К содержанию
РецензированоRU2023

Aholi daromadlarini ko‘paytirish va milliy iqtisodiyotni barqaror rivojlantirishning innovatsion yo‘nalishlari

Amaniyazov Rinat Bayniyazovich · Aliev Paraxat Keunimjaevich

Перспективы реформирования и устойчивого развития национальной экономики · 2023

Аннотация

Aholi pul daromadlari tarkibining oʻzgarishi, milliy iqtisodiyotni rivojlantirish sharoitida innovatsion-investitsion faoliyatning ustuvor yo‘nalishlarini ochib beradi. Kalit so’zlar: аhоli, daromad, narx, moliyaviy, milliy iqtisodiyot, raqobatbardosh, innovatsiya, korxona, loyiha, soha. Аhоlini turmush dаrаjаsini nоminаl emas balki real pul daromadlari tashkil etadi. Bu pul daramodlarning quyidagilardan iborat boʻladi: ish haqining hajmi, tadbirkorlik natijasida keladigan jami, kimmatbaho qogʻozlardan keladigan daromadlar va shuningdek amaldagi soliq tizimi, narxlardan tartibga solish inflasiya darajasi, dotasiyalar hajmi va boshqalar. Fuqarolarning real daromadlari qiymatning taqsimlanishi va qayta taqsimlash natijasid yuzaga keladi. Demak, aholining real pul daromadlari asosiy mehnat daromadlaridan tashqari yana boshqa qoʻshimcha toʻlovlardan tashkil topadi [1]. 478 “MILLIY IQTISODIYOTNI ISLOH QILISH VA BARQAROR RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi Bozor iqtisodiyoti sharoiti bu moliyaviy qoʻshimchalar sezilarli darajada ortadi va aholi pul daromadlari uchun moliyaviy reguliyator xarakterini oladi. Oʻzbekistonda aholi daromadlarining shakllanish manbalari davlat tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlar natijasida xilma-xil shakllarga ega boʻlib bormoqda (1-jadval). 1-jadval Aholi pul daromadlari tarkibining oʻzgarishi. 2021 yil 2023 T/r Koʻrsatkichlar 2021 yil 2023 yil yilga nisbatan oʻzgarishi, % 1 Ish haqi 30,5 33,0 +2,5 2 Tadbirkorlik faoliyatidan daromad 29,9 29,0 -0,9 Ijtimoiy transfertlar (nafaqa, stipendiya va 15,4 16,4 +1,0 3 boshqalar) Dehqon xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan 4 daromadlar 23,9 21,2 -2,7 5 Boshqa daromadlar 0,3 0,4 +0,1 6 Jami daromadlar 100 100 - Manba: Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi ma’lumotlari. Bunda aholining asosiy ish joyidan oladigan daromadalaridan tashqari qoʻshimcha tadbirkorlik faoliyati va oʻzlariga ajratilgan yer maydonlarida dehqon xoʻjaligi tashkil etib, unda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishdan olgan daromadlari ham katta oʻrin tutayotganligi alohida e’tiborga molikdir [2]. Biz uchun muhim ijtimоiy аhаmiyаtgа egа bоʻlgаn аhоlini ish bilаn tа’minlаsh bilаn bоgʻliq muаmmоlаrgа kаttа e’tibоr qаrаtilib, bu bоrаdа аniq mаqsаdgа yоʻnаltirilgаn ishlаrni izchil аmаlgа оshirаyоtgаnimiz mаvjud аhvоlni tubdаn оʻzgаrtirish uchun imkоn yаrаtdi. 2023 yilga koʻra, Oʻzbekistondagi mehnat resurslari soni 19 mln 453,3 ming kishiga yetdi. Shuni 2 mln nafardan ortigʻi xorijdagi mehnat migrantlari hisoblanadi. Mamlakatda ishga muhtojlar soni yil boshidagi 1,4 mln kishidan (9,6%) iyunga kelib 1,3 mln kishigacha (8,8%) kamaydi [3]. Shu o’rinda, milliy iqtisodiyotning raqobatdoshligini oshirish va dunyo bozorlariga chiqish, birinchi navbatda iqtisodiyotni izchil isloh etish, yuqori texnologiyalarga asoslangan yangi korxona va ishlab chiqarish tarmoqlarining jadal rivojlanishini ta’minlash hisobidan amalga oshirilishi mumkin. Boshqacha so‘z bilan aytganda, innovatsiya faoliyatini rivojlantirmay turib, iqtisodiyot raqobatbardoshligiga erishib bo’lmaydi. Innovatsiya atamasining mazmunidan kelib chiqib shuni aytish mumkinki, qachonki har qanday kashfiyotlar, yangi voqealar, xizmatlar va usullar turlari tarqalishiga qabul qilinsa, o‘shanda xalq ommasi tomonidan tan olinadi. Bunda yangilikning joriy etilishi yangilikni qo‘llash jarayonini bildiradi va yangilikning tarqatilishiga qabul qilinishi vaqtidan boshlab yangi sifat – innovatsiyaga aylanadi. Demak, innovatsiyani hayotga joriy qilishdan maqsad biror bir ijobiy natijaga erishishdir. Bundan shuni anglash mumkinki, innovatsiya sohasi o‘z- 479 “MILLIY IQTISODIYOTNI ISLOH QILISH VA BARQAROR RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘zidan investitsiya sohasi bilan chambarchas bog‘liqdir. Milliy iqtisodiyotni rivojlantirish sharoitida innovatsion-investitsion faoliyatning ustuvor yo‘nalishlari sifatida quyidagilarni ko‘rishimiz mumkin: ➢ korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlashni yanada jadallashtirish, zamonaviy, moslashuvchan texnologiyalarni keng joriy etish; ➢ eksportga mahsulot chiqaradigan korxonalarning tashqi bozorlarda raqobatdosh bo‘lishini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish va eksportni rag‘batlantirish uchun qo‘shimcha omillar yaratish; ➢ ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot tannarxini kamaytirishni rag‘batlantirish hisobidan real sektor korxonalarining raqobatdoshligini oshirish; ➢ elektroenergetika tizimini modernizatsiya qilish, energiya iste’molini kamaytirish va energiya tejashning samarali tizimini joriy etish choralarini amalga oshirish; ➢ ichki bozorda talabni rag‘batlantirish orqali mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llabquvvatlash. Albatta, milliy iqtisodiyotni modernizatsiyalash, uning raqobatbardoshligini oshirishda innovatsiyalarning o‘rni beqiyos. Lekin mamlakatda innovatsiya faoliyatining tashkil etilishi va rivojlanishi uchun quy

Доказательный фрагмент

«Aholi pul daromadlari tarkibining oʻzgarishi, milliy iqtisodiyotni rivojlantirish sharoitida innovatsion-investitsion faoliyatning ustuvor yo‘nalishlarini ochib beradi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Aholi pul daromadlari tarkibining oʻzgarishi, milliy iqtisodiyotni rivojlantirish sharoitida innovatsion-investitsion faoliyatning ustuvor yo‘nalishlarini ochib beradi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
income, аhоli, innovation, moliyaviy, инновации, milliy iqtisodiyot, цена, промышленность, narx, national economy, предприятие, доход, национальная экономика, конкурентоспособность, raqobatbardosh, project, financial, price, проект, финансы, korxona, enterprise, daromad, loyiha, population, innovatsiya, industry, население, soha, competitive
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники