Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MOHIR DIRIJOR USTALARINING DIRIJORLIK SAN’ATI HAQIDA FIKRLARI
Embergenova Gulayda Aytbaevna · Yo‘ldoshev Lochinbek Ergashboy ulı (O’zbekiston Davlat san’at va madaniyat institutining Nukus filiali) · O‘zDSMI NF talabasi (O’zbekiston Davlat san’at va madaniyat institutining Nukus filiali)
Современная наука и исследования · 3 · 2024
Аннотация
This article talks about conducting, the responsibilities of a conductor, as well as the opinions of master conductors about the art of conducting. Key words: Conductor, event, composer, music, orchestra, opera, work, symphony, musician. МНЕНИЯ МАСТЕРОВ-ДИРИЖИРОВ ОБ ИСКУССТВЕ ДИРИЖИРОВКИ Аннотация. В данной статье говорится о дирижировании, обязанностях дирижера, а также мнениях мастеров-дирижеров об искусстве дирижирования. Ключевые слова: Дирижер, событие, композитор, музыка, оркестр, опера, произведение, симфония, музыкант. «Dirijor ко‘rish va eshitish san‘atiga ega bo‘lmog‘i lozim, u yengil va ayni paytda kuchli bo‘lishi darkor, u sozlar kompozitsiyasini, ulaming tabiati va qamrovini his qilishi, partiturani о‘qiy olishi, shular barobarida alohida iste‘dod egasi bo‘lishi muhim... U yana o‘zi va orkestr o‘rtasida ко‘zga ко‘rinmas aloqa о‘rnatilishi uchun kerak bo‘lgan yana boshqa, deyarli noaniq xususiyatlarga ham ega bo‘lishi shart. Agar dirijor orkestrga o‘z hissiyotlarini yetkazish xususiyatiga ega bo‘lmasa, unda u orkestr ustidan «hukmronlik» qila olmaydi, unga о‘z ta‘sirini о‘tkazishdan mahrum bo‘ladi. Bu holda u orkestrning dirijori emas, balki oddiygina «takt uruvchi»ga aylanib qoladi, shunda ham agar umuman taktni to‘g‘ri belgilash va ajratishni uddalay olsa!» Gektor Berlioz. «Ko‘p yillar avval, sokin qish oqshomida, konsertdan so‘ng Strasburg ko‘chalarida kezib yurgan edim. Konsertdan olgan taassurotlarim ta’sirida men xuddi sarmast odamdek, hozirgina Brams simfoniyasini kashf etib bergan dirijor mahoratiga tan berib, sayr qilishda davom etdim. Zaldan chiqib kelayotgan odamlar orasidan o‘tar ekanman, men keyinchalik ham unuta olmagan suhbatni eshitib qoldim: —Ajoyib konsert, - dedi kimdir yoqimsiz ovoz bilan. —Bo‘lmagan gap! - deb javob berdi o‘ziga haddan ziyod ishongan kishining ovozi. Uning ovozidagi ishonch meni joyimga mixlab qo‘ydi. Orkestr ajoyib. Biroq nima uchun uning oldida doimo dirijor qaqqayib turishi meni taajjublantiradi. —Men ham Brams simfoniyasi yangragan paytda faqat shu haqda o‘yladim, - deya kinoya bilan javob berdi yoqimsiz ovoz». 6 08 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2024 VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Taniqli dirijor Shari Myunsh o‘zining «Men dirijorman» kitobini shunday boshlaydi. O‘sha paytlarda yosh sozanda bolgan Shari Myunshning achchiqlanishiga sabab bo‘lgan ushbu suhbatda berilgan savollar vaqti-vaqti bilan boshqa tinglovchilarda ham tug’ilib tursa ajab emas. Haqiqatan ham, frak kiyib, orkestr tepasida turgan va musiqa yangrayotgan bir paytda qo‘llarini silkitib turgan odamning haqiqiy roli nimadan iborat? «Dirijor» so‘zi turli tillarda turlicha talaffuz qilinadi: nemislar «Dirident», italyanlar «Diridente», fransuzlar «Shef orkestre», inglizlar «Konduktor» deydilar. Har qaysi tilda ham bu so‘z rahbar, boshliq, direktor ma‘nosini anglatadi. Shunday qilib, dirijor bu - orkestr jamoasining rahbaridir. Uning asosiy vazifasi — bu jamoaning hayoti faol va yaxshi tashkillashtirilgan bo‘lishini nazorat qilishdan iborat. Dirijor sozandalar musiqiy asarni uyg‘unlikda ijro etishlari, ular asarni birga boshlab, birga tugatishlari, o‘z cholg‘ularini bir maromda chalishlari, pauzalarni vaqtida ushlab, bir maromda kuy boshlashlarini ta‘minlaydi. Dirijor sozandalar ijrosini yagona ritm va tempga moslashtirishi, ularni ijroga yo‘naltirish uchun belgi berishi lozim. Darvoqe, uzoq vaqt davomida ko‘pchilik, dirijor vazifasi faqat orkestrning yagona ritmdagi ijrosini ta’minlashdan iborat, deb tushunar edi. Aslida esa dirijorlik kasbi juda murakkab va qiyindir. U juda katta aqliy va asabiy mehnat, doimiy jismoniy quvvat talab qiladi. Demak, dirijor mustahkam salomatlikka va chidam hamda bardoshga ega bo‘lishi zarur. Uning uchun zarur bo‘lgan o‘zini qo‘lga ola bilish xususiyati ham salomatlik va asab tizimining ahvoliga bog‘liq. Dirijor 100 dan ortiq musiqachilar faoliyatining asosiy muvofiqlashtiruvchisidir. Uning roli qisman rejissor roliga o‘xshab ketadi. Rejissor — teatrdagi sahna asarining badiiy rahbari, spektaklni tayyorlash borasidagi barcha ishlarning boshini birlashtirib turadi. Dirijorni ham bevosita orkestrning rejissori deb qarash mumkin. Lev Tolstoyning «San‘at o‘zi nima?» deb nomlangan mashhur maqolasida shunday so‘zlar bor: «San‘atning faoliyati — bir marotaba boshdan kechirgan hissiyotni o‘zida tiklab, so‘z orqali ifoda etilgan harakat, bo‘yoq, tovushlar, timsollar yordamida ushbu hissiyotni boshqalar ham boshdan kechira oladigan tarzda yetkazib berishdan iborat. San‘at — bu insonga xos shunday faoliyat turiki, uning vositasida bir inson o‘z boshidan kechirayotgan hissiyotlarni tashqi belgilar orqali boshqalarga yetkazadi, ular esa bu hissiyotni o‘z qalblariga ko‘chiradilar. dildan his etadilar». Bu e‘tirof dirijorlik san’atiga bevosita taalluqlidir. Bunda dirijorning emotsional ta‘sir kuchi, uning boshqalarga hissiyotlarni yetkaza bilish qobiliyati muhim ahamiyat kasb etadi. Avvalo, u o‘z hissiyoti bilan
Доказательный фрагмент
«This article talks about conducting, the responsibilities of a conductor, as well as the opinions of master conductors about the art of conducting.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article talks about conducting, the responsibilities of a conductor, as well as the opinions of master conductors about the art of conducting. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Conductor, event, composer, music, orchestra, opera, work, symphony
Смежные источники
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025