Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
O’ZBEK XALQLARI FOYDALANGAN TAQVIMLAR
Rasulova Mohichehra Maston qizi
Современная наука и исследования · 1 · 2023
Аннотация
This article analyzes the calendars used and used by our ancestors. Keywords: Calendar, Uzbek folk aynomasi, Luni-solar calendar, Sogdian calendar, Avestan calendar, leap year, Gregorian calendar, Yazdigird calendar. КАЛЕНДАРИ УЗБЕКСКИХ НАРОДОВ Аннотация. В данной статье анализируются календари, которыми пользовались наши предки. Ключевые слова: Календарь, узбекский народный календарь, лунно-солнечный календарь, согдийский исчисление года, авестийский исчисление года, високосный год, н.э., исчисление года Йездигирда. Tarixdan ma’lumki, o‘zbek xalqi o’zining boy tarixiy-ilmiy an’analarga egaligi bilan ajralib turadi. Bular sirasiga ajdodlarimiz qariyb uch ming yildan buyon qo‘llab, foydalanib kelgan turli taqvimlarni misol tariqasida keltirsak bo’la oladi. Taqvimlar haqida o‘rta asrning buyuk allomalari Abu Rayhon Beruniy, Mahmud Qoshg‘ariy, Umar Xayyom, Mirzo Ulug‘beklar o‘z asarlarida qimmatli ma’lumotlar yozib qoldirganlar. Avvalambor taqvim tushunchasiga ta’rif beradigan bo’lsak,taqvim bu - vaqt o‘lchovlari- kun, hafta, oy, yilni xisoblash tizimi. Vaqt o‘lchovlarini belgilash tabiat xodisalarining samoviy yoritkichlar harakati bilan bog‘liq davriyligiga asoslanadi. Taqvim hisobining asosi yil bo‘lib, yilning fasl va oylarga bo‘linishiga va davomiyligiga qarab tuzilgan oy taqvimi, oy-quyosh taqvimi va quyosh taqvimi mavjud1. Oy va quyoshning xarakatiga asoslangan murakkab taqvim oy-quyosh taqvimi hisoblanadi.Bu taqvimda yil 12 oy (bir yili 353-355 kun)dan, ba’zan esa 13 oy (bir yili 383-385 1 . N.V. Volodomonov – “Kalendar: o’tmishda, hozir, kelajakda”. T.:1976. 949 ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10 kun)dan iborat bo‘ladi. Oy-quyosh taqvimining xar 19 yilidan 12 yili 12 oydan, 7 yili 13 oydan qilib hisoblanadi. Arablar johiliyat davrida-islomdan avval oy-quyosh taqvimiga amal qilganlar2. Quyosh taqvimi. Bu taqvim Yer quyosh atrofini bir marta aylanib chiqish muddati - 365 kun 5 soat 48 daqiqa 46 soniyaga asoslanadi. Bir yilni ana shu muddat bilan hisoblash qadimgi misrliklar, eroniylar, xorazmiylar va boshqa xalqlar taqvimlariga asos qilib olingan. Quyosh taqvimida yil 12 oydan iborat. Bir yil 365 kun 6 soatni tashkil qiladi (5 soat 48 daqiqa 46 soniya yaxlitlanib 6 soat qilib olinadi). Uch yil 365 kundan, oddiy yil, to‘rtinchi yil esa oddiy yillardan ortib qolgan soatlar 1 kun qo‘shilib 366 kun - kabisa yilidan iborat bo‘ladi. Hozirgi vaqtda dunyo xalqlari quyosh taqvimiga asoslangan yil hisobini qabul qilganlar. Yer kurrasidagi xalqlarning barcha aloqa va munosabatlari quyosh taqvimi bo‘yicha olib boriladi. Jahondagi turli xalqlar taqvimni o‘z hayotlariga, turmushlariga tatbiq etishda o‘z tarixlarida chuqur iz qoldirgan voqealar davridan boshlaganlar. Ana shu voqea, ya’ni taqvim boshlangan davrni har bir xalq o‘z xayotida tarix boshi-boshlang‘ich tarix deb qabul qilgan. Boshlang‘ich tarix-taqvim boshlanishiga turli xalqlar turli voqealarni asos qilib olganlar. Masalan: yahudiylar xilqat (dunyoning yaratilishi)ni, misrliklar Nil daryosining toshishini, yunonliklar ilk olimpiada o‘yinlarini, rimliklar Rim shahrining qurilishini, nasroniylar Iso alayxissalomning "tug‘ilishi" (milod)ni, musulmonlar Muhammad alayhissalomning Makkadan Madinaga xijratlarini asos qilib olganlar. Turkiston zaminida yashab kelayotgan xalqlar taqvim-yil hisobidan foydalanishda dunyoning eng madaniy xalqlaridan biri hisoblanadilar. Bu o‘lkada taqvimlarga amal qilish qariyb uch ming yildan buyon davom etib keladi. Shu davr mobaynida Turkiston xalqlari qadimgi turkiy, xorazmiy, sug‘d, avesto (qadimgi eron), yazdigir, Hijriy-shamsiy, Hijriyqamariy, melodiy yil hisoblaridan foydalandilar. Xorazmiy yil hisobi - qadimgi xorazmda yashagan xorazmiylarning quyosh taqvimiga asoslangan yil hisobidir. Abu Rayhon Beruniyning xabar berishicha xorazmiy yil hisobi O‘rta Osiyodagi eng qadimgi yil hisobi hisoblanadi. Qadimgi xorazimliklar quyosh va oy harakatini, yulduz burjlarini holatini yaxshi bilganlar. Shu bois ular yilnoma yaratish uchun samoviy jismlarnning tarixiy harakatini asos qilib olishgan. Qadim zamonlarda yaratilgan o’zbek xalq oynomasi bobolarimizning ko’p yillik hayotiy tajribalari, kuzatishlari va turmush tarzi bilan bog'liq. Bu taqvimda bir yil 12 oyga bo‘lingan va har bir oy 30 kundan iborat bo‘lgan. Qo‘shimcha 5 kun yil oxirida 12-oyga qo‘shilgan va bir yil 365 kunni tashkil etgan. Har yili qoldiq sifatida ortib qoladigan chorak kunga xorazmiy taqvimida e’tibor berilmagan3. 2 Hakimov M. Turkiston xalqlari qo’llagan taqvimlar. T.: 1999. 3 Hakimov M. Turkiston xalqlari qo’llagan taqvimlar. T.: 1999. 950 ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10 Markaziy Osiyoda yashagan xalqlardan biri so’g’diylar o’zlarining quyosh taqvimiga asoslangan yil hisobidan foydalanishgan. So‘g‘d taqvimi qadimgi Eron (Avesto) va xorazmiy taqvimlariga juda yaqin bo‘lgan. Bir yil 12 oy va har bir oy 30 kundan tashkil topgan. Ortiqcha besh kun yilning 12-oyi oxiriga qo‘shilgan. Bu besh kun alohida nom bilan
Доказательный фрагмент
«This article analyzes the calendars used and used by our ancestors.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article analyzes the calendars used and used by our ancestors. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Calendar, Uzbek folk aynomasi, Luni-solar calendar, Sogdian calendar, kabisa yili, Oy-quyosh taqvimi, Taqvim, Avesto yil hisobi, so’g’diy yil hisobi, milod, O’zbek xalq oynomasi, Yazdigird yil hisobi.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025