Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
AFG‘ON MA’RIFATPARVARI MAHMUD TARZIY VA AFG‘ON MATBUOTI
Ahmadov Ahmadjon Asror o‘g‘li
Современная наука и исследования · 2023
Аннотация
This article systematically covers and scientifically analyzes the life path, enlightenment activities, and contribution of Afghan enlightener Mahmud Tarzi to the organization of the Afghan press. Keywords: Afghan, enlightener, Mahmud Tarzi, ancestor, karakul skin, Kandahar, press, "Siraj ul akhbor", Do'stmuhammadkhan. МАХМУД ТАРЗИ, ПРОСВЕЩЕНИЕ АФГАНИСТАНА И АФГАНИСТАНСКАЯ ПРЕССА Аннотация. В данной статье систематически освещены и подвергнуты научному анализу жизненный путь афганского просветителя Махмуда Тарзи, его просветительская деятельность и заслуги в становлении афганской прессы. Ключевые слова: Афганец, просветитель, Махмуд Тарзи, предок, каракольская шкура, Кандагар, печать, «Сиродж ул Ахбор», Достмухаммад-хан. Afg’on ma’rifatpari Mahmud Tarziy (1965-1935 yy) ning ajdodlari Afg’oniston podsholarining Muhammadzoy urug’idan bo’lib, ular uzoq vaqt Qandahor viloyatini tasarruf etib kelishgan.Uning bobosi Rahimdilxon o’z otasi Poyanda Muhammadxondan meros bo’lib qolgan Qandahor viloyatiga kiruvchi tumanlarni boshqargan. 1859-yilda Eronda vafot etgan Rahimdilxon vorisi G’ulom Muhammadxon Tarziy (1830-1900 yy) otasidan farqli ravishda Do’stmuhammadxon xizmatiga kirib, uning iltifotlariga sazovor bo’lgan insonlardan biri edi [1]. Mahmud Tarziy otasi haqida yozar ekan: amir (Do’stmuhammadxon) uning shoir va olimligini hurmat qilib, unga “qadrli donishmand” unvonini bergan va yiliga 12 ming rupiya maosh tayinlagan edi deb xotirlaydi. Hind uslubi shoirlariga ergashgan G’ulom Muhammadjon ijodida ifoda nafisligi bilan ajralib turgan.Uning 20 ming baytdan iborat kulliyoti 1882- yilda uning inisi Muxammad 783 ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10 Anvarxon va katta o’g’li Muhammad Zamonxonning xizmatlari bilan Karachi shaxrida Fayz Muhammad bosmaxonida chop etilgan [2]. Mahmud Tarziy anashunday xonadonda dunyoga kelgan va uning ijodga bo’lgan qiziqishi ham yoshligidan boshlab rivojlanib borgan. U juda kuchli xotira egasi bo’lganligi tarixiy adabiyotlarda qayd etilgan. Mahmud Tarziy ta’lim-tarbiyani dastlab otasidan oladi, so’ng bolalik yillaridan Og’ajon ismli tarbiyachidan olgan bo’lib, qolgan bilimlar oila muallimi Oxunzoda Mulla Muhammad Akram Ho’tak Mahmudga alifbodan boshlab savod darsini berib to o’spirinlik davrigacha yo’lboshchilik qilgan. Mahmud Tarziy 20 yosharlik chog’idayoq dariy, urdu, turk kabi tillarni o’rganib, mazkur tillarda o’zining ilmiy, adabiy faoliyatini yuritganligi, badiiy ijod bilan shug’ullanganligi tarixiy adabiyotlarda qayd etilgan. Manashu ijod bilan qiziqish, badiiy ijod bilan shug’ullanish, doimiy matbuot bilan bog’liq hayot tarzi uni yangi nashr yaratishga undadi. U bu vaqtlar davomida otasining she’riy ijod mahsulini nastaliq xatida ko’chirganligi uning xattotlik bilan shug’ullanganligini ko’rsatsa, u juda ko’plab ilmiy, publisistik janrdagi ijod namunalari bilan xalq orasida ham tanilib bo’lgan edi. Mahmud Tarziy 1911-yil 9-oktabrdan tokim 1919-yillar mobaynida “Siroj ul –axbor afg’oniya” gazetasini noshiri va muharriri bo’lib faoliyat yuritgan [3]. Uning davrida mazkur gazetaning tarqalishi orqali O’rta Sharq mamlakatlarida ma’rifatchilik, erk, istiqlol g’oyalarining keng quloch yoyilishiga ham xizmat qilganligi, Buxoroda qorako’l terisi bilan savdo qiluvchi G’ulom Nabixon “Siroj ul-axbor afg’oniya” gazetasining tarqatuvchisi sifatida Buxoro, Samarqand, Turkistonda obuna ishlari olib borganligini tarixchi olima D.Jamolova ham qayd etib o’tgan [4]. “Sirojul-axbor” gazetasi Afg’onistonda zamonaviy matbuot poydevorini qo’ydi. 20- yillarda Afg’onistonda matbuot rivojlanganligini “Sirojul-axbor” gazetasi va uning ta’sirida nashr qilingan bir qancha gazetalar misolida (Amoni-afg’on-A.A.) ko’rish mumkin. Omonullaxon hukmronligi davrida 23 gazeta va jurnallar nashr etildi [5]. Mahmud Tarziy “Sirojul-axbor” gazetasini faoliyat yuritishida Abdulhodi Doviy va Abdurahmon Lo’dinlarni muharrir sifatida qabul qilgan. Bu ikki shaxs ham Afg’onistonda bo’layotgan ijtimoiy siyosiy jarayonlar haqida gazetada maqolalar nashr etishda ishtirok etishgan. Xususan, 1917-yilda gazetada bosilgan va mustaqillikni targ’ib qilgan Abdulhodi Doviyning “Tutqun bulbul” (“Bulbuli giriftor”) nomli she’ri hukmdorning noroziligiga sabab bo’lib, gazetaning chetiga “Parishon” kim ekanligi aniqlansin!” deb ko’rsatma yozib qo’yilganli gazeta senzuradan ham yiroq bo’lmaganligini ko’rsatadi [6]. Mazkur matbuotga 1915-yilda Afg’oniston mustaqilligini yoqlab yozilgan Mahmud Tarziyning “Hayya alal-falah” (“Azobdan qutulmoqqa kelinglar!”) nomli maqolasini nashr etishga ruxsat berilmay, gazeta varag’ini almashtirishga 784 ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10 majbur qilinganli kabi misollar natijasida darbor ko’rsatmasi bilan gazeta redaksiyasi yagona davlat sanoat korxonasi bo’lmish “Moshinxona”dan Dehi afg’onon qasabasidagi bir uyga ko’chirib yuborilgan. Gazetaning faoliyat yuritishi og’irlashib borib, 1918-yilda Habibullaxonga suiqasd qilinishi, gazeta muharrirlarining qamoq
Доказательный фрагмент
«This article systematically covers and scientifically analyzes the life path, enlightenment activities, and contribution of Afghan enlightener Mahmud Tarzi to the organization of the Afghan press.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article systematically covers and scientifically analyzes the life path, enlightenment activities, and contribution of Afghan enlightener Mahmud Tarzi to the organization of the Afghan press. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Afghan, enlightener, Mahmud Tarzi, ancestor, karakul skin, Kandahar, press, Qandahor, Afg’on, “Siroj ul axbor”, matbuot, Do’stmuhammadxon., Mahmud Tarziy, ma’rifatparvar, qorako’l terisi, ajdod
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024