Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BUXORO MUZEYNING TASHKIL TOPISHI TARIXI
Gulyamov Alisher Azizovich
Современная наука и исследования · 2023
Аннотация
The article discusses the efforts made to open a museum in Bukhara and the activities of historians who actively participated in these efforts. The article reflects the collection of exhibits in various historical monuments of Bukhara and the opening of museums and the names of those who connected their opening. Keywords: Department of Historical Antiquities, "Bukhara News" newspaper, Nazir Efendi, Qori Yuldash Museum, the summer residence of the emir Sitorai Mohi Khosa, Sredazkomstaris, Kukaldash Madrasah, architect A. Loginov. ИСТОРИЯ БУХАРСКОГО МУЗЕЯ Аннотация. Рассказывается о попытках открытия музея в Бухаре и деятельности историков, активно участвовавших в этих усилиях. В статье отражено открытие музеев в различных исторических памятниках Бухары и их названия. Ключевые слова: Отдел исторических реликвий и древностей, газета «Бухара Ахбори», Назир Эффенди, музей Кори Юлдош, летняя резиденция эмира Ситораи Мохи Хоса, Средазкомстарис, медресе Кокалдош, архитектор А.Логинов. Maorif vaziri boshchiligidagi “Tarixiy asori-atiqa shoʻbasi” ikki yil davomida samarali ishladi. 1920-1922 yillar davomida bir muzey tashkil qilib, unda namoyish qilishga arzirli, tarixiy ahamiyatga ega ashyoviy materiallar to‘plandi. Muzey 1922-yil 8-noyabrda ochiladi1. Buxoro muzeyining ochilish sanasi borasida yagona fikr mavjud emas. Tadqiqotchi N. Yo‘ldoshev muzey ochilishini 1927-yil bilan belgilaydi2. Biroq Buxoro muzeyi o‘z faoliyatini 1922-yilda 1Йўлдошев Н. Бухоро музейи //Фан ва турмуш.1959. №12. –Б.32 2 Бухоро ахбори. 112-сон. 1922 йил 23 ноябр. 659 ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10 boshlaganini o‘sha yillarda chiqib turgan “Buxoro axbori” gazetasidagi e’lon tasdiqlaydi. O‘sha paytdagi Nozirlar Sho‘rosi raisi Ato Xo‘ja, Maorif nozirligidagi mutasaddi rahbarlar, Rossiyaning Buxoro Respublikasidagi vakolatxonasi boshlig‘i N.I.Sokolov hamda xalq vakillari ishtirokida 8 noyabrda Buxoro muzeyining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Muzeyning ochilish marosimida Ato Xo‘ja so‘zga chiqib, Buxoroda muzey tashkil etilishining madaniy-ma’rifiy ahamiyati xususida gapirdi3. N.I. Sokolov rus vakolatxonasi qaramog‘ida ochilgan Fayzulla Xo‘jayev nomli qiroatxona (kutubxona) hisobidan muzey uchun ayrim kitoblar bergandi. Muzey ochilishi o‘sha paytda muhim tarixiy voqea bo‘lib, unga tashrif buyuruvchilarning son-sanog‘i bo‘lmagan. Mazkur xayrli ishni amalga oshirish oson bo‘lmagandi, albatta. Buxoro muzeyi ochilishi marosimida muallimlardan biri Nazir afandi so‘z olib, muzeyga “Qori Yo‘ldosh muzaxonasi” deb nom berishni taklif qiladi. Ushbu taklif barcha ishtirokchilar tomonidan ma’qullandi. Qori Yo‘ldosh esa marosim oxirida masala yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi. Muzeyning direktori etib Aminjon Po‘latov tayinlangan. Uning birinchi binosi avvalgi xitoy banki binosida joylashgan (hozirgi San’at muzeyi binosi). Mirzo Salimbek muzeyning Ko‘kaldosh madrasasida joylashganini qayd etsa, K.Raxmonov4 muzeyning birinchi binosi sifatida Sitorai Moxi Xosa binosini ko‘rsatadi. Lekin arxiv hujjatlarining guvohlik berishicha, 1927-yil boshida muzeyga mo‘ljallab Ko‘kaldosh madrasasi ta’mirlanayotgan paytda Zerkomissiya (Zarafshon okrug komissiyasi) muzeyni Buxoro amirining yozgi qarorgohi Sitorai Mohi Xosada ochish taklifi bilan chiqadi. Biroq, bunga Oblispolkom (Zarafshon viloyat ijroya qo‘mitasi) ruxsat bermaydi va Ko‘kaldosh madrasasidagi ta’mirlash ishlari tugatilib, muzey faoliyatini shu madrasada boshlashga ruxsat beriladi. Demak, muzey Ko‘kaldosh madrasasida 1927-yilda ochilgan. Amirning yozgi qarorgohi Sitorai Mohi Xosa esa 1931-yil Buxoro muzeyi filialiga aylantirilgan. Aslida bu ishlar 1927-yil boshlarida boshlangan edi. Muzey beshta xonadan iborat bo‘lib, binosining yonida teatr, klub, kutubxona joylashgan va bular birgalikda madaniyat maskanini tashkil etgan. Birinchi muzey ekspozisiyasi (ko‘rgazma) tizimli bo‘lmay, unga har xil qadimiy ashyolar jamlangan edi. Yig‘ilgan ashyolar 168 donani tashkil etib, ular matolar, qoshg‘ar vazalari, sopol buyumlar, qo‘lyozmalar, misgarlik va zargarlik buyumlaridan iborat bo‘lgan. Asosiy maqsad - ommani o‘ziga chorlash va qiziqtirish bo‘lgani uchun muzey ashyolari muntazam to‘ldirib borilgan. 1924-yilda tematik ekspozisiya (mavzuli ko‘rgazma) tashkil qilinadi va u qishloq 3 Бухоро ахбори. 112-сон. 1922 йил 23 ноябр. 4 Рахмонов К. “Бухоро ахбори” ва “Озод Бухоро” газеталари-Бухоро Халқ Совет Республикаси тарихини ўрганиш манбаси. Тарих фанлари номзоди илмий даражасини олиш учун ёзилган диссертацияси автореферати. -Тошкент: 2009.-Б.115. 660 ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10 xo‘jaligi mehnatkashlariga bag‘ishlanadi. Ko‘rgazma o‘zining saqlov vazifalarini bajarmagani va o‘sha davr tuzumining targ‘ibotchisiga aylangani uchun yopib qo‘yilgan. Muzey uchun 1922-1924 yillardagi faoliyat birinchi bosqich bo‘lib, bu davrda muzey shakllantirildi va Buxoroda ijtimoiy madaniyatni ko‘rsatuvchi muzey instituti vujudga keldi. XX asr birinchi choragi ox
Доказательный фрагмент
«The article discusses the efforts made to open a museum in Bukhara and the activities of historians who actively participated in these efforts.»
Образец извлечения
Демо-превьюThe article discusses the efforts made to open a museum in Bukhara and the activities of historians who actively participated in these efforts. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Department of Historical Antiquities, "Bukhara News" newspaper, Nazir, arxitektor A.Loginov., Qori Yo‘ldosh muzaxonasi, Tarixiy asori-atiqa shoʻbasi, “Buxoro axbori” gazetasi, amirning yozgi qarorgohi Sitorai Mohi Xosa, Sredazkomstaris, Nazir afandi, Ko‘kaldosh madrasasi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026