Современная трансформация образованияOtelbayev Bekzod Atabek ug`li2025
MILLIY VA UMUMINSONIY QADRIYATLARNING GLOBALLASHUV SHAROITIDA JAMIYAT HAYOTIDAGI ROLI
Nizomiddinov Xondamir (ISTIQBOLLARI» MAVZUSIDA RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI www.in-academy.uz)
Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026
Аннотация
Globallashuv sharoitida ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalash, yoshlarning qiziqish va ehtiyojlarini ta’minlash uchun zarur shart-sharoitlar yaratib berishga alohida ahamiyat berilmoqda. Bu borada yoshlarni milliy va umumnisoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash har qaysi jamiyat uchun zaruriyatga aylanmoqda. Yoshlarning dunyoqarashi jamiyat hayoti uchun ta’sir darajasi yuqori bo‘lganligidan kelib chiqib yoshlarga ta’sir etuvchi axborotlar, ulardan himoyalanish, dunyoqarashini yetuk darajada shakllantirish, yoshlarning g‘oyaviy xilma xillik sharoitida o‘z pozitsiyasi va tafakkur tarzidan kelib chiqib to‘g‘ri qarorlar qabul qilishni, yoshlarning dunyoqarashida milliy va umuminsoniy qadriyatlar uyg‘unligiga erishishni davrning ruhi talab etmoqda. Kalit so’zlar: globallashuv, globalizatsiya, qadriyatlar, ijtimoiy ahloq, ahloqiy ong, madaniyat, demografik qatlamlar, yod g’oyalar. XX-XXI asrga kelib ulkan muammolarni falsafiy jihatdan anglash asosida bashariyat madaniyatidagi g‘oyat muhim qadriyatlar to‘g‘risidagi masalalar o‘rtaga qo‘yildi: milliy, diniy va umuminsoniy masalalar; urush yoki tinchlik; yaratish yoki vayron qilish; tabiat ustidan «hukmronlik qilish» yoki odam bilan tabiat o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni uyg‘unlashtirish mana shunday ulkan muammolardan hisoblanadi. O‘z-o‘zini anglashning navbatdagi shakli insonning jamiyatdagi o‘z o‘rnini, ijtimoiy mavjudot ekanligini, jamiyatning bir a’zosi, jamiyatning konkret bir rivojlanish bosqichi davri muayyan madaniyat, ijtimoiy guruhiga mansub ekanligini tushunishdan iborat. O‘z- o‘zini anglashning yuqori shakli, bu har bir kishining jamiyat fuqarosi sifatida o‘z hatti – harakatlarining mohiyat va mazmunini tushungan holda, jamiyat oldidagi javobgarlik burchi va majburiyatlarini to‘liq anglab etib faoliyatini tashkil etish bu faoliyat uchun mas’uliyatlarni his etish o‘z faoliyati ustidan o‘z nazoratini o‘rnatish o‘z faoliyatiga baho bera oladigan o‘z- o‘ziga hisob bera oluvchi shaxs ekanligini tushunishdir. O‘z – o‘zini anglashning bu shakli konkret individ bilan bog‘liq bo‘lgan shaklidir. Insonning o‘z - o‘zini anglashi ijtimoiy munosabatlar orqali shakllanadi va namoyon bo‘ladi. Chunki, har bir kishi o‘zini boshqa kishilar bilan, boshqa kishilarni esa o‘zi bilan taqqoslaydi, u o‘zini boshqalar bilan qiyoslab idrok etadi va shu asosda o‘z-o‘zini anglaydi. Milliy o‘z-o‘zini anglash esa, aslida, har bir millat madaniyati, ma’naviyati milliy qadriyatlari shu millatning o‘zligini anglab etish yo‘lida xizmat qilishi lozim. Bu esa pirovard oqibatda, jahon sivilizatsiyasining ham tezlashuviga olib keladi. Bugungi kunda amalga oshirilayotgan islohotlar davlat va jamiyat qurilishining barcha sohalarida ijobiy o‘zgarishlarga olib kelmoqda. Mazkur islohotlarning yanada samarali natijalar berishi kelajagimiz bo‘lmish yoshlarimizning har tomonlama kamol topishi va zamonaviy madaniyat tendensiyalarida shakllanishi va tarbiya topishi bilan chambarchas bog‘liqdir. Zotan, yoshlarimizning madaniyatli shaxs sifatida shakllanishi ularning Vatan ravnaqi, yurt taraqqiyoti va xalqi oldidagi mas’uliyatini qanchalik his etishlariga bog‘liq. SHu 248 «UCHINCHI RENESSANS: TIBBIY VA FARMATSEVTIK TA’LIM ISLOHOTLARI JARAYONIDA GUMANITAR FANLARNING VAZIFASI VA ISTIQBOLLARI» MAVZUSIDA RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI www.in-academy.uz nuqtai nazardan qaraganda, ongli, irodali, mustaqil fikrlovchi, har tomonlama faol, madaniyatli, kelajak taraqqiyot uchun mas’uliyatli yoshlar tarixiy taraqqiyotimizni belgilovchi katta kuchlardan biri ekanligi isbot talab qilmaydigan haqiqatdir. Rivojlangan ilg‘or mamlakatlarida zamonaviy madaniyat kontekstida yoshlarning zamonaviy madaniy qiyofasining shakllanish tendensiyalari va antropologik xususiyatlari bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu borada, yoshlar zamonaviy madaniyatini global voqelik sifatida o‘rganish, milliy taraqqiyot ko‘rsatkichi mezoni sifatida ijtimoiy taraqqiyotga ta’siri dolzarb muammolardan biriga aylanmoqda. Zamonaviy madaniyatni muhim voqelik sifatida tadqiq etish, jamiyat taraqqiyot indekslari, ko‘rsatkich va mezonlari sifatida sotsiologik, madaniy, iqtisodiy va integrativ qonunlari doirasida anglash, izohlash va samarali, ratsional tashkil etish mexanizmlarini yaratish, ularning inson manfaatlariga ta’sirini o‘rganishga oid ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bugungi kunda yurtimizda milliy va umuminsoniy qadriyatlarimizni saqlab qolish uchun ona tilimizni, tariximizni, adabiyotimiz va san’atimizni etarlicha o‘rgatishning optimal yo‘llarini topmog‘imiz lozim. Urf-odatlarimiz ham takomillashtirilishi va zamonaviylashtirilishi juda zarur. Ijtimoiy ongda, odamlarning hatti-harakatlarida burilish yuz berishi, yangi ideallar va qadriyatlar qaror topmog‘i darkor. «Shaxsiy qadriyatlar yoshlarning ma’naviy-axloqiy qiyofasi, nafosati, go‘zalligi, ijtimoiy mavqei, qobiliyati, iste’dodi va intellektual salohiyati bilan bog‘liq qadriyatlardir. Umuman olganda, shaxsiy qadr
Доказательный фрагмент
«Globallashuv sharoitida ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalash, yoshlarning qiziqish va ehtiyojlarini ta’minlash uchun zarur shart-sharoitlar yaratib berishga alohida ahamiyat berilmoqda.»
Образец извлечения
Демо-превьюGloballashuv sharoitida ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalash, yoshlarning qiziqish va ehtiyojlarini ta’minlash uchun zarur shart-sharoitlar yaratib berishga alohida ahamiyat berilmoqda. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- ijtimoiy ahloq, globallashuv, yod g’oyalar., madaniyat, qadriyatlar, globalizatsiya, ahloqiy ong, demografik qatlamlar
Смежные источники
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ЖУРНАЛ ПРАВОВЫХ ИССЛЕДОВАНИЙСуванов Сардор Бахадирович2026