Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
FRAZEOLOGIZMLAR HAQIDA MA’LUMOT. BADIIY ASARLARDA FRAZEOLOGIZMNING QO’LLANISHI VA MA’NOSI
Toshpo’latova O’g’iljamol · PHRASEOLOGISMS IN LITERATURE
Современная наука и исследования · 2023
Аннотация
This article analyzes the methods of use, meanings and etymology of phraseologisms in literary works. Keywords: Phraseology, phraseme, stable, etymology, denotative, lexeme, expression, stylistic coloring, language, speech. ИНФОРМАЦИЯ О ФРАЗЕОЛОГИЗМАХ. УПОТРЕБЛЕНИЕ И ЗНАЧЕНИЕ ФРАЗЕОЛОГИИ В ХУДОЖЕСТВЕННЫХ ПРОИЗВЕДЕНИЯХ Аннотация. В статье анализируются способы, значения и этимология фразеологии в литературных произведениях. Ключевые слова: Фразеология, фразеологизм, фразеологизм, этимология, денотатив, лексема, словосочетание, стилистическая окраска, язык, речь. Frazeologizm, frazeologik birlik, frazema — ikki yoki undan ortiq soʻzdan tashkil topgan, maʼnoviy jihatdan oʻzaro bogʻliq so'z birikmasi yoki gapga teng keladigan, yaxlitligicha koʻchma maʼnoda qoʻllanadigan va boʻlinmaydigan, barqaror (turgʻun) bogʻlanmalarning umumiy nomi. Frazeologizmlar, shaklan oʻzlariga oʻxshash sintaktik tuzilmalardan farqli ravishda, nutqda so’zlarni erkin tanlash, almashtirish yoʻli bilan yuzaga kelmaydi, balki maʼno va muayyan leksik grammatik tarkibli, avvaldan tayyor material sifatida qo’llaniladi.Yuqorida keltirilgan fikrlarni yanada oydinroq yoritagidan bo’lsak, kishi miyyasining til xotira qismi, ya’ni lisoni mavjud. Biz nutqimizda foydalanayotgan barcha so’zlar lisonizmizda leksema sifatida mavjud bo’lib, u oldindan lisonimizda shakllangan va tayyor holda bizga yetib kelgan. Frazeologik birliklar ham xuddi leksemalar kabi oldindan lisonimizda mavjud va bizga ajdodlarimizdan muayyan o’zgarmaydigan struktura holdida yetib kelgan. Frazeologizm ikki yoqlama lisoniy birlik shakl va mazmunning dealektik birligidan iborat. 889 ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10 Frazeologizmning shakliy tomonini so’z (leksema emas) tashkil qiladi. Ularning mazmuniy tomoni frazeologik ma’nodir. Frazeologik ma’no o’ta murakkab tabiatli, leksemada bo’lgani kabi ayrimi denotativ tabiatli bo’lsa, boshqalari grammatik ma’noga ega, xolos. Masalan, mustaqil so’z turkumiga kiruvchi frazeologizm: (burgaga achchiq qilib, ko’rpaga o’t qo’ymoq, tarvuzi qo’ltig’idan tushmoq; ko’ngli bo’sh; hash pash deguncha) denotativ ma’noga ega bo’lsa, (turgan gap, shunga qaramay) kabi nomustaqil frazeologizmlar faqat grammatik vazifa bajaradi. Odatda frazeologizmlarning ma’nosi bir leksema ma’nosiga teng deyiladi. Ammo men bu fikrga qo’shilmayman. Chunki frazeologizm va leksema ma’nosi teng bo’lsa edi, unda frazeologizm ortiqcha bo’lib qolar edi. Misol uchun: (yoqasini ushlamoq) frazeologizmi bilan (hayron bo’lmoq) leksemasing ma’nolarini qiyoslab ko’raylik. Mazkur frazeologizm “kutilmagan, tushunib bo’lmaydigan narsa yoki hodisadan o’ta darajada ta’sirlanib, taajjublanmoq” bo’lsa, [hayron bo’lmoq] leksemasi “kutilmagan, tushunib bo’lmaydigan narsa yoki hodisadan ta’sirlanmoq“ semasiga ega. Har ikkala ma’noda ham kishi ichki ruhiy holatini (denotat) aks etgan. Biroq frazeologizm ma’nosida “o’ta darajada“ so’zlashuv uslubiga xos, bo’yoqdor, semalariga egaligi bilan “hayron bo’lmoq“ leksemasidan farqlanadi. Demak, frazeologizmning ko’pincha, ifoda semalarida obrazlilik, bo’yoqdorlik bo’rtib turadi. Umuman olganda frazeologik ma’no torroq va muayyanroq, leksema ma’nosi esa unga nisbatan kengroq va mavhumroq bo’ladi. Masalan, [hayron bo’lmoq] leksemasi umumuslubiy va bo’yoqsiz. Shuning o’ziyoq barcha uslubda qo’llanish imkoniga egaligini va turli bo’yoqlar bilan ishlatish mumkinligini ko’rasatadi. Ko’rinadiki, frazeologizm leksema bir narsa yoki hodisani atasa-da (atash semalari bir xil bo’lsa-da), ifoda bo’yoqlari bilan keskin farqlanib turadi (ya’ni ifoda semalari turlichadir). Frazeologizm birdan ortiq mustaqil so’zdan tashkil topadi. Biroq frazeologizmni tashkil etuvchi so’zlarning anglatayotgan ma’nosi va frazeologizm anglatayotgan ma’no o’rtasida, ba’zan ma’noviy yaqinlik mavjud, ba’zida esa umuman yo’qolib ketadi. Misol uchun: [Qo’yniga qo’l solmoq] frazeologizmning ma’nosi [ qo’yin], [qo’l], [solmoq] leksemalari ma’nolari sintezi yoki qo’shiluvi emas. Frazeologizmning ma’nosini tashkil etuvchi so’z to’la yoki qisman ko’chma ma’noda ishlatilishi natijasida hosil bo’ladi. Masalan birovning fikrini bilishga urinish harakati uning qo’ynini titkilab, nimasi borligini bilishga intilish harakatiga o’xshaydi. Natijada, qo’yniga qo’l solmoq erkin birikmasi o’zidan anglashilgan mazmunga o’xshash bo’lgan boshqa bir mazmunni ifodalashga ixtisoslashadi va qurilma frazeologizmga aylanadi. Yoki kishi qo’ltiqlab kelayotgan tarvuzini tushurib yuborsa, qanday ahvolga tushadi? Biror narsadan ruhiy tushkunlikka tushgan odamning holati shunga monand va erkin birikma frazeologizm mohiyatiga ega bo’lgan. Bu esa frazeologik ma’noni mantiqiyligidan dalotat beradi. Demak frazelogizmni tashkil etuvchi so’zlarda qisman bo’lsada ma’noviy yaqinlik mavjud. 890 ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10 Ba’zan frazeologizm tarkibidagi ayrim so’zlarning ko’chma ma’noda, boshqalarining esa o’z ma’nosida qo’llanish holatlarini ham kuzatishimiz mumkin.
Доказательный фрагмент
«This article analyzes the methods of use, meanings and etymology of phraseologisms in literary works.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article analyzes the methods of use, meanings and etymology of phraseologisms in literary works. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Phraseology, phraseme, stable, etymology, denotative, lexeme, expression, nutq., turg’un, Frazeologiya, denotativ, ibora, lison, uslubiy bo’yoqdorlik, frazema, leksema, etimologiya
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026