К содержанию
РецензированоUZ2024

RAQAMLI TA’LIMDA BO'LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF O'QITUVCHILARIDA TA’LIM JARAYONINI BAXOLASH KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISH

Samatova Muborak Kaxxarovna

Современная наука и исследования · 1 · 2024

Аннотация

One of the main requirements of the modern education system is that teachers have the competence to effectively evaluate the educational process. This article is devoted to the 1104 Dekabr, 2024-Yil current issues of developing this competence of future elementary school teachers in the digital educational environment. The article presents various methods of digital assessment, their advantages and disadvantages, as well as recommendations for the development of teachers' knowledge and skills in this area. The results of the research are aimed at improving the quality of teacher training and improving the effectiveness of digital education. Key words: education, technology, competence, development, teacher, student, lesson, book, textbook. Bugungi kunda raqamli texnologiyalar shiddat bilan rivojlanib boryapti va har bir sohada zamon bilan hamqadam odimlashni taqozo etmoqda. Axborot olish va foydalanish tezligi juda yiriklashgan hozirgi davrda ta’lim tizimida raqamli texnologiyalardan foydalanish ta’lim sifatini oshirish va ijtimoiy faol yoshlarni tarbiyalashda katta axamyatga ega. Biz ilgari ta’lim dasturlarini an’anaviy usuli ya’ni ma’ruzani yirik xajmli kitoblar va qo`llanmalar orqali amalga oshirilgan shaklida olib borganmiz. Bu esa o`z navbatida ta’lim sifatining u qadar yuqori bo`lishini ta’minlamagan. Xozirda ta’lim sifatini ko’tarishda ta’limni raqamlashtirish jarayoni boshlangan. Ta’lim tizimining hozirgi holati noan’anaviy ta’lim texnologiyalarining roli ortib borayotgani bilan tavsiflanadi. Ta’lim oluvchi tomonidan ularning yordami bilan bilimlarni o’zlashtirish an’anaviy texnologiyalarga qaraganda ancha tezdir. Ushbu texnologiyalar bilimlarni rivojlantirish, egallash va tarqatish xarakterini o’zgartiradi, o’rganilayotgan fanlarning mazmunini chuqurlashtirish va kengaytirish, uni tezda yangilash, samaraliroq o’qitish usullarini qo’llash, shuningdek, har bir kishi uchun ta’lim olish imkoniyatini sezilarli darajada kengaytirish imkonini beradi. Raqamli texnologiyalar orqali ta’lim berilsa ta’lim oluvchilarga ta’lim olish usullari osonlashmoqda. Bunda esa ta’lim tizimi vostilari rolini multimediyalar, kodoskop, kompyuter, noutbuk, internetga ulangan televizorlar, telefon liniyalar, smart doska, proyektorlar bajarib beradi. Ta’lim beruvchilarga bunday vositalar bilan dars mashg’ulotlar o’tkazish ta’lim sifatini oshirishni ta’minlaydi. Kompetensiya (lotincha “competo” so‘zidan olingan bo‘lib, “erishaman, muvofiqman, mos kelaman” ma’nolarini beradi) — kishi egallagan muayyan bilim, ko‘nikma, malakalar majmuasini anglatadi. Kompetensiya tushunchasi nisbatan yaqindan boshlab, 1960-yillarning oxiri va 1970- yillarning boshlaridan keng qo‘llanila boshlandi. Kompetensiya – ma’lum bir sohada samarali faoliyat olib borish uchun zarur bo‘lgan mutaxassisning ta’limiy tayyorgarligiga qo‘yilgan talabdir. 1105 Dekabr, 2024-Yil U davlat ixtiyorida bo‘lgan, oldindan belgilangan ijtimoiy talab bo‘lib, u o‘quvchi (ishchi)ning muayyan sohada samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun zarur bo‘lgan ta’limiy (professional) tayyorgarligiga nisbatan qo‘yiladi. Kompetensiyalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan ta’lim – o‘quvchilarning egallangan bilim, ko‘nikma va malakalarini o‘z shaxsiy, kasbiy va ijtimoiy faoliyatlarida amaliy qo‘llay olish imkoniyatidir. Kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan ta’lim o‘quvchilarda mustaqillik, faol fuqarolik pozitsiyasiga ega bo‘lish, tashabbuskorlik, mediaresurslar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan o‘z faoliyatida oqilona foydalana olish, ongli ravishda kasb-hunar tanlash, sog‘lom raqobat hamda umummadaniy ko‘nikmalarini shakllantiradi. Bundan tashqari, ta’limda har bir o‘quv fanini o‘zlashtirish jarayonida o‘quvchilarda, shu fanning o‘ziga xosligi, mazmunidan kelib chiqqan holda, sohaga tegishli xususiy kompetensiyalar ham shakllantiriladi. Kompetensiyali yondashuv, inson faoliyatida har tomonlama kompetenlilikni shakllantirish hozirgi zamon jamiyati va ta’limining asosiy sharti hisoblanadi. Bu talab o‘qituvchi- pedagoglar faoliyatiga ham bevosita daxldordir. Bugungi kunda dunyo ta’limini yangilashning asosiy yo‘nalishi ta’lim jarayonida faoliyatli yondashuv orqali dunyoni, hayotni, kasbiy faoliyatni yaxlit tizimli ko‘ra olish, unda tizimli faoliyat ko‘rsatish, yangi-yangi muammo va topshiriqlarni hal eta olish tajribasini shakllantirishdan iboratdir. Baholash kompetensiyasi – bu shaxsning ma'lum bir sohada yutuqlarni, bilimlarni, ko'nikmalarni va qobiliyatlarni aniqlash, o'lchash va baholash qobiliyatini ifodalovchi murakkab kompetensiyadir. U quyidagi elementlardan iborat: -bilimlar: Baholashning turli usullari, standartlari, mezonlari va texnologiyalari haqidagi chuqur tushuncha. Bu nafaqat nazariy bilimlarni, balki turli baholash vositalarining afzalliklari va kamchiliklarini tushunishni ham o'z ichiga oladi. - ko'nikmalar: Baholash vositalarini tanlash, qo'llash, natijalarni tahlil qilish va talqin qilish, shuningdek, baholash jarayonini rejalashtirish va tashkil etish ko'nikma

Доказательный фрагмент

«One of the main requirements of the modern education system is that teachers have the competence to effectively evaluate the educational process.»

Образец извлечения

Демо-превью

One of the main requirements of the modern education system is that teachers have the competence to effectively evaluate the educational process. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
education, technology, competence, development, teacher, student, lesson, o‘qituvchi, o‘quvchi, rivojlanish, darslik., ta’lim, texnologiya, kitob, kompetentsiya, dars
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники