К содержанию
РецензированоRU2023

TA’LIM MUASSASALARI RAHBARLARINING QAROR QABUL QILISH KO‘NIKMASINI RIVOJLANTIRISH

KO‘NIKMASINI RIVOJLANTIRISH · Jabbarbergenova Biybimariyam

Современная наука и исследования · 2023

Аннотация

This article discusses the development of decision-making skills of heads of educational institutions. Key concepts: educational institutions, leader, activity, measures РАЗВИТИЕ НАВЫКОВ ПРИНЯТИЯ РЕШЕНИЙ РУКОВОДИТЕЛЕЙ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ УЧРЕЖДЕНИЙ Аннотация. В данной статье говорится о развитии навыков принятия решений у руководителей образовательных учреждений. Ключевые слова: образовательные учреждения, руководители, деятельность, меры. Qaror tushunchasining mazmun-moxiyati, asosiy turlari va tasniflari. Umuman olganda boshqaruv faoliyatida, shuningdek pedagogik faoliyatni boshqarishda ham muhim vazifalardan biri to‘g‘ri qaror qabul qilishdir. To‘g‘ri qaror qabul qilish boshqarish faoliyatining negizi bo‘lib, uning sifati va samaradorligini belgilaydi. Qaror bu boshqaruv subyekti tamonidan o‘z imkoniyat darajasidan kelib chiqqan xolda, mavjud ma’lumot taxlili asosida boshqaruv obyekti kilishi kerak bo‘lgan va shu sohadagi muammoni hal qilishga qaratilgan xarakat. Qaror kelajakda qilinishi kerak bo‘lgan harakatni ko‘rsatib, "nima qilish kerak" degan savolga javob beradi. Qarorning mazmunida qilinishi kerak bo‘lgan ishning maqsadi va predmeti birlashadi.Qaror tushunchasi o‘z manosi jixatidan "chora-tadbirlar" tushunchasi bilan chambarchas bog‘liq. Pedagogning faoliyati ta’lim soxasi bilan bog’liqligini inobatga oladigan bo‘lsak, ushbu soxadagi qaror qabul qilish shu soxaga ta’sir ko‘rsatishni anglatadi. Agar qaror to‘g‘ri bo‘lsa, u ijobiy natijalarga olib keladi. Noto‘g‘ri qaror aksincha, salbiy natijalarga olib kelishi mumkin.Ayrim paytlarda "qaror qabul qilish", "qaror ishlab chiqish" degan"qarorni degan iboralar o‘rniga, shakllantirish " degan ibora xam qo‘llaniladi.Qarorning "ijro etuvchi" va 758 ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10 "boshqaruvchi" turlari mavjud bo‘ladi.Qaror qabul qiluvchining o‘ziga tegishli, o‘zi qilishi kerak bo‘lgan xarakatlarni ko‘rsatuvchi qarorlar, va umuman olganda "nima qilishim kerak" degan savolga, hamda "narsa qilaman", "bu narsa qilishim kerak" degan ma’noni anglatadigan qarorlar ijro etuvchi yoki shaxsiy qarorlar deyiladi.Ulardan farqli o‘laroq, boshqaruvchi qarorlar boshqaruvdagi shaxslarga nisbatan qabul qilinadi va ularning xarakatini belgilab beradi.Har kanday soxaning har kanday xodimi ham "ijro etuvchi", ham "boshqaruvchi" qarorlar qabul qiladi. Odatda ikkinchi qaror turi birinchisini paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi.Pedagogik qaror bu subyektlararo mavjud ijtimoiy munosabatlardagi pedagogik va psixologik muloqat natijasi. Albatta harqanday qarorlar ham bir xil bo‘lavermaydi, ayrim qarorlarda vazifa umumiy qo‘yiladi, ayrimlarida aniq va lo‘nda xolda qo‘yiladi. Qarorlar ko‘pincha bir-biridan kelib chiqadi, bir-birini to‘ldiradi, bir-biriga asos bo‘ladi.Barchamizga ma’lumki, qarorlar insonning ma’lum axborotni (ma’lumot, raqamlar) qayta ishlashi natijasida shakllanadi. Bu ma’lumotlar qaror qabul qilish jarayonida tutgan o‘rniga qarab uch turga bo‘linadi: vaziyatni ko‘rsatuvchi ma’lumotlar; mezonlarni ko‘rsatuvchi ma’lumotlar; namunaviy (pretsedentli) ma’lumotlar.Vaziyatni ko‘rsatuvchi ma’lumotlar, konkret xal qilinishi kerak bo‘lgan vaziyatni anglatadi (misol). Bunday ma’lumotlar tez o‘zgaruvchan, qaytarilmas bo‘lishi mu’mkin.Mezonlarni ko‘rsatuvchi ma’lumotlar qarorning shakllanish jarayonini yo‘naltiradi, unga mezon bo‘ladi. Bunday ma’lumotlar odatda qonunlarda, meyoriy xujjatlarda o‘z aksini topgan bo‘ladi. Ularda qaror qabul qilishga qo‘yiladigan asosiy vazifalar, qarorni ishlab chiqarish uslubiyati va boshqalar o‘z aksini topadi.Namunaviy ma’lumotlar shu soxada va shunga yaqin soxalarda qaror qabul qilish bo‘yicha mavjud tajribalarni anglatadi. Bunda so‘z qaror qabul qiluvchining shaxsiy tajribasidagi, hamda o‘zgalar tajribasidagi namunalar xaqida yuritiladi.Albatta avlodlarimiz ishlab chiqqan tajribadan xabardor bo‘lishimiz zarur, chunki unga qarab, o‘rganib, xatolarga yo‘l qo‘ymaysan. Lekin u tajribani ko‘r-ko‘rona ishlatib ham bo‘lmaydi, chunki xuddi bir-xil vaziyat bo‘lmaydi. Qandaydir farq doim bo‘ladi. Shuning uchun ularni namuna sifatida o‘rganib, yangi, original karorlar kabul kilishda foydalanish mumkin. Qarorning shakllanish jarayonida har qanday soxa xodimi, ular qatori pedagog ham yechimning bir necha variantlari borligini ko‘radi. Har biri bo‘yicha barcha "+" va "-" larni tarozga soladi. Bu esa o‘z yo‘lida xodimda shak- shubxa, gumon, xar-xil kechinmalar tug‘ilishiga sabab bo‘ladi. Qaror qabul qiluvchi subyektga, agar notog‘ri qaror qabul qilsa, nafaqat o‘zini, xatto boshqa shaxslarni, aytaylik mauammoga aloqasi bor bo‘lgan ijrochilarni xam noqulay axvolga qo‘yishi mumkinligi unga salbiy ta’sir etadi. Shuning uchun bir necha variantlar orasida eng to‘g‘risini tanlash uchun faqatgina bilim va ko‘nikmalarning o‘zi kifoya qilmaydi. Buning uchun qaror qabul qilish jarayonini tashkillashtiruvchi va rag’batlantiruvchi iroda kerak bo‘ladi. Bunday xolatlarda qaror qabul qilishga ishini bilib yondashishni anglatadi. 759 ResearchBib IF-202

Доказательный фрагмент

«This article discusses the development of decision-making skills of heads of educational institutions.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article discusses the development of decision-making skills of heads of educational institutions. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
образовательные учреждения, руководители, деятельность, rahbar, chora-tadbirlar., ta’lim muassasalari, faoliyat
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники