К содержанию
РецензированоEN2023

SUT BEZI SARATONI

SUT BEZI SARATONI · Rajabova Dildora · РАК МОЛОЧНОЙ ЖЕЛЕЗЫ

Современная наука и исследования · 7 · 2023

Аннотация

One of the pathologies that is widespread among the world's population and among oncological diseases, the frequency of occurrence of which is increasing every year. The disease is one of the causes of the pathological condition of the female body. Heredity is one of the main etiological factors. Keywords: tumor, malignant, breast, cancer, kidney, death, oncology. Sut bezi saratoni ayollarda eng ko`p tarqalgan xavfli o`smalardan biri hisoblanadi. Iqtisodiy rivojlangan davlatlarda sut bezi raki o`rta yoshli ayollar o`rtasida asosiy o`lim sabablaridan biri bo`lib kelmokda. Rossiyada ayollar o`rtasida sut bezi raki kasalligi onkologik kasalliklar o`rtasida birinchi o`rinni egallab, qaysiki kasallanish va o`lim darajasi ortmoqda. Moyillik faktorlari Sut bezi rakida yuqori moyillik guruhlarini paydo bo‘lishida moyillik faktorlari muhim ahamiyatga egadir. Sut bezi raki moyillik faktorlarini shartli ravishda ikki guruhga bo‘lish mumkin: 1.Endogen (organizm ichki muhiti bog‘lik) 2.Ekzogen Gormonal buzilishlar roli 594 ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10 Sut bezi raki rivojlanishini yuqori moyilligi gormon produtsirlovchi a’zolar funksiyasini buzilishi bilan bog‘liq.Tuxumdonlar,buyrak usti bezi, qalqonsimon bez, gipofiz, gipotalamik sistema funksiyasini buzilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Erta hayz ko‘rish va kech menopauza sut bezi raki rivojlanish darajasini oshirishi aniqlangan. Boshqa moyillik faktorlari Oxirgi yillarda sut bezi raki rivojlanishida genetik buzilishlarga katta ahamiyat berilmoqda.Adabiyotlarda yozilishicha, ikki tip molekulyar buzilishlar rak rivojlanishiga olib keladi: genlar mutatsiyasi va hujayraviy proliferatsiya induksiyasi(Semizlarov V.F.2001). Mutatsiya hujayra o‘sishi, differensiallanishi va hujayra o‘limini boshqaruvchi mas’ul genlarda sodir bo‘ladi. Natijada bu genlar aktivatsiyalanadi yoki inaktivatsiyalanadi. Proliferatsiya yordamida o‘sma paydo qiluvchi effekt hosil bo‘ladi. Mastopatiya Mastopatiya-ayollar o‘rtasida eng ko‘p tarqalgan kasalliklardan biri bo‘lib,40-90% ni tashkil etadi. Mastopatiya fibroz-kistoz kasallik hisoblanib, displaziya bilan xarakterlanadi. Uning asosida organizmni gormonal statusini buzilishi yetadi va shuning uchun mastopatiya yoki displaziya sut bezini disgarmonal giperplaziyasiga kiradi. Mastopatiya etiopatogenezi Mastopatiya etiopatogenezida gormonal gipotalamo-gipofizar-tuxumdon sistema buzilishi yetadi. Bu esa o‘sish faktorlari va gormonlar miqdorini tebranishi (esterogen, progesteron, degidroepiandrosteron, triyodtironin, tiroksin, LG, xorionik gonadotropin), shuningdek konsentratsiyasini o‘zgarishi va sitoplazmatik retseptorlar aktivligini o‘zgarishi bilan kuzatiladi. Klinik ko‘rinishi Mastopatiyaning birinchi simptomi sut bezlarida og‘riq bo‘lib, bu menstrual sikl bilan bog‘lik yoki bog‘lik emas. Palpatsiyada diffuz yoki lokal xarakterdagi qattiqlanish aniqlanadi. Qattiqlanish uchoqlari anik konturga ega bo‘lmasdan, o‘lcham va konsistensiya bo‘yicha turlicha bo‘lishi mumkin. Mastopatiyada sut bezidan kulrang yoki sarik rangli, suvli yoki shilliqsimon ajralmalar kelishi mumkin. Agar diffuz – kistoz mastopatiya fonida alohida tugunlar aniklansa, demak, buni mastopatiyaning tugunli formasi deyiladi. Tugunli formasida patologik jarayon ko‘pincha chegaralangan sohalarda qattiq konglomeratlar ko‘rinishida joylashadi. Morfologik sut bezi to`qimasi hamma elementlarida proliferatsiya kuzatiladi. Shuningdek morfologik kistoz hosilalar, yaqqol proliferatsiya va epiteliy atipiyasi kuzatilgan tugunlar aniqlanadi. Konservativ davolab bo‘lmaydigan mastopatiyani lokalizatsiyalangan formalarida xirurgik davolash tavsiya etiladi: o‘smani kesib olib tashlash va sut bezining sektoral rezeksiyasi. Sut bezi raki klinikasi. 595 ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10 Klinik ko‘rinishi bo‘yicha sut bezi raki ni 3 asosiy formasi farqlanadi: tugunli, diffuz va atipik. Sut bezi raki klinik tasnifi: 1.Tugunli formasi; 2.Diffuz formasi; 2.Shish-infiltrativ; 2.Mastitsimon. 3.Atipik formasi: 3.Pedjet raki; 3.Teri ortiklari raki; 3.Ikki tomonlama rak; 3.Ektopirlangan rak; 3.Multitsentrik rak. Tugunli formasi Kasallikni 1-2-stadiyasida bemorlarda o‘smasimon qattiiq konsistensiyali tugun paydo bo‘lishi, og‘riqli, teri simptomlari-burishish, umbilikatsiya aniqlanadi. Qo‘ltiq osti sohasida bitta yoki bir nechta harakatchan limfa tugunlar kuzatilishi mumkin. Sut bezi rakini 3-4-stadiyasida bemorlarda kattalashgan o‘sma, teri simptomlari,so‘rg‘ichni tortilishi, sut bezi deformatsiyasi, yaralanishi yoki teriga o‘sib o‘tishi, regiona yoki uzoqlashgan metastazlar, ayrim hollarda ko‘lda shish aniqlanadi. Mastitsimon formasi Sut bezi sezilarli kattalashgan, palpatsiyada qattiq bo‘ladi. Yaqqol giperemiya, teri gipetermiyasi, infeksiya qo‘shilishi hisobiga to‘qimalar destruksiyasi mastit belgilarini beradi. Yuqori harorat kuzatiladi. Pedjet raki O‘ziga xos xavfli o‘sma bo‘lib, surg’ich va ateolani zararlaydi.Klinik ko‘rinishi bo‘yicha ekzemasim

Доказательный фрагмент

«One of the pathologies that is widespread among the world's population and among oncological diseases, the frequency of occurrence of which is increasing every year.»

Образец извлечения

Демо-превью

One of the pathologies that is widespread among the world's population and among oncological diseases, the frequency of occurrence of which is increasing every year. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
tumor, malignant, breast, cancer, kidney, death, oncology, xavfli, o`lim, sut bezi, saraton, buyrak, onkologiya., o`sma
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники