К содержанию
РецензированоUZ2026

Uy-joy qurilishini davlat-xususiy sheriklik asosida va ulushli moliyalashtirish

ULUSHLI MOLIYALASHTIRISH · Berdaliyeva Muhabbatxon Zayniddin qizi

Перспективы реформирования и устойчивого развития национальной экономики · 2026

Аннотация

Ushbu tezisda ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikka erishishda uy-joyni moliyalashtirish sohasining ahamiyati, uy-joyni moliyalashtirishning turli usullari, xususan, korporativ moliyalashtirish va davlat-xususiy-sheriklik masalalari muhokama qilingan hamda xorij tajribasi keltirib o‘tilgan. Kalit so‘zlar: uy-joy, moliyalashtirish, korporativ moliyalashtirish, davlat-xususiy sherikchiligi asosida moliyalashtirish. Ijtimoiy-iqtisodiy jadal rivojlanish davrida aholini uy-joy bilan ta’minlash masalasi davlat uchun dolzarb bo‘lib qolmoqda. Demografik o‘zgarishlarning doimiy o‘sib borishi bilan davlatning uy-joy masalalariga aralashuvi innovatsion va samarali strategiyalarni talab qiladi. Shu nuqtai nazardan, davlat-xususiy sheriklik (DXSh) uy-joy sotib olish layoqati yetarli bo‘lmagan aholi qatlamiga arzon uy-joy qurish muammolariga muvaffaqiyatli yechim topishning asosiy vositasi sifatida namoyon bo‘lmoqda.. O‘z mablag‘laridan tashqari, yangi uy-joy quruvchilar DXSh doirasida uzoq muddatli bank kreditlari, aksiyadorlik fondlari va maxsus maqsadli kompaniyalar (SPV) kabi turli moliyalashtirish instrumentlariga murojaat qilishadi. DXShda tomonlar o‘rtasidagi vakolat va majburiyatlarning taqsimlanishiga ko‘ra, 2 xil sheriklik shaklini ajratib ko’rsatish mumkin. Davlat ustunlikka ega bo‘lgan DXSh quyidagi sxemada o‘z aksini topgan (1-rasm): *LQM – loyihalash, qurish, moliyalashtirish 1-rasm. Davlat-xususiy sherikchiligida davlat ustunlikka ega bo‘lgan sheriklik[Ошибка! Источник ссылки не найден.] 276 “MILLIY IQTISODIYOTNI ISLOH QILISH VA BARQAROR RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi Qurilish kompaniyalari va investorlar subsidiya uchun eng past talab yoki ular taklif qilishga tayyor bo‘lgan eng yuqori mukofot asosida raqobatlashadilar (1-jadval)[Ошибка! Источник ссылки не найден.]. 1-jadval Davlat ustunligidagi sheriklikda tomonlarning vakolatlari[Ошибка! Источник ссылки не найден.] Davlat vakolatlari Xususiy sherik vakolatlari Yer va infratuzilma bilan ta’minlash Uy-joy qurilishini tahskil qilish Benefitsiarlar tanlash va dizayn uchun talablarni Qurilishni moliyalashtirish belgilash Boshqarish va texnik xizmat ko‘rsatish Past daromadlilar uchun kafolatli chegirma berish Ipoteka bilan bog‘liq subsidiyalarni taqdim etish Investorlar yerning qoldiq qiymati, uy-joyning arzonligi, o‘z kapitali: qarz levereji va rivojlanish dasturi bo‘yicha raqobatlashadi. DXShda xususiy sektor ustunlikka ega bo‘lgan sherikchilik shakli sxemasi 2-rasmda keltirilgan. 2-rasm. Davlat-xususiy sherikchiligida xususiy sektor ustunlikka ega bo‘lgan sheriklik [Ошибка! Источник ссылки не найден.] Xususiy sektorning hissasi bevosita jarayon ijrosi bilan bog‘liq bo‘ladi. Ushbu munosabatlarda davlat yoki xususiy sektorning ustunligi ularning moliyalashtirish va sotuv jarayonini belgilashdagi vakolatlari bilan aniqlanadi. Bozor iqtisodiyoti rivojlangan davlatlarda aholini, jumladan o‘rta va past daromadga ega bo‘lgan qismini talablarga mos, shinam uy-joy bilan ta’minlash masalalari asosiy ijtimoiy muommolardan sanalib, ko‘pchilik davlatlar mazkur muammoni bartaraf etish maqsadida davlat va xususiy sherikchilik asosidagi kooperatsion aloqalardan keng foydalanilib kelinmoqda. Xususan, 1950 yillarda Yaponiyada uy-joy kredit korporatsiyasi, 1962 Koreya milliy uy-joy 277 “MILLIY IQTISODIYOTNI ISLOH QILISH VA BARQAROR RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi korporatsiyasi tashkil qilingan. 2-jadval Xususiy sherik ustunligidagi sheriklikda tomonlarning vakolatlari [Ошибка! Источник ссылки не найден.] Davlat vakolatlari Xususiy sherik vakolatlari Yer bilan ta’minlash Benefitsiarlar uchun talabni belgilash Dizayn uchun talablarni belgilash Qurilishni moliyalashtirish Risklarni o‘z zimmasiga olish Uy-joylarni loyihalash Uy-joylarni qurish Boshqarish va texnik xizmat ko‘rsatish Yakuniy foydalanuvchilarni moliyalashtirish Butun dunyo mamlakatlarida davlat o‘rta darajadagi hamda kam ta’minlangan aholini uy-joy bilan ta’minlashda o‘ziga xos yo‘nalishlardan foydalanishadi. Ulardagi umumiy xususiyat shundan iboratki mazkur jarayonda davlat aralashadi va shu yerda davlat bilan xususiy sektorning kooperatsion sherikchilik aloqalarini kuzatish mumkin bo‘ladi. Dunyoning rivojlangan hamda rivojlanayotgan davlatlarida mazkur muammoni bartaraf etish maqsadida qo‘llanilayotgan ipoteka subsidiyalarini qanday ko‘rinishlari mavjudligi va ular qaysi davlatlarda qo‘llanilayotganligini davlatlar misolida ko‘rib chiqamiz. Qurilishni ulushli moliyalashtirish. Uy-joy qurilishi sohasidagi eng muhim muammo yangi qurilgan uy-joylarning mutlaq ko‘rsatkichlarda ham, uy xo‘jaliklarining o‘rtacha daromadlari bilan taqqoslaganda ham yuqori narxidir[1]. Mamlakatimizda o‘rta muddatli istiqbolda aholi bandligini ta’minlash nisbatan yuqori darajadagi inflyatsiya bilan kechadi, shuningdek, xususiy sektor mablag‘larini uy-joy qurilishiga jalb qilish bu yo‘nalishdagi xorijiy tajribasidan foydalanish zaruratini keltirib chiqaradi.

Доказательный фрагмент

«Ushbu tezisda ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikka erishishda uy-joyni moliyalashtirish sohasining ahamiyati, uy-joyni moliyalashtirishning turli usullari, xususan, korporativ moliyalashtirish va davlat-xususiy-sheriklik…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu tezisda ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikka erishishda uy-joyni moliyalashtirish sohasining ahamiyati, uy-joyni moliyalashtirishning turli usullari, xususan, korporativ moliyalashtirish va davlat-xususiy-sheriklik… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
финансирование, uy-joy, davlat-xususiy sherikchiligi asosida moliyalashtirish, жилье, financing based on public-private partnerships, financing, housing, korporativ moliyalashtirish, корпоративное финансирование, moliyalashtirish, corporate financing, финансирование государственно-частного партнерства
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники