Иностранная филология: язык, литература, образованиеИрода Баенханова2019
Проблемы перевода анималистических фразеологизмов
ANIMALISTIK FRAZEOLOGIZMLARNING TARJIMADAGI · M.R.Matchanov (UrDU)
Современные лингвистические исследования: зарубежный опыт, перспективные исследования и инновационные методы преподавания языков · 2026
Аннотация
Данная статья посвящена изучению проблем перевода анималистической фразеологии. Основное внимание уделяется проблемам, возникающим при переводе фразеологии с английского языка на узбекский. Автор раскрыл свои идеи с помощью примеров. Ключевые слова: фразеология, английский язык, узбекский язык, оригинальность, перевод. Annotation. This article is dedicated to the study of translation problems of animalistic phraseology. The main focus is on the problems encountered in the translation of phraseology from English into Uzbek. The author disclosed his ideas with help of exact examples. Key words: phraseology, English, Uzbek, originality, translation. Tarjima jarayonida til birliklarini to‘g‘ri tanlash mas'uliyati san’atkor oldiga asl nusxada aks etgan barcha vositalarning, bayon etilgan fikrlarning estеtik va badiiy qiymatini tarjima tili boyligidan unumli foydalanish asosida funksional qayta yaratish vazifasini qo‘yar ekan, bu hol san’atkordan ijodiy jarayon uchun zarur bo‘lgan juda ko‘p narsalarni bilish bilan birga birliklarning o‘zlariga xos sеmantik-stilistik xususiyatlarini, ularning har xil muhit va sharoitlarda o‘zaro birikish imkoniyat va qobiliyatlarini puxta o‘zlashtirgan holda ish ko‘rishni talab qiladi. Bu esa tarjima tilining mantiqan boy bo‘lishiga zamin yaratadi. Tarjimon va tarjimashunoslar o‘rtasida doimo keskin tortishuvlarga sabab bo‘layotgan muammolardan biri – tarjima qilish usulidir. Aniq, ijodiy, erkin, satrma-satr tarjima usullari mavjud bo‘lib, har birining ijobiy va salbiy tomonlari bor. Quyida misol tariqasida keltirilgan maqolalar mualliflarning deyarli barchasi aniq, ijodiy tarjimani ma’qullab satrma-satr tarjimani qoralaydilar. Ma’lum bo‘lganidek, asl nusxadagi milliy ruhni berishini bir so‘z, bir gap yoki asarning biror bobi hal qilmaydi. O‘sha millatga oid qandaydir so‘z tarjimasiz qolib ketishi mumkin, lekin, personajlar dunyoqarashida, ongida, yurish-turishida, urf-odatida, gap- so‘zida, psixologiyasidagi millatga xoslik, albatta, berilishi kerak. R.Fayzullayevaning ‘Badiiy tarjimada sizlash va senlash muammosi” maqolasida: ”Sizlash va senlash har bir xalqning tarixiy taraqqiyotida shakllanib kelgan an’ana” – deb yozadi [3]. Bu an’ana o‘zbeklarda juda nozik. Ruslarda ota, ona, erga nisbatan “sen” deb murojat qilinsa, o‘zbeklarda bu o‘ta qo‘pol eshitiladi. Maqola muallifi bu muammoga tarjimonlar alohida e’tabor berishlari zarurligini ta’kidlab, misollar keltiradi. Tarjimonlar ijodiy jarayonida duch keladigan yana bir muamo – bu o‘zga tildagi maqol, matal, idioma. Frazeologizm, metaforalarni tarjima qilishdir. Bu tarjimadan katta mehnat talab qiladi. Yana bir muhim masala shundan iboratki, tarjimachilik adabiyotshunoslik faniga suyanadimi yoki tilshunoslik fanigami? Tarjima nazariyasi bilimdoni hisoblangan A.Fyodrov tarjimaga butunlay tilshunoslik nuqtai nazaridan yondoshsa, undan farqli o‘laroq, tarjimani faqat stilistik solishtirma, deb e’lon qiladi. Y.Etkind o‘zining “Четыре антинолика теории перевода” nomli maqolasida tarjima jarayoni ikkita tarixiy shakllangan grammatikaning to‘qnashuvidan iborat degan fikrni qayd etadi. Tarjimani tekshirishda asl nusxa bilan solishtirishga to‘g‘ri keladi, matn 181 taqqoslanadi, so‘ngra tarjima yaxlit, butunicha o‘rganiladi. Ko‘rinib turibdiki, tarjimada tilshunoslik ham, adabiyotshunoslik ham birgalikda qo‘llaniladi. Tarjima qilingan asarni bir tomonlama tekshirib, tarjima haqida to‘la xulosa chiqarish mumkin emas. Bugungi kunda tarjima asarlarida milliy koloritni, davr ruhini saqlash, maqol, matal, idiomalarni berish masalalari haqida turli fikrlar mavjud, biroq, xorijiy tillardan tarjima qilishning o‘ziga xos tomonlari nazariy jihatdan kam o‘rganilmoqda [2: 87]. Ma’lumki, tarjima nazariyasi va amaliyotida, asosan, maqol, matal va idiomalar tarjimasida uchta omil hukm suradi: – asl nusxadagi frazeologizmga tarjima tilidan teng qiymatli ekvivalent qidirib topish; – asar o‘girilayotgan tildan monand muqobil variant topib qo‘yish; – frazeologizmni aynan so‘zma-so‘z tarjima qilish. Har uchala hol uchramagan taqdirda tarjimon ularning umumiy ma’nosini aks ettirish bilan kifoyalanishiga majbur bo‘ladi. Xullas, o‘zbek tilidan ingliz tiliga, ingliz tilidan o‘zbek tiliga o‘girilgan matnlar a’lo bo‘lishi uchun bizga ikki tilli frazeologik lug‘atlar juda zarurdir [1: 86-88]. Mark Tvenning “Janna D’Ark” romanida qo‘llanilgan “not to hurt a fly” frazeologizmining “pashshaga ozor bermaslik” ekvivalenti bilan almashtirilishi adekvatlikni ta’minlagan ekan, bu yerda asosiy omil birlikning o‘zga shaklda qo‘llanilishidir. … The idea of that gentle creature, that wouldn’t hurt a fly … rishing into battle with a gang of soldiers at her back. Bir o‘ylab qarang-a, pashshaga ozor bermagan ana shu yuvosh qiz jangga borarmish, yana soldatlarni boshlab borarmish. Har bir tarjimaning ijobiy va salbiy jihatlari bor. Chunki asl nusxani asar sifatida taqdim etgan mualliflar har bir jumlani yoki so‘zni qaysi ma’noda va nima maqsadda berilganligini anglab yetishi tarjimo
Доказательный фрагмент
«Данная статья посвящена изучению проблем перевода анималистической фразеологии.»
Образец извлечения
Демо-превьюДанная статья посвящена изучению проблем перевода анималистической фразеологии. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- phraseology, English, Uzbek, originality, translation, фразеология, frazeologizmlar, o‘ziga xoslik, перевод, узбекский язык, o‘zbekcha, tarjima, оригинальность, английский язык, inglizcha
Смежные источники
Медицина и инновацииХ Камилов, К Тахирова +12021
Иностранная филология: язык, литература, образованиеА.Нурмухамедов СамДУ доценти, Илм аҳлига инкор категорияси2017
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021