К содержанию
РецензированоRU2026

YОSHLAR TA’LIM-TARBIYАSIDA OILANING O‘RNI

N Ashurova · A Xolboyev

Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026

Аннотация

The article describes the upbringing of children in Uzbek families, the role of parents, mahalla and family. National ideas, customs and traditions also play a major role in the upbringing of children. Keywords: family, child, upbringing, values, traditions, spirituality, nation. Oila kichik vatan demakdir. Oila farovon bo‘lsa jamiyat taraqqiy topadi. Azal-azaldan o‘zbek xalqi oilaparvar hisoblangan. Shuningdek, o‘zbek xalqining bolajonligi, farzandlar kamolini ko‘rishlik yo‘lidagi tinimsiz mehnatini eslab o‘maslikning iloji yo‘q. Sababi har bir xalqning o‘z boyligi milliy qadriyati bo‘lgani singari o‘zbek xalqining ham shu fazilatlari e’tirof etiladi. Oilada ayniqsa farzand tarbiyasiga alohida ahamiyat beriladi. Farzand dunyoga kelishi bilan uning odobi-xulqi, ta’lim-tarbiyasiga ahamiyat beribgina qolmay, milliy urf-odatlarimiz, qadriyatlarimiz ruhida kamol topishiga e’tibor qaratishadi. O‘zbek mahalallalariga qadam ranjida qilgan har bir inson yoshlar ta’lim-tarbiyasi, uning odobi, xulqi, muomala madaniyatiga guvoh bo‘lishadi. O‘zbek xonadonida kamolga yetgan har bir yosh borki, salomini darig‘ tutmaydi, qo‘li ko‘ksida kattalarga ehtirom ko‘rsatadi. Bu ham oilada ota-ona, bobo-buvilar tomonidan o‘rgatilgan va yoshlar ongiga singdirilgan ijobiy fazilatlarimizdan biridir. Shu bois ham xalqimiz orasida “Qush uyasidagi ko‘rganini qiladi” degan iboralar mavjud. O‘zbek xonadonlarida o‘g‘il bola tarbiyasi bilan otalarimiz, qiz bola tarbiyasida esa onalarimiz shug‘ullanishgan. Agar oilada farzand tarbiyasida ota-ona tomonidan loqaydlikka yo‘l qo‘yilsa, kelajakda salbiy oqibatlar keltirib chiqarishi sinalgan haqiqat. Loqaydlik, e’tiborsizlik farzand tarbiyasining tanazzuliga olib boradi. Shu bois ham bu masalalarda doimo 221 «UCHINCHI RENESSANS: TIBBIY VA FARMATSEVTIK TA’LIM ISLOHOTLARI JARAYONIDA GUMANITAR FANLARNING VAZIFASI VA ISTIQBOLLARI» MAVZUSIDA RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI www.in-academy.uz ota-onalarimiz e’tibor qaratishlari zarur. Yana shu o‘rinda xalqimizning iborasini yodga olsak: “Bir bolaga yetti mahalla ota-ona”. Azaldan farzandlar ta’lim-tarbiyasida mahalla oqsoqollari, aholining o‘rni ham sezilarli darajada bo‘lgan. Farzand biror bir xatoga yo‘q qo‘ysa yoki biror bir odatga ega bo‘lmasa aholi tomonidan o‘rgatilgan va o‘rni bilan dashnom ham berib qo‘ygan. Buning barchasi bolaning chiroyli odobi bilan ulg‘ayishini maqsad qilishgan va bunga harakat qilgan. Bu kabi dashnomlar mahalla aholisi tomonidan berilgan paytlarda bolaning ota-onalari har doimo to‘g‘ri tushunishgan va bunga e’tiroz qilishmagan. Farzandining yonini olishmagan. Bundan ko‘rinib turibdiki, farzand ta’lim-tarbiyasida nafaqat oilaning balki mahallaning ham o‘rni kattadir. Buyuk alloma Abu Ali ibn Sino farzand tarbiyasi haqida shunday ta’rif bergan edi: “Yosh bola ta’lim-tarbiya oladigan joyda odob-axloqli, turish-turmushi namunali bolalar bo‘lishi lozim. Zero, yosh bola har bir narsani ularga taqlid qilib o‘rganadi va ular bilan do‘st bo‘ladi”. Shunday ekan, farzand ta’lim-tarbiyasida oilaning, ota-onaning o‘rni beqiyosdir. Shu bois ota-onalarimizning ham tafakkur olami ma’rifat bilan yo‘g‘rilgan bo‘lishi, milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz, an’analarimiz ruhida sug‘orilgan bo‘lishi lozim. Sababi o‘zidagi bor bo‘lgan fazilatlarni o‘z farzandiga yuqtiradi va o‘rgatadi. O‘zbek adabiyotining durnona asarlaridan biri Abdulla Qodiriyning “O‘tgan kunlar” romanidagi ota-bola munosabatlari yodimga tushib ketdi. Naqadar buyuk ma’rifatparvar xalqimizning oiladagi farzand tarbiyasini u bilan kechgan muloqotlarda yuqori o‘rinlarda ko‘rsatib bera olgan. Kichigidan tortib kattasigacha sizlab murojaat qilishi bu ma’naviyatning, axloqning bir ko‘rinishidir. Ota-ona so‘zlashganda ularning fikrini bo‘lmaslik yoxud ota o‘tirgan uyning tomiga farzand chiqmasligi, doimio kattalarga bo‘lgan hurmatning yuqori darajasi ... bularning barchasi o‘zbek oilalarida an’anaga aylanib ulgurgan va farzandlar ong-u tafakkuriga singdirilgan. Yoxud asarda Kumush o‘lim to‘shagida yotgan bir axvolida xonaga qaynotasi kirib kelish epizodida Kumush o‘rnidan turmoqchi bo‘ladi. Bu epizodni oddiy bir jarayon yoki voqea sifatida qarashingiz ham mumkin. Ammo bu yerda o‘zbek ayolining naqadar odobi, ibosi, sharm-xayosi va eng asosiysi kattalarga bo‘lgan hurmatining bir belgisi aks ettirilgan. Otabekning ota-onasiga itoatkorligi, ularni har qanday holatda ham hurmatini joyiga qo‘yish holatlari mahorat bilan chizib beradi. Bugungi kunda globallashuv jarayonida yoshlarimiz internet tarmog‘iga bog‘lanib qolayotgan bir paytda, o‘zbek qadriyatlarimiz singdirilgan bu kabi asarlarni mutolaa qilidirish maqsadga muvofiqdir. O‘zbek oilalarida keng tarqalgan halollik, to‘g‘rilik, birovlar haqiga xiyonat qilmaslik, xayr-ehson, sahovat va muruvvat, tejamkorlik va isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymaslik kabi fazilatlar milliy va diniy qadriyatlar zamirida shakllangan va ular oilaviy tarbiya natijasida ota-onalardan bolalarga o‘tib, ularning ma’naviy dunyosini boyitgan. Oilaning muhim vazifal

Доказательный фрагмент

«The article describes the upbringing of children in Uzbek families, the role of parents, mahalla and family.»

Образец извлечения

Демо-превью

The article describes the upbringing of children in Uzbek families, the role of parents, mahalla and family. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
family, child, upbringing, values, traditions, spirituality, nation, urf-odatlar, семья, воспитание, millat, oila, традиции, ребенок, farzand, ценности, ma’naviyat, qadriyatlar, духовность, нация, ta’lim-tarbiya
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники