Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
KO`MAKCHI SO`Z TURKUMINING USLUBIYATI
Achilova Zarina Saidovna
Современная наука и исследования · 2023
Аннотация
This article provides information about new pedagogical technologies used in the lesson on the methodology of auxiliary vocabulary. Key words. New Uzbekistan, development strategy, work in pairs, voice dictation, video method, telegram, on press pages, pure and dedicated assistant. ТЕХНОЛОГИЯ ВСПОМОГАТЕЛЬНОЙ ГРУППЫ СЛОВ Абстрактный. В данной статье представлена информация о новых педагогических технологиях, используемых на уроке по методике вспомогательной лексики. Ключевые слова. Новый Узбекистан, стратегия развития, работа в парах, голосовой диктант, видеометод, телеграмм, на страницах прессы, чистый и преданный помощник. “Ko`makchi so`z turkumining uslubiyati” mavzusi uchun 2-bosqich o`quv rejasida 2 soat ajratilgan. Ushbu dars 2 soatga mo`ljallangan bo`lib, unda ko`makchi so`z turkumining uslubiyati haqidagi ma’lumot beriladi. O`quv mashg`uloti quyidagi usullardan fo`ydalanilgan holda o`tkaziladi: ”Juftlikda ishlash”, videousul, ”Kim g`olib?”, ”Ovozli saylanma diktant”, ”Fikrni charxlang!”, ”Telegramma”, ”Matbuot sahifalarida” usuli. Dars quyidagi reja asosida o`tkaziladi: O`quv mashg`uloti “Kun hikmatlari” usuli bilan boshlanadi. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning quyidagi fikri elektron doskada namoyish qilib izohlanadi: “Prezident sifatida men mamlakatimiz tinchligi, el-yurt farovonligi, Vatan taraqqiyoti yo`lida butun borlig`imni bag`ishlab xalqimga sadoqat bilan xizmat qilishni hayotimning ma’no- mazmuni deb bilaman. Siz, qadrli vatandoshimning, chin dildan qo`llab-quvvatlashingiz, nuroniy otaxon va onaxonlarimizning duolari, aziz yoshlarimizning ishonchi menga katta kuch va g`ayrat beradi”. 768 ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10 Shuningdek, darsda topshiriqlarni bajarishda ”2022-2026-yillarga mo`ljallangan Yangi O`zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to`g`risida”gi ma’lumotlardan foydalaniladi. Yangi mavzu bayonidan so`ng quyidagi usullardan foydalanib, mavzu mustahkamlanadi. “Juftlikda ishlash” usuli Ushbu matndagi sof va vazifadosh ko`makchilarni toping. “Jahon miqyosidagi murakkab jarayonlarni va mamlakatimiz bosib o‘tgan taraqqiyot natijalarini chuqur tahlil qilgan holda keyingi yillarda “Inson qadri uchun” tamoyili asosida xalqimiz farovonligini oshirishga e’tibor qaratildi. -inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish; -nodavlat, notijorat tashkilotlari bilan xotin-qizlarni kasb-hunarga o‘qitish orqali ularning bandligiga ko‘maklashish loyihalar ko‘lamini kengaytirish; -ish bilan band bo‘lmagan xotin-qizlarni tadbirkorlik va o‘zini o‘zi band qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish; oliy ta’lim tizimida masofaviy ta’lim shaklini joriy etish orqali yoshlarni ishlab chiqarishdan ajralmagan holda oliy ma’lumot olish imkoniyatini yanada kengaytirish”. “Ovozli saylanma diktant” usuli Quyidagi matn ovozli tarzda kompyuter orqali o`qiladi, o`quvchilarga yordamchi so`zlarni saylab yozish topshiriladi. “Taraqqiyot strategiyasida quyidagilarga e’tibor qaratilgan: -hududlar kesimida ichki turizm oqimi ham yo`nalishini tashkil qilishga oid asosiy prognoz ko‘rsatkichlarini tasdiqlash; -mehnat jamoalari orasida mamlakat bo‘ylab sayohatlarni rag‘batlantiruvchi turizm xizmatlarini taqdim etish; -Samarqand xalqaro aeroportiga yangi xorijiy tashuvchilarni jalb qilish orqali parvozlar soni va geografiyasini oshirish orqali turistlar bilan yo‘lovchilar oqimini ko‘paytirish; -har yili qabul qilinadigan davlat dasturiga yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bo‘yicha Kompleks dasturni ishlab chiqish va amalga oshirish; -umumta’lim maktablarida chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fanining moddiy- texnik bazasini mustahkamlash; -o‘zbek milliy mumtoz va zamonaviy adabiyoti namunalarini jahon tillariga sifatli o‘girishga doir tarjimonlik maktablarini rivojlantirish, xorijiy tillarga tarjima qilingan o‘zbek ijodkorlari asarlarini keng targ‘ib qilishni tizimli yo‘lga qo‘yish; 769 ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10 -buyuk ajdodlarimizning boy ilmiy-ma’naviy merosini keng targ‘ib qilish maqsadida yurtimizdan yetishib chiqqan allomalarning asarlarini xalqchil tarjimasini amalga oshirish, ularga muvofiq ilmiy va ommabop risolalar yaratish. “Kim g`olib?” usuli Ushbu matndagi ko`makchi, bog`lovchi va fe’l so`z turkumlarini ko`chirib yozish topshiriladi. Keng jamoatchilik muhokamasi natijasida “Harakatlar strategiyasidan — Taraqqiyot strategiyasi sari” tamoyiliga asosan ishlab chiqilgan quyidagi yettita ustuvor yo‘nalishdan iborat 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi va uni “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi 1 va 2-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin: -Taraqqiyot strategiyasida inson qadrini ulug‘lashga yo‘naltirilgan ijtimoiy himoya siyosati bo‘yicha belgilangan vazifalar doirasida: -2026-yilga qadar ehtiyojmand aholi ijtimoiy nafaqa va moddiy yordam bil
Доказательный фрагмент
«This article provides information about new pedagogical technologies used in the lesson on the methodology of auxiliary vocabulary.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article provides information about new pedagogical technologies used in the lesson on the methodology of auxiliary vocabulary. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- New Uzbekistan, development strategy, work in pairs, voice dictation, video, videousul, juftlikda ishlash, matbuot sahifalarida, ovozli diktant, telegramma, taraqqiyot strategiyasi, Yangi O`zbekiston, sof va vazifadosh ko`makchi.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014