К содержанию
РецензированоUZ2026

IJTIMOIY-GUMANITAR FANLARNI O’QITISHDA VATAN QAHRAMONLARI SIYMOSIDAN FOYDALANIB UCHINCHI RENESSANS POYDEVORINI YARATISH: SULTON JALOLIDDIN MANGUBERDI MISOLIDA

O‘dayev Ravshanbek Kenjaboy o‘g‘li (ISTIQBOLLARI» MAVZUSIDA RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI www.in-academy.uz)

Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026

Аннотация

In this scientific article, information about the life and hard battles of Sultan Jalaliddin Manguberdi, one of the great leaders of the state of Khorezmshahs with a glorious history, a great statesman, a skillful commander, is disclosed based on the sources of Mongolian writers. In particular, you can learn from the information in this article about the protection of the Motherland, love for the Motherland, what a patriotic person should look like. After all, at a time when our country is boldly walking towards the Third Renaissance, instilling the spirit of our heroes in our youth is one of the main priority issues. Key words: Shakhobiddin An Nasavi, “Anushtagin - the state of Khorezmshahs (1097- 1231)”, “This is how father and son should be”, Genghis Khan, Sind river, Vasily Yan. “U Vatan mudofaasi uchun jonini tikkan mardlarning shonu-shavkati o’zining shonu-shavkatidan ko’p ustun ekanligini o’limi oldidan anglab yetdi”. Shaxobiddin An Nasaviy 239 «UCHINCHI RENESSANS: TIBBIY VA FARMATSEVTIK TA’LIM ISLOHOTLARI JARAYONIDA GUMANITAR FANLARNING VAZIFASI VA ISTIQBOLLARI» MAVZUSIDA RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI www.in-academy.uz Chingizxonning xos kotiblari tomonidan bitilib, iskandarmonand yurishlar ta’rifu tavsif qilingan kitoblarning bari Shaxobiddin An Nasaviyning “Jaloliddin Manguberdi hayotining tasviri” asari oldida xira tortadi. Binobarin, yog’iy xos kotiblarining o’zlari ham, o’rni kelganda, noilojlikdan Jaloliddin Manguberdining mardligi va jasorati haqida hayrat bilan yozishadi: Chingizxon daryodan oti bilan sakrab o’tgan Jaloliddinga qarab aytgan “Ota o’g’li mana shunday bo’lishi kerak” degan gap ham aslida mo’g’ullarga xizmat qilgan muarrix tomonidan tarixga muhrlangan. Keyingi davr tarixchilari esa Jaloliddin Maguberdini mo’g’ul bochqinchilari zulmidan yarim jahonni saqlab qolgan xaloskor sifatida e’tirof etishadi. Axir u butun 11 yil davomida bosqinchilarni o’t halqasi orasida saqlab, ularning butun kuch- qudratini o’ziga qaratdi. Oxir-oqibat Chingizxon Iskandardan ham o’zib ketish orzusidan voz kechib, armon bilan vafot etdi. U Vatan mudofaasi uchun jonini tikkan mardlarning shonu- shavkati o’zining shonu-shavkatidan ko’p ustun ekanligini o’limi oldidan anglab etdi. 1221 yilning boshida Jaloliddinning xorazmlik jangchilar va qo’shni halqlar askarlaridan iborat qo’shini mo’g’ullar ustidan qozongan beqiyos g’alabalar dushmanni behad sarosimaga solganligi tarixiy asarlarda aniq ravshan ifoda etilgan. Mo’g’ullar istilosiga qarshi juda ko’p sarkardalar va davlat arboblari kurashishgan. Ularning nomlari ham o’z davrining fidokorlari sifatida tarixdan joy olgan. Ammo, ko’xna tarix bu borada birinchi navbatda Jaloliddin Manguberdini o’z xotirasida avaylab asraydi. U faqat bosqinchilarga qarshi fidoiy kurashchigina emas, balki turli xalqlar ustiga mo’ru malaxday yopirilgan baloyu qazolarga o’zini tutib, mo’g’ullarning dodini bera olgan yagona lashkarboshi hamda davlat rahnamosi sifatida mangulik mulkidan o’rin egallagan. U dushman ustidan uzil-kesil g’alabaga erishib, davlatni qayta tiklash orzusi ushalishiga juda yaqin keldi. Ammo, bunga g’animning kuch- qudrati emas, o’zining itifoqchilari hamda yaqinlari sanalgan ko’plab hukmdor va lashkarboshchilarning munofiqliklari va xiyonatkorliklari yo’l qo’ymadi. Eng qaltis vaziyatlarda ular o’zlarining arzimas manfaatlarini ko’zlab, qo’shinlari bilan xorazmshohni tark etdilar. U esa yonib kulga aylangan va kuldan qayta tug’ilib, olov tarata boshlagan Qaqnus kabi o’zini ko’rsataverdi. Jaloliddin Manguberdi charxi kajraftorning ters amallarini puchga chiqarishga muvaffaq bo’ldi. Ya’ni Chingizxonning bor shonu-shavkati, qudrati asrlar o’tib uning tillarda, dillarda doston bo’lgan dovrug’i soyasiga aylandi. Ulug’ muarrixlar tarix haqiqatlarini bitishda har qanday tarafkashlik hamda milliy ehtiros singari to’g’ri yo’ldan ozdiruvchi xato va qusurlardan holi bo’lishgan. Shu sababli ularning asarlari ishtibohga o’rin qoldirmaydi. Ammo ayrim taniqli olimlar, ham ularning tarixni o’rganishdagi katta xizmatlariga tan bergan holda, aytish mumkinki o’zlariga yaqin mintaqalar bilan bog’liq voqealar tafsilotlarini bayon etishda va sharhlashda noholislikkacha borib yetishgan. Ular bitgan asarlarning bir qator joylarida Jaloliddin Manguberdining harakatlariga nisbatan muallifning norozilik alomatlari yaqqol sezilib turadi. Bu esa xorazmshohning boshqa hududlardagi jasorati va himmati haqidagi o’zlari maroq bilan bitgan voqealar haqidagi hikoyalarga bog’lanmay qoladi. Bu haqda “Anushtagin - xorazmshohlar davlati (1097-1231)” asarini o’zbekchaga tarjima qilgan taniqli olimlarimiz Ashraf Ahmedov hamda Mahkam Maxmudovlar juda o’rinli va maqsadga muvofiq munosabat bildirishgan. Shu o’rinda xalq qahramoni to’g’risida yaratilgan badiiy asarlar haqida ham to’xtalib o’tish maqsadga muvofiq. Bu borada ham bugungi kun talablariga javob bermaslik, noholislik hamda biryoqlamalik holatlari uchraydi. Jumladan o’zbek kitobxonlarining bir nechta avlodi 240 «UCHINCHI RENESSANS: TIBBIY VA F

Доказательный фрагмент

«In this scientific article, information about the life and hard battles of Sultan Jalaliddin Manguberdi, one of the great leaders of the state of Khorezmshahs with a glorious history, a great statesman, a skillful com…»

Образец извлечения

Демо-превью

In this scientific article, information about the life and hard battles of Sultan Jalaliddin Manguberdi, one of the great leaders of the state of Khorezmshahs with a glorious history, a great statesman, a skillful com… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Shakhobiddin An Nasavi, “Anushtagin - the state of Khorezmshahs (1097-, Shaxobiddin An Nasaviy, Василий Ян, Vasily Yan, Vasiliy Yan., “Ota o’g’li mana shunday bo’lishi kerak”, Chingizxon, Шахобиддин Ан Насави, Чингисхан, река Синд, “Ануштагин -государство хорезмшахов (1097-1231)”, Genghis Khan, “Вот такими должны быть отец и сын”, Sind daryosi, “Anushtagin -the state of Khorezmshahs (1097-1231)”, “This is how father and son should be”, Sind river, “Anushtagin -xorazmshohlar davlati (1097-1231)”
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники