К содержанию
РецензированоUZ2024

DIVERSIFIKATSIYALASH SANOAT KORXONALARIDA SAMARADORLIKNI OSHIRISH OMILI SIFATIDA

DIVERSIFIKATSIYALASH SANOAT KORXONALARIDA · SAMARADORLIKNI OSHIRISH OMILI SIFATIDA. · Maraimova Kamola Shuhratovna

in Library · 2024

Аннотация

Ushbu maqolada sanoat korxonalarini diversifikatsiyalash orqali samaradorligini oshirish haqida so’z boradi. Kalit so’zlar Iqtisodyot, diversifikatsiyalash, sanoat, tarmoq, korxona, globallashuv, diversifi catio. Har qanday milliy iqtisodiyotning rivojlanishi uning hududlarini muvozanatli va barqaror rivojlanishiga bog‗liq bo‗ladi. Mintaqalar va ularning hududlarini barqaror rivojlanishida esa sanoat tarmoqlarining ahamiyati yuqoridir. Chunki sanoat tarmoqlari iqtisodiy o‗sish sur‘atini ta‘minlash bilan bir qatorda, ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash va mahalliylashtirilishini rag‗batlantirish orqali iqtisodiyotning raqobatbardoshligini o‗sishiga zamin yaratadi. Sanoat sohasida qazib olingan, ishlab chiqarishda yaratilgan barcha xomashyolarni qayta ishlash, ulardan turli xil mahsulotlar ishlab chiqarish hisobiga diversifikatsiyalashuv jarayonlari takomillashadi. Dunyo tajribasida rivojlangan va yuqori o‗sish sur‘atlariga ega bo‗lgan mamlakatlar amaliyoti ko‗rsatishicha, ular muvaffaqiyatlari asosan sanoat tarmoqlarida, xususan qayta ishlovchi sanoat korxonalaridagi tuzilmaviy o‗zgarishlar natijasida yuzaga kelgan. Sanoatning boshqa tarmoqlardan farqli jihati - yuqori darajadagi qo‗shimcha qiymat yaratishidadir. Qo‗shimcha qiymat – bu aniq turdagi mahsulotni yaratish, qayta ishlash, marketing faoliyatini olib borish va pirovard iste‘molga chiqarilgunga qadar ishlab chiqarish jarayonining ketma-ketligidir. Ayni paytda globallashuv shiddatli kechayotgan davrda bozor munosabatlarining yo‘lga qo‘yilishi, mamlakatning jahon hamjamiyatiga integrasiyalashuvi hamda iqtisodiy tizimdagi axborot rolining o‘sishi, yangi texnologiyalar, kapital bozorlari o‘rtasidagi aloqalarning kuchayishi iqtisodiyotning innovasion rivojlanish yo‘liga o‘tishini taqozo etmoqda. Dunyoning rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlari tajribasini o‘rganish, shuningdek, respublikamizning boy tabiiy va ijtimoiy resurslari, ishlab chiqarish va ilmiytexnik Publishing centre of Finland 223 International Journal of Education, Social Science & Humanities. Finland Academic Research Science Publishers ISSN: 2945-4492 (online) | (SJIF) = 8.09 Impact factor Volume-12| Issue-2| 2024 Published: |22-02-2024| salohiyatini hisobga olib, innovasion rivojlanish yo‘lini tanlab olish muhim ahamiyat kasb etadi. Jumladan, mamlakatimiz rivojlanishini maksimal darajada tashkil etish uchun, eng avvalo, innovasion hamda ilmiy-texnik salohiyatdan samarali foydalanishga jiddiy e‘tibor qaratish lozim. Bu borada mamlakatimizning kompleksli innovasion siyosatini shakllantirish bo‘yicha qonunchilik asoslarini yaratish zarur. O‗zbekiston Respublikasini 2017-2021 yillarda va 2030 yilgacha uzoq muddatli istiqbolda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va ―Sanoatni rivojlantirish va uning raqobatbardoshligini oshirish‖ga qaratilgan davlat dasturlarida mintaqalar sanoatini o‗stirishni ta‘minlash, iqtisodiy faoliyat alohida turlarini rivojlantirishda haddan tashqari tabaqalashuvni yo‗qotishning samarali vositasi sifatida diversifikatsiyalashga katta e‘tibor qaratilmoqda. Sanoatni diversifikatsiyalash vazifasi ob‘ektiv xususiyatga ega, u ―bilimlarga asoslangan‖ axborotlashgan jamiyatga va iqtisodiyotga o‗tish bilan bog‗liq ravishda texnologik ta‘limotlarning almashinishi, globallashuv bilan ilg‗orlashgan XXI asr voqeliklari bilan belgilanadi. Ushbu maqolaning maqsadi ishlab chiqarishni rivojlantirishga innovasion yondashuv sifatida sanoatda diversifikatsiyalashning mazmuni va ahamiyatini yoritishdan iborat. Qo‗yilgan maqsad asosida diversifikatsiya jarayoni tushunchasining mazmunini, ushbu jarayonning rivojlanish bosqichlarini tavsiflash hamda O‗zbekistonda rivojlanish manbalarini ajratish ishning vazifalari hisoblanadi. Diversifikatsiya (lot. diversifi catio — oʻzgarish, xilma-xil taraqqiyot) — korxona (birlashma)larning faoliyati sohalari va ishlab chiqaradigan mahsulotlari turining kengayishi, yangilanib turishi. Diversifikatsiya ishlab chiqarishda yuqori samaradorlikka erishish, iqtisodiy foyda olish, bankrotlikka barham berish va b. maqsadlarda amalga oshiriladi. Ilgari bir sohada ixtisoslashgan firmalarning (sanoat, qishloq xoʻjaligi, transport, moliya va h.k.) boshqa ishlab chiqarish tarmoqlari, xizmat koʻrsatish sohalariga, birinchi navbatda, yuqori foyda beradigan sohalarga kirib borishi ularning xoʻjalik faoliyati sohalari va imkoniyatlarini kengaytiradi. Diversifikatsiya natijasida turli-tuman tovarlar ishlab chiqaradigan, xizmat koʻrsatadigan hamda ilmiy tadqiqot va ishlanmalar bilan band boʻlgan keng tarmoqli, ammo hamisha ham texnologikjihatdan oʻzaro bogʻlan-magan majmualar (masalan, agrosanoat majmui, oʻrmonsanoat majmui) vujudga keladi va bu ishlab chiqarish diversifikatsiyasi deyiladi. Bundan tashqari uning kredit diversifikatsiya koʻrinishi ham bor (bunda kredit sifatida beriladigan kapital mablagʻlar xavf- xatarni kamaytirish va yuqori foyda olish maqsadida turli-tuman obʼyektlar oʻrtasida taqsimlanadi). Bunday diversifikatsiya tarmoklararo kapital Publishing

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada sanoat korxonalarini diversifikatsiyalash orqali samaradorligini oshirish haqida so’z boradi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada sanoat korxonalarini diversifikatsiyalash orqali samaradorligini oshirish haqida so’z boradi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
diversification, diversificatio., глобализация, сектор, промышленность, предприятие, globalization, Iqtisodyot, sanoat, диверсификация, diversifikatsiyalash, korxona, Экономика, globallashuv, enterprise, sector, tarmoq, industry, Economy
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники