К содержанию
РецензированоUZ2024

MAMLAKATIMIZDA MATEMATIKA FANINING O‘RNI VA SALOHIYATI HAQIDA

NEW RENAISSANCE · Guliston Shodiyeva Temirovna

Современная наука и исследования · 1 · 2024

Аннотация

Inson hayoti davomida o’qigan fanlari juda ham kerak bo’lganidek, matematika fani shu fanlar ichida eng keragi hisoblanadi. Har qanday sarf-xarajat uchun matematika fanining o’rni kata. Jamiyatimizning har qanday harakatlari matematika fani asosida amalga oshiriladi. Maqolada shular haqida so’z boradi. Kalit so’zlar: pedogogika, so’z sanati, metodik usul, matematika, asosiy vazifa. Mamlakatimizda matematika fani o‘zining katta ahamiyatiga ega bo‘lib, nafaqat ilmiy, balki iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishning asosiy omillaridan biri hisoblanadi. Matematika fanining o‘rni va salohiyati bir nechta jihatlardan ko‘rinadi. 1. Ilmiy va texnologik rivojlanish Matematika ilm-fan va texnologiya sohalarining rivojlanishiga asos bo‘ladi. Ayniqsa, informatika, texnika, fizika, kimyo va boshqa ko‘plab fanlar matematik usullarni qo‘llab- quvvatlaydi. Raqamli texnologiyalar va sun'iy intellekt rivojlanishida matematikaning ahamiyati beqiyosdir. O‘zbekistonning raqamli iqtisodiyoti va IT sohasida muvaffaqiyatga erishish uchun matematika asoslarini chuqur o‘rganish zarur. 2. Ta'lim tizimidagi o‘rni Matematika o‘quvchilar va talabalar uchun asosiy fanni tashkil etadi. U nafaqat ilmiy bilimlarni shakllantirish, balki mantiqiy fikrlash, muammoni yechish, tahlil qilish va ijodiy yondashuvni rivojlantirishda ham katta rol o‘ynaydi. Mamlakatimizda matematika fani bo‘yicha olimpiadalar, musobaqalar va boshqa ilmiy tadbirlar tashkil etilib, yoshlarni ushbu fan bo‘yicha chuqur bilim olishga rag‘batlantirmoqda. 3. Iqtisodiy rivojlanish Matematika iqtisodiyot sohasida ham o‘zining salohiyatini namoyon etadi. Moliyaviy tahlil, statistik ma'lumotlar, prognozlash, va iqtisodiy modellashuvda matematika usullari qo‘llaniladi. Raqamli texnologiyalar va avtomatlashtirish jarayonlari iqtisodiyotning samaradorligini oshirishda muhim omil bo‘lmoqda. 237 NEW RENAISSANCE 2024 DECEMBER INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 1 | ISSUE 10 4. Ijtimoiy hayotda matematikadagi yutuqlar Matematikaning salohiyati nafaqat ilmiy sohada, balki kundalik hayotda ham sezilarli. Raqamli texnologiyalar va matematik modellar orqali muammolarni hal qilish, qarorlar qabul qilish, va ijtimoiy tizimlarni samarali boshqarish imkoniyati yaratiladi. 5. O‘zbekistonning xalqaro arenadagi mavqei Mamlakatimizda matematika fanini rivojlantirish, xalqaro maydonda O‘zbekistonning ilmiy va texnologik mavqeini kuchaytirishga yordam beradi. Matematika bo‘yicha xalqaro olimpiadalarda o‘zining yuqori natijalarini ko‘rsatgan o‘zbekistonlik yoshlarning soni ortib bormoqda. Matematika bolaning intellektual faoliyatini rivojlantirishda muayyan maqsad sari qaratilgan sistematik faoliyat to’g’risidagi hamda ta’lim jarayonining innovatsion xususiyatlarini ochib bera oladigan fan hisoblanadi. Matematikaning asosiy vazifasi bolaning aqliy ongini o’stirish uni jamiyat hayotidagi o’rnini belgilashdan iborat. Matematika fani pedagogika bilan bog’lanib, o’quvchining sotsial hayotini izga solishda, barkamol shaxs sifatida shakllantiruvchi asosiy mezondir. O’qituvchining ta’lim-tarbiya sohasidagi faoliyatida erishishi lozim bo’lgan barcha ijobiy natijalari o’quvchilar bilan erkin muloqotni to’g’ri tashkil etishida ko’rinadi. O’qituvchi so’z san’atining cheksiz qudrati asosida o’quvchilarga tarbiyaviy ta’sir ko’rsatishi, har bir darsni qiziqarli tashkil etishi zarur. O’qituvchining mahorati u tarbiyalagan shogirdlarining axloq odobi va bilimdonligi bir so’z bilan aytganda ma’naviyati bilan belgilanadi. Bu jarayon pedagogika ilmi, ya’ni tili bilan aytganda pedagogik ta’sir orqali namoyon bo’ladi. Pedagogik ta’sir pedagogik hodisalarning shakllanishi va rivojlanishiga sabab bo’ladi. Masalan, guruh jamoalarining ta’sirida guruh a’zolarining tutgan o’rni, yoki o’qituvchi ta’sirida o’quvchida ijobiy faoliyatning paydo bo’lishi. Respublikamizda iqtisodiyotni erkinlashtirish va bu sohadagi islohotlarni yanada chuqurlashtirish bilim olishga, matematika fani sirasrorlarini o‘rganishga bo‘lgan talablarni ham kuchaytirdi. Bu esa, o‘z navbatida, to‘g‘ri qaror qabul qilish malakasiga ega bo‘lgan matematiklar tayyorlashnigina emas, balki ularni o‘qitadigan pedagoglar tayyorlashni ham talab qiladi. Matematik fanlarni yoshlarga o‘rgatish uchun o‘qituvchining o‘zi bu fanlarni yaxshi bilishi, dars berish metodlarini mahorat bilan qo‘llay olishi talab etiladi. Shu bilan birga, pedagogika, psixologiya va boshqa fanlarni ham chuqur bilishi zarur bo‘ladi. Kadrlar tayyorlashdagi asosiy maqsad zarur bilimlarni o‘zlashtirish bilan birga talabalarning intellektual qobiliyatlarini rivojlantirish, ularda mustaqil tanlash va qaror qabul qilish 238 NEW RENAISSANCE 2024 DECEMBER INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 1 | ISSUE 10 ko‘nikmasini hosil qilishdir. Matematika darsida aqliy yuklamani oshirib borishi, hamda o‘quvchini o‘tilayotgan materialni darsda faolligi va qiziqishini butun dars jarayonida oshirish kerakligi haqida o‘ylantirib qo‘yadi. Shuning uchun yangi faol o‘qitish metodlarni v

Доказательный фрагмент

«Inson hayoti davomida o’qigan fanlari juda ham kerak bo’lganidek, matematika fani shu fanlar ichida eng keragi hisoblanadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Inson hayoti davomida o’qigan fanlari juda ham kerak bo’lganidek, matematika fani shu fanlar ichida eng keragi hisoblanadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
metodik usul, asosiy vazifa., so’z sanati, matematika, pedogogika
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники