Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BANKLARNING LIKVIDLILIGIGA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR
NEW RENAISSANCE · Xolbayev Samandar Abduqulovich · BIA MSc- guruh.
Современная наука и исследования · 1 · 2024
Аннотация
Har bir mamlakat iqtisodiyotida banklar muhim o’rin egallaydi, va shu bilan birga iqtisodiy va moliyaviy rivojlanishlar bank tizimida ham ijobiy o’zgarishlar va rivojlanishlarga sabab bo’ladi. Quyida bank likvidliligiga tasir etuvchi omillarni ko’rib chiqamiz. Kalit so’zlar: likvidlilik, bank aktivlari, kredit resurslari, risklilik, diversifikatsiya, pul oqimlari, depozitlar. Bank likvidliligiga tarif keltiradigan bo’lsak, bankning majburiyatlarini o’z vaqtida va to’liq bajar olish imkoniyati bo’lib hisoblanadi, shunga ko’ra bank aktivlaring eng likvidlisi pul mablag’lari bo’lib, bank mijozlaring to’lov qobiliyati yuqoriligi yoki kam daromadliligi bankning faoliyatiga ham uzviy tasir ko’rsatadi. Bu muammolar o'z ichiga mablag'lar to'plash va egasi bo'lgan kreditlarni qaytarishning qiyinchiliklari, bank depozitlaridan mablag'lar sarflash va banklarga qo'shimcha mablag'lar kiritish zaruriyatini chaqiradi. Likvidlik tijorat banklari ishonchliligi va barqarorligi asosini tashkil etadi va ularning to’lovga qobiliyatli bo’lishiga zamin yaratadi. Banklar likvidligi ularning to’lov qobiliyati va ishonchli bo’lishini ta’minlashda zarur kategoriya hisoblanadi. Tijorat banklarining mijozlar va kreditorlar oldida o’z imidjini saqlab qolishi uchun eng avvalo ularning likvidligi va to’lov qobiliyati mustahkam bo’lishi lozim. Bank likvidligi bo’yicha risklarning ortishiga ta’sir qiluvchi bir qancha omillar mavjudki, bu omillar bank likvidligiga alohida ahamiyat berishni va bank likvidligi bo’yicha xatarni doimiy ravishda kuzatib borishni talab qiladi. Shu sababli banklar o’z daromadidan kechib bo’lsa ham, likvidlikni saqlab turishga majbur. O’z navbatida, resurslar banklarning daromadliligini oshirish maqsadiga yo’naltirilsa, unda bu bankning likvidligiga ta’sir ko’rsatadi. Bank sohasida likvidlilik, turli omillar orqali oshirilishi mumkin: 1. Naqd pul mablag'lari: Banklar uchun likvidlikning asosiy manbai nakd mablag'lar hisoblanadi. Bu mablag'lar, bankning depozitlari, xalqaro valyutadagi mijozlar tomonidan amalga oshirilgan valyuta almashtirish operatsiyalari natijasida olish, omonatlarni olish va sotish va boshqa bank faoliyatlaridan ortiqcha mablag'lar hisoblanadi. 253 NEW RENAISSANCE 2024 DECEMBER INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 1 | ISSUE 10 2. Qisqa muddatli sertifikatlar: Banklar o'zlariga murojaat qilingan yoki boshqa tashqi manbalardan kichik muddatli sertifikatlar sotib oladilar. 3. Bu sertifikatlar, bankning mablag'larini muddati tugagan kreditlarga investitsiyalashni yaxshi hisoblashi mumkin bo'lgan muddatli maqsadli mablag'larini olib borish uchun ishlatiladi. 4. Korporativ qimmatli qog'ozlar: Banklar, korporativ qimmatli qog'ozlar, masalan, qog'ozlar bozorida bozorlik qilish orqali yoki korxonalar hissasi bilan investitsiyalash orqali likvidlikni oshirishadi. 5. Banklararo bozorlar: Banklar o'zaro moliyalashish orqali ham likvidlikni oshira olishadilar. Bu banklar orasidagi kichik muddatli kreditlar, omonatlar va qarzlar orqali amalga oshiriladi. 6. Boshqa moliyaviy vositalari: Banklar, moliyaviy munosabatlarni oshirish uchun boshqa moliya vositalaridan foydalanishlari mumkin, masalan, banklarning depozitlari, xorijiy banklar orqali kreditlar va boshqa moliyaviy vositalar. Bu omillar banklar uchun likvidlikni oshirishda asosiy vositalardir va ularga o'rtacha pul miqdori, kredit portfeli tuzilishi va boshqa moliyaviy omillar bo'yicha duch kiritish orqali e'tibor beriladi. Banklar likvidligini ob’ektiga ko’ra, manbasiga ko’ra, vaqtinchalik xususiyatiga ko’ra, to’lov mablag’larining turi bo’yicha, ajratib, tahlil qilishimiz mumkin. Banklararo bozorning rivojlanishi vaqtinchalik bo’sh turgan pul mablag’larini banklar o’rtasida qayta taqsimlanishiga imkoniyat tug’diradi. Undan bank o’zining likvidligini ta’minlashi uchun turli xil muddatda mablag’larni jalb etishlari mumkin, xususan, bir kundan to bir necha oygacha bo’lgan muddatni tashkil etadi. Bu mablag’larni banklararo kredit resurslari bozoridan qay darajada jalb qilishi iqtisodiy kon’yunkturaga, bank nufuziga va banklararo bozordagi boshqa tijorat banklarining faoliyati bilan bog’liq. Banklararo kredit resurslari bozori mamlakatimizda o’z faoliyatini yuritmoqda, unda bank resurslarini sotish va sotib olish indikatorlari e’lon qilinadi va qatnashish huquqini olgan banklar bo’sh to’rgan bankning resurslarini sotadi, o’zining majburiyatlarini bajarish uchun etishmagan mablag’larini boshqa banklarning mablag’lari hisobidan jalb qiladi. Bu jarayon banklararo bozordagi eng arzon va qulay usullardan biri hisoblanadi. Bunda bank o’zining resurslarini mijozlar uchun joylashtirmasdan, balki boshqa banklarga o’zining bo’sh turgan resurslarini joylashtirish siyosatini olib boradi. Daromad keltiruvchi aktivlarning ulushi qanchalik yuqori bo’lsa, ular shunchalik bankka daromad olib keladi. Bunda bank yuzaga keladigan xatolarni o’z zimmasiga oladi. 254 NEW RENAISSANCE 2024 DECEMBER INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 1 | ISSU
Доказательный фрагмент
«Har bir mamlakat iqtisodiyotida banklar muhim o’rin egallaydi, va shu bilan birga iqtisodiy va moliyaviy rivojlanishlar bank tizimida ham ijobiy o’zgarishlar va rivojlanishlarga sabab bo’ladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюHar bir mamlakat iqtisodiyotida banklar muhim o’rin egallaydi, va shu bilan birga iqtisodiy va moliyaviy rivojlanishlar bank tizimida ham ijobiy o’zgarishlar va rivojlanishlarga sabab bo’ladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- diversifikatsiya, kredit resurslari, bank aktivlari, risklilik, pul oqimlari, likvidlilik, depozitlar.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
МонографииK.J.Murodov2026