va qayta topish mavzulari ko‘tarilgan. Asarning bosh qahramoni ruhiy kechinmalar og‘ushida orzu va haqiqat kontrastida kurashadi. Hiko

Доказательный фрагмент

«This article discusses the work of the outstanding Uzbek writer Otkir Hoshimov, the female heart and its suffering in his stories, the psyche and experiences of the heroine, their diverse destinies.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article discusses the work of the outstanding Uzbek writer Otkir Hoshimov, the female heart and its suffering in his stories, the psyche and experiences of the heroine, their diverse destinies. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
female image, system of heroes, epic type, plot, qahramonlar tizimi, ayol obrazi, syujet., epik tur
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники