К содержанию
РецензированоRU1929

О возникновении и развитии потока сознания в литературе (на примере романа У. Фолкнера Шум и гнев)

Д Мукимова (Самаркандский государственный институт иностранных языков)

Современные лингвистические исследования: зарубежный опыт, перспективные исследования и инновационные методы преподавания языков · 1929

Аннотация

В статье анализируются возникновение и развитие потока сознания в художественной литературе и другие особенности на примере романа известного английского писателя У. Фолкнера «Шум и гнев». Ключевые слова: поток сознания, художественные течения, модернизм, современная литература, роман. Annotation: This article analyzes the emergence and development of the flow of consciousness in fiction and other peculiarities on the example of the famous English writer W. Faulkner's novel,, The Sound and the Fury’’. Key words: stream of consciousness, art trends, modernism, modern literature, novel. Bizga ma’lumki, jahon adabiyotida ong oqimi yo‘nalishi XX asrning birinchi choragida vujudga kelgan. Aslini olganda esa «Ong oqimi» adabiy yo‘nalish sifatida paydo bo‘lgan modern adabiyotining ildizi dunyoda yaratilgan ilk rivoyat, asotir-miflarga borib taqaladi. Odam alayhissalomning o‘g‘illari Hobil va Qobilning fojiasi, ularning istig‘fori, tavba-tazarrusi, iztiroblari hali-hanuz ong oqimining teran tomirlarida oqib kelmoqda. Bir jihatdan ong oqimiga xos murakkab jarayonni qog‘ozga tushirish osondek tuyulsa-da, aslida murakkab ijodiy ish hisoblanadi. Bu yo‘nalishda yozilgan asarlar shakli va uslubi ko‘p hollarda assotsiativ syujetni talab etadi va u asosiy syujet turiga aylanadi. Assotsiativ syujet, o‘z navbatida, o‘ziga xos tasvir printsiplarini talab etadi. XX asrga kelib g‘arb adabiyotiga mazmun va mohiyatiga kora bir biridan farq qiluvchi turli xil oqinlar va yonalishlar kirib keldi va keng rivoj topdi. Bunga misol qilib naturalizm, modernizm, realizm kabi turli oqimlar va yonalishlarni sanab o‘tishimiz mumkin. XX asr ingliz adabiyotining yorqin vakili U.Folkner ijod qilgan ong oqimi yo‘nalishi ham shunday adabiy yo‘nalishlardan biri sanaladi. Adibning ayni jahon moliyaviy va iqtisodiy inqirozi avj olgan 1929- yilda yozilgan,, The Sound and the Fury’’- ,,Shovqin va g‘zab’’ romani ham ong oqimi uslubida yozilgan asarlarga yaqqol misol bo‘la oladi. Asar to‘rt qisimdan iborat bo‘lib unda XX asrning 1- qismi Xususan 1-jahon urushidan keying Amerika janiyatining ijtimoiy hayoti yaqqol namoyon etib beriladi. Shuni alohida takidlash lozimki “SHovqin va g‘azab” romani aynan “shovqin”, ya’ni yozuvchining “g‘azabi” bilan she’riyat musiqasi to‘qnashuvining yorqin namunasidek namoyon bo‘ladi, ushbu jarayonni aks ettirishga harakat qiladi, ulkan badiiy makonga aylantirmoqchi bo‘ladi. Ushbu to‘rt fasldan iborat romanda ijodiy shijoat manbasi sifatida ayol obrazi, ayollik ibtidosi bosh omildek talqin qilinadi. Gap qahramonlardan biri – Keddi Kompson haqida ketmoqda. Muallif uning portretini chizarkan, shunday ta’riflaydi: “…orqasi kir bo‘lib ketgan ishtonchali qizaloq olmurut daraxtiga chiqib olib, derazadan dafnga tayyorgarlik qanday ketayotganini kuzatarkan, pastda turgan akalariga nimalar bo‘layotganini aytib turardi” [tarjima – M.X.]. Folkner matnining har bir qismi – o‘tmish qiyofasiga yana bir yangi rangli chiziq tortilgandek tasavvur hosil qiladi. Bu chiziq umumiy manzara bilan uyg‘unlashib ketib, o‘tmishda hamma narsa o‘z joyida bo‘lganligini ko‘rsatib turadi. Bir vaqtning o‘zida bu 191 shiddat bilan harakatlanuvchi, o‘tmishni bugungi kunga olib chiquvchi va shu tobda uni o‘zgartirib yuboruvchi vaqtdir. Romanda haraqat va qarshi harakat mavjudligi Keddi Kompsonni lirik his-tuyg‘ular, ajib va g‘alati ayollik ibtido ifodalovchisiga aylantiradi. Ushbu ayollik ibtido zamirida or-nomusini yo‘qotgan, nomiga dog‘ tushirgan ayol haqidagi naturalistik hamda ruhan azoblangan, ehtiros va shahvoniy istaklarini tiya olmagan ayol haqida simvolistik romanlar to‘qnashadi va bir-biriga qorishib ketadi. Bundan tashqari, ayollik ibtidosida jinslar muammosi, onalik va bolalik xususidagi qizg‘in bahs-munozara, ishq, gunohga botish, zinogarlik, oila, butun dunyo halokatga uchrashi mavzuidagi ramzli hikoya yotibdi. Nima bo‘lganda ham, U.Folknerning “SHovqin va g‘azab” romani – bir butun yaxlit holdagi badiiy asardir. Ushbu asar o‘zining ichki keskinligi, ifodaviyligi va mazmundorligi jihatidan simvolizm ruhida yozilgan she’riy asarlarga yaqin hisoblanadi,chunki bunday nasriy asarlar adib tomonidan, eng avvalo, she’riyat chegaralarini kengaytirish maqsadida yozilgan, undagi universal va hamma narsaga singib ketuvchi, bir maromda kechuvchi badiiy hodisada hayotning asl ma’nosi axtariladi. Ushbu holatdan ham ko‘rishimiz mumkinki Ong oqimi yo‘nalishida yozilgan badiiy asarlarda voqea-hodisalar emas, insonning oʻzi, uning oʻy-fikrlari, alamlari, iztiroblari, ruhiy olami tasvirlash yetakchilik qilyapti, insonning ruhiy olami, oʻy-fikrlari, alamlari, iztiroblari, ochib berilyapti. Shuning uchun ham bunday asarlarda ichki kechinmalar, tuygʻular, hislar in ’ikosi orqali inson qiyofasining toʻla namoyon boʻlishi badiiylikning muhim mezoni bo‘lib xizmat qiladi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: 1. H.Umurov. Adabiyot nazariyasi, Samarqand. 2001. 2. E.Xudoyberdiyev. Aadabiyotshunoslikka kirish. Toshkent. 2007. 3. W.Faulkner. The Sound and the Fury. 1979. 4. ww

Доказательный фрагмент

«В статье анализируются возникновение и развитие потока сознания в художественной литературе и другие особенности на примере романа известного английского писателя У.»

Образец извлечения

Демо-превью

В статье анализируются возникновение и развитие потока сознания в художественной литературе и другие особенности на примере романа известного английского писателя У. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
stream of consciousness, art trends, modernism, modern literature, stream of consciousness, современная литература, роман, модернизм, modernizm, zamonaviy adabiyot, modern literature, art trends, художественные течения, ong oqimi, roman, novel, badiiy harakatlar, поток сознания
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники